Namangan davlat universiteti dadamirzayeva gulchehra abdunabiyevna tarix fanida innovatsiyalar: texnologiyalar, modellar


Mas’ul muharrir: Erqo‘ziyev Anvar Ashurovich



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə2/82
tarix29.04.2022
ölçüsü1,16 Mb.
#86107
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82
Namangan davlat universiteti dadamirzayeva gulchehra abdunabiyev

Mas’ul muharrir: Erqo‘ziyev Anvar Ashurovich

tarix fanlari nomzodi, dotsent



Taqrizchilar: Sarimsoqov Abdilatip Abdiraximovich

tarix fanlari nomzodi, dotsent



Mansurov Ulug’bek Umarovich

tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent

Mazkur o‘quv qo‘llanma Namangan davlat universiteti o‘quv-uslubiy kengashining 2019-yil ___ ______dagi __-sonli yig’ilishida muhokama qilinib, nashrga tavsiya etilgan.

G.A.Dadamirzayeva. Tarix fanida innovatsiyalar: texnologiyalar, modellar va metodlar (o‘quv qo‘llanma). Namangan, 2019. – 120 b.

Namangan davlat universiteti, 2019 yil



SO‘Z BOSHI

Mustaqillik sharofati tufayli o‘zligini tom ma’noda anglab, jahonga yuz tutdi, o‘zi belgilab olgan istiqbol taraqqiyot yo‘lidan jadal ilgarilab bormoqda. O‘zbekiston Respublikasida zamonaviy davlatchilik tizimini barpo etish va rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Mustaqilligimizning tarixan qisqa davrda bosib o‘tgan g’oyat murakkab, ayni vaqtda sharafli taraqqiyot yo‘li, bu yo‘lda qo‘lga kiritilgan, bugungi kunda dunyo hamjamiyati tomonidan haqli ravishda tan olinayotgan yutuq va marralarimizga qanday asosda, qanday og’ir sinov va mashaqqatlar evaziga erishilganligi, o‘zbek xalqinig davlatchilik sohasida to‘plagan ko‘p asrlik boy tarixiy tajribasini atroflicha o‘rganish va undan samarali foydalanish masalasi o‘zining dolzarbligi bilan ajralib turadi. Shu nuqtai nazardan, taqdim etilayotgan fanning uslubiy tavsiyalari nazariy va amaliy ahamiyatga ega.

Talaba-yoshlarning tarixiy dunyoqarashini boyitish, ularda mustaqil fikrni qaror toptirish, tarixni mukammal darajada bilish, insoniyat sivilizatsiyasining yutuqlaridan va tajribasidan to‘la bahramand bo‘lish, umuminsoniy qadriyatlarni anglab yetishga ko‘maklashish va dunyo miqyosida mavjud bo‘lgan muammolarning tarixiy ildizlarini izlab topish kabi dolzarb masalalarni o‘rganadi. Fan va texnika shiddat bilan taraqqiy etib borayotgan XXI asrda talabalarda tarix fanini chuqurroq o‘rganishda zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanishni davrni o‘zi taqozo qilmoqda.

Tarix jarayonlarini anglashda axborot texnologiyalarining o‘rnini tahlil etish, fanning asosiy yo‘nalishlariga oid innovatsion yondashuvlarni tahlil va tadqiq qilish malakasini hosil qilish, davlat va jamiyat taraqqiyotining rivojlanish omillarini tahlil qilishda fanning o‘rnini tushuntirish, talabalarda tarix faniga oid electron manbalardan, internet imkoniyatlaridan foydalanish, tarixiy tadqiqoqtlarda axborot texnologiyalarini qo‘llashni o‘rgatishdan iborat.

Tarix fanida innovatsiyalar: texnologiyalar, modellar va metodlar hozirgi kunning dolzarb masalaridan biri bo‘lib, uning rivojlanish bosqichlari, yillar davomida to‘plangan ilg’or tajribalarni o‘rganish va ta’lim jarayonida qo‘llashni o‘rganish lozim. Zamonaviy ta’lim texnologiyalarini tashkil etishda kerakli texnik vositalar haqida ma’lumotga ega bo‘lish, ular qo‘llash texnologiyalarini o‘rganish, ma’ruza yoki seminar mashg’ulotlarini to‘gri rejalashtirish va tashkil etishni talab qiladi. Tarix fanini o‘qitishda internet va onlayn resurs markazlaridan samarali foydalana olish hamda ko‘rgazma slayd materiallarini tayyorlash ko‘nikmasini egallashlarida lozim. Tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, aksariyat tarix ta’limi yo‘nalishi talabalari internet va onlayn resurs va AKT vositalaridan foydalanishda qiyinchilikka duch kelmoqda. Shuning uchun 1-bosqich talabalari kursni puxta egallashlari uchun kerakli adabiyotlar aksariyati rus va boshqa tillarda ekanlgini inobatga olib, mazkur ko‘rsatmani tayyorlashga jazm qildik.

Tarix fanida innovatsiyalar: texnologiyalar, modellar va metodlar fani “O‘zbekiston tarixi”, “Shaharlar tarixi”, “Madaniyatshunoslik”, “San’at tarixi”, “O‘rta Osiyo qadimgi shaharlari”, bundan tashqari “Axborot texnologiyalari”, “Tarixni o‘qish metodlari” kabi fanlar bilan o‘zaro bog’liqdir. Yuqorida nomlari tilgan olingan fanlar bo‘yicha bilimlar taqdim etiliyotgan fanni chuqurroq o‘zlashtirga yordam beradi.

O‘quv fanining talabalar tamonidan chuqurroq o‘zlashtirishlari uchun zamonaviy axborot texnologiyalar (jumladan kompyuter imkoniyatlari orqali internet resurslari) katta ahamiyatga ega. Ular fanga oid faktologik materiallar bazasini kengaytirish, o‘quv jarayonini uslubiy jihatdan boyitish, ma’lumotlarni talabalarga yanada tushunarliroq yetkazish, ma’ruza va seminar mashg’ulotlari uchun ahamiyatlidir. Pedagogik texnologiyalar, o‘z navbatida, talabalarning faolligini, mustaqil fikrlashga intilishlarini oshiradi, pedagogik va talabalar o‘rtasidagi aloqani mustahkamlaydi.

Ushbu o‘quv qo‘llanma “Tarix fanida innovatsiyalar: texnologiyalar, modellar va metodlar” fanini o‘zlashtirishda va seminar mashg’ulotlariga tayyorgarlik ko‘rishda talabalarga yaqindan ko‘makchi bo‘ladi degan umiddamiz.


Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə