Namangan davlat universiteti dadamirzayeva gulchehra abdunabiyevna tarix fanida innovatsiyalar: texnologiyalar, modellar



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə6/82
tarix29.04.2022
ölçüsü1,16 Mb.
#86107
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82
Namangan davlat universiteti dadamirzayeva gulchehra abdunabiyev

Materializm. Ta'lim ma'lumotlari milliy zahiralarida – O`zbekistonning – o`quv metodik adabiyotlarda eng avval dialektik-materializm falsafiy yo`nalishlar aks ettirilgan: maktab ta'lim muammolarini boshqacha tushunish sobiq sovet davrida bema'ni hisoblangan. An'anaviy ta'lim tizimi aynan ana shu falsafaga asoslangan. Shu bilan birga jahon pedagogika fani va amaliyotida har tomonlama rivojlanish (ma'naviy, g`oyaviy, intellektual, estetik, jismoniy) masalasini samarali hal etuvchi Dunyoqarash muammolariga bir qator muqobil yondashuvlar mavjud.

Insonparvarlik – insonni shaxs sifatida qadrlovchi, uning erkinligi, baxti, rivojlanishi va hamma qobiliyatlarini namoyon etish huquqini tan oluvchi dunyoqarash sistemasi. Bu sistema inson farovonligini ijtimoiy hodisani baholash mezoni, tenglik prinsipini – haqiqat, insoniylikni esa – jamiyatdagi munosabatlar istalgan qoidalari deb hisoblaydi.

Insonparvarlik falsafasiga antroposofiya, pedotsentrizm, erkin tarbiyalash, tabiati muvofiqligi, neopizitivizm, pozitiv ekzistentsilizm kabi yo`nalishlar qo`shiladi.



Teosofiya diniy yo`nalish maktablari mazmun asosi hisoblanadi. Teosofiya insonparvarlik paradigmasi xalq pedagogikasida ancha chuqur ildizlarga ega, yoshlarda yomonlik va yaxshilik, shavqatlilik xulqi haqida tasavvurlarini ancha to`g`ri shakllantiradi.

Antroposofiya muataassiblik tuzilishlar, sektantliklar bilan hech qanday bog`liqligi yo`q, u moddiy emas, ma'naviy qadriyatlarni o`rganishga qaratilgan dunyoqarashga qat'iy mo`ljallangan maqsadni ko`zlaydi, u hayot maqsadi haqidagi, mazmuni haqidagi safollarga javob beradi. Pedotsentrizm falsafasi antroposofiyasiga yaqin.

Pedotsentrizm – falsafiy tarbiyaning bir yo`nalishi bo`lib, u o‘quvchining qiziqishlari va talablarini birinchi o`ringa qo`yishdan kelib chiqadi. Pedagogikaning asosiy vazifasi bolalar rivojlanishi uchun sharoitlar yaratish deb biladi.


Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə