Namangan davlat universiteti dadamirzayeva gulchehra abdunabiyevna tarix fanida innovatsiyalar: texnologiyalar, modellar



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə78/82
tarix29.04.2022
ölçüsü1,16 Mb.
#86107
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82
Namangan davlat universiteti dadamirzayeva gulchehra abdunabiyev

WWW Virtual kutubxonasi. http://www.vlib.org - WWWVirtual kutubxonasi turli-tuman ma'lumotlarni o`z ichiga oladi: qishloq xujaligi, iqtisod va biznes, kompyuter texnologiyalari, aloqalar, axborot va jurnalistika, o`qish, qonunlar, ilm - fan va hokazolar. Kutubxonaning quyidagi bo`linmalari xam mavjud: Pensilvaniya Davlat Universiteti (USA), Buyuk Britaniya (UK), Shveytsariya (Switzerland) va Argentina. Kutubxonada alfavit bo`yicha so`z va jumlalar bo`yicha qidirish tizimi mavjud.

Gpo Access. http://gpo.gov - US Goverment Printing Office markazi millionlab ma'lumotlarni o`zida mujassamlagan. Unda siz AQSHdagi turli tuman hujjatlar, kitoblar, yangiliklar bilan tanishishingiz mumkin. Har oyda bu kutubxona 28.000.000 ta xujjat bilan to`ldirilib boriladi. Bu vazifani maxsus elektron ma'lumotlar bo`linmasi bajaradi. Maslahatlar va buyurtmalar telefon va elektron pochta orqali bajariladi. Kuniga bir necha minglab foydalanuvchilar bu xizmatdan foydalanadi. Bu kutubxonadan davlat va shaxsiy korxonalar keng foydalanadilar.

WWW.UZ Milliy axborot-qidiruv tizimi. WWW.UZ – bu barcha foydalanuvchilar uchun yurtimizning Internet tarmog’idagi milliy segmenti axborotlaridan qulay tarzda foydalanish imkoniyatini beruvchi tizimdir.

Yandeks – Rossiyaning eng yirik IT-kompaniyalardan biri, 1997-yilda tashkil qilingan. U qayta ishlayotgan qidiruv so‘rovnomalari soni bo‘yicha jahondagi qidiruv saytlari ichida 7-o‘rinda turadi. Bugungi kunda "Yandeks” Rossiyaning internet- qidiruv bozorida 65% ulushga ega. Butun dunyoga mashhur Google esa Runetning qidiruv sohasida 22% ulushga egalik qilmoqda. "Yandeks” 2010-yil 19-may kuni ingliz tilidagi qidiruvlarni amalga oshirish uchun yandex.com saytini ishga tushirdi va bu bilan u xalqaro darajaga chiqdi.

KtoTam” – insonlar to‘g’risidagi axborotlarni qidirishga mo‘ljallangan yangi turdagi axborot-qidiruv tizimi. Bunda insonlarni ismi, sharifi, familiyasi, kasbi, lavozimi va unvoni hamda tashkilot va boshqa insonlar orqali topish mumkin.

Tagoo” – musiqalarni qidirishga mo‘ljallangan qidiruv tizimi. Boshqa qidiruv tizimlariga nisbatan ushbu tizim o‘zining kengaytirilgan musiqa bazasidan va boshqa saytlarning mp3 resruslaridan qidirib ularning ro‘yxatini shakllantiradi. So‘rovda musiqa nomini, uning ijrochisini hamda albom nomlarini ham kiritish mumkin.

Truveo” – Internetning turli resurslaridagi videomateriallarni qidirishga ixtisoslashgan axborot – qidiruv tizimi. Bu tizim orqali on-layn video hamda teledasturlar namoyishlarini ham qidirib topish mumkin.

Kinopoisk” – filmlar to‘g’risidagi axborotlarni qidirish tizimi. Qidiruv vaqtida filmning nomi, chiqqan yili, janri, ishlab chiqqan davlat nomi, kompaniya nomi, akterlar ismlari hamda rejisserlar va stsenariy mualliflari ism shariflaridan ham foydalanish mumkin.

Ebdb” – elektron kutubxonalardan kitoblarni qidirishga ixtisoslashgan axborot-qidiruv tizimi. Ushbu saytning ma'lumotlar bazasida elektron ko‘rinishda tarqatiladigan adabiyotlarning ko‘plab mashhurlari to‘plangan. Qidiruv natijalari kitob nomlari bo‘yicha guruhlanadi.



 “Ulov-Umov” – rezyume va vakant joylarni qidirish tizimi. Bunda qidiruv jarayonida karera va ishga bag’ishlangan hamda ijtimoiy tarmoq va boshqa saytlar vakansiyalari tekshiriladi va ro‘yxati shakllantiriladi.

GPS - Global Positioning System-Bu AQSh tomonidan ishlab chiqilgan tizim bo`lib. Yer yo`ldoshlari (sputnik) yerga ma'lum vaqt oraligida ma'lumot uztib turadi. Yo`ldoshdan yergacha signal yetib kelishini hisobiga uning qanday masofada ekanini aniqlash mumkin.GPS qabul qiluvchi qurilma esa, yo`ldoshlarning birnechtasidan ma'lumotlarni qabul qilib, o`zining qayerda joylashganini aniqlaydi. kamida 5-9 ta yo`ldosh orqali qurilma o`zining qayerda joylashganini 5-10 metr aniqlikda aniqlay oladi.

Google Earth (inglizchadan: Google Yer) virtual globus, xarita va geografik axborot dasturi bo‘lib, Keyhole, Inc tomonidan EarthViewer 3D nomi ostida ishlab chiqarilgan. 2004-yili Google tomonidan sotib olingan. U sun’iy yo‘ldosh, aviafotografiya suratlaridan foydalanib uch o‘lchamli Yer xaritasini ko‘rsatadi[

Xarita ( yunoncha chartes – varaq yoki xat yoziladigan papyrus) karta – yer yuzasi, boshqa osmon jismlari yoki kosmik fazoning matematik aniq belgilangan, kichraytirilgan, umumlashtirilgan tasviri.

Virtual muzey veb-saytlarning shunday turiki, unda muzeydagi materiallar ko‘rgazmasi amalga oshiriladi. Virtual muzeylarning afzalligi shundaki, ular eksponatlarni saqlash, himoyalash, keng, tez va osonlik bilan ommaga taqdim etishni Internet texnologiyalari yordamida amalga oshiradi. Birinchi veb-sayt muzeylari, ya’ni virtual muzeylar Internetda 1991-yilda paydo bo‘lgan. Dastlab virtual muzeylar haqiqiy muzeylarning saytlari bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik shaxsiy veb-sayt – muzeylar paydo bo‘la boshladi. Birinchi shaxsiy virtual muzeylar 1994-yilda paydo bo‘lgan.


Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə