Namangan davlat universiteti dadamirzayeva gulchehra abdunabiyevna tarix fanida innovatsiyalar: texnologiyalar, modellar


Tarix o‘qitishning innovatsion texnologiyalari ning ilmiy-nazariy asoslari



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə5/82
tarix29.04.2022
ölçüsü1,16 Mb.
#86107
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82
Namangan davlat universiteti dadamirzayeva gulchehra abdunabiyev

Tarix o‘qitishning innovatsion texnologiyalari ning ilmiy-nazariy asoslari. Tarix fanini o‘qitishda qo‘llaniladigan texnologiyaning falsafiy asoslari. O‘quv yurti, ijtimoiy institut sifatida butun jamiyatning holatini aks ettiradi. U siyosatdan alohida, g`oyalarlardan alohida yashay olmaydi, hech qanday falsafani targ`ib qilmay yashay olmaydi.

Shunday qilib tarix fanini o‘qitish texnologiyasi ma'lum falsafiy poydevorga asoslanadi. Falsafiy konsepsiyalar tarix o‘qitishning innovatsion texnologiyalarini metodologik ta'minlash tarkibiga kiruvchi eng umumiy tartibga soluvchi sifatida ishtirok etadi.

Falsafiy asosi ta'limning yakuniy maqsadida ancha aniq ko`rinadi (misol uchun,tarixiy, e’tiqod, texnokratik, insonparvarlik pedagogik va shu kabi). Falsafiy nuqtai nazarlar ta'lim mazmunida, tarix fani mazmunida ancha aniq kuzatiladi. Ammo ko`pincha ularning g`oyaviylik yo`nalishlarida birlik bo`lmaydi, yagona umumiy falsafiy asoslar yo`q. O`zbekiston Respublikasida zamonaviy ta'lim mazmuni ana shunday xususiyatlarlar bilan farq qiladi.

Ta'limning metodlari va vositalarida falsafiy asoslarni aniqlash qiyinroq. Bir xil metodlar g`oyalari bo`yicha umuman qarama-qarshi texno­lo­giya­larda qo`llanilishi mumkin. Shuning uchun bir texnologiya u yoki bu falsafiy asosga moslanishi mumkin (misol uchun: o`yin).

Zamonaviy jamiyatshunoslik fanlarida u yoki bu darajada ta'lim jarayonida mavjud bo`lgan tarixiy-falsafiy yo`nalishlar, maktab, oqimlar ko`p turlari mavjud.

Umum tarix o‘qitishning innovatsion texnologiyalarida asosiy falsafiy muammolari

Tarix o‘qitishning innovatsion texnologiyalari konsepsiyalarida eng aniq ko`rinadigan bir necha bir-biriga mos falsafiy asoslarni ajratib ko`rsatamiz: materializm va idealizm, dialektika va metafizika skeptizm va tabiiy muvofiqlik, insonparvarlik va antiinsonparvarlik, antroposofiya va teosofiya, pragmatizm va ekzistentsializm. 


Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə