Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi


Mustaqil ishlash uchun topshiriqlar



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə10/233
tarix25.03.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#103188
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   233
oxirgi majmua

Mustaqil ishlash uchun topshiriqlar:
1. Pedagogikaga oid ijodiy va immitatsion masalalar tuzishga harakat qiling. (namuna uchun quyidagi masalaga qarang)
1- masala. Quyidagi pedagogik vaziyat yechimini topishga harakat qiling. Avtobusda ketayotib, og‘ir yuk ko‘targan yoshi katta kishining turib qolganiga ko‘zingiz tushdi. Ro‘paradagi o‘rindiqda yosh yigit va qiz pinagini buzmasdan o‘tirishibdi. Siz shu vaziyatda qanday harakat qilgan bo‘lardingiz?
a) go‘yoki hech narsa bo‘lmagandek, yo‘limni davom ettiraman.
b) yigit-qizlarga murojaat qilib joy berishlarini so‘rayman.
v) qo‘lidagi yukni qo‘limga olaman.
g) noordinar harakat qilaman.
2. Nemis olimi Kellog quyidagi tajribani sinovdan o‘tkazdi: Shimpanze va yosh bolaning boshidagi tuklarini tortishi natijasida biri darhol yig‘lashga tushar, ikkinchisi esa har gal tajriba o‘tkazuvchining qo‘lini silkitib tashlar edi. Sinov bir necha bor takrorlanganda ham shu hol takrorlandi.
Savol: Sinaluvchilarning qay biri yig‘lashga tushgan, qay biri esa yig‘lamasdan tajriba o‘tkazuvchining qo‘lini siltab tashlagan. Buning sababini izohlang.
3. Pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot metodlarini aks ettiruvchi chizmalar yaratishga harakat qiling.
2-Mavzu: Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Reja:
1. Pedagogik g‘oyalarning rivojlanish bosqichlari
2. Sharq Uyg‘onish davrida ilm-fan, madaniyat va pedagogik fikrlar taraqqiyoti
3. Temuriylar davrida ilm-ma’rifat taraqqiyoti va ta’lim-tarbiya masalalari
4. Mustaqil O‘zbekistonda ta’lim-tarbiya sohasining yanada rivojlanishi


Mavzuga doir asosiy tushuncha va iboralar: saklar, massagetlar, so‘g‘diyonaliklar, baqtriyaliklar, chochliklar, parkanaliklar, qadimgi yozma yodgorliklar, bitiklar, yozma manbalar, obidalar, oromiy yozuvi, eposlar, Avesto, zardushtiydik dini, devon, Sharq uyg‘onish davri, Arab xalifaligi, Bayt–ul-hikmat, «Fozil odamlar shahri», fozil inson, ta’limiy-axloqiy qarashlar, «Qutadg‘u bilig», o‘gitlar, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, Kadrlar tayyordash milliy dasturi, ta’lim sohasiga doir Prezident Farmonlari va Qarorlari.
1.Pedagogik g‘oyalarning rivojlanish bosqichlari Hozirgi o‘zbek xalqining ajdodlari bundan bir necha ming yillar oldin yashagan bo‘lib, ular yuksak va o‘ziga xos madaniyatni vujudga keltirishda juda katta va mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tgan. Dastlabki tosh qurollaridan tirikchilik uchun foydalanish, ancha takomillashgan mehnat qurollarini yasash, urug‘chilik davriga kelib, xo‘jalik hayoti va madaniy taraqqiyotda erishilgan yutuqlarni o‘z ichiga olgan davrgacha bo‘lgan tariximiz ota-bobolarimizning boy qadimiy madaniyatga ega bo‘lganligidan dalolat beradi. Eramizdan avvalgi birinchi ming yillikda Baqtriya, Xorazm, So‘g‘diyona, Marg‘iyona, Parfiya hamda Parkana kabi davlatlarida turli qabila va elatlar yashagan. Ular saklar, massagetlar, so‘g‘diyonalar, xorazmiylar, boxtarlar, chochliklar, parkanaliklar kabi qabila va urug‘lardan iborat bo‘lib, hozirgi Markaziy Osiyo hududida yashovchi xalqlarning ajdodlari hisoblanadilar.

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   233




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə