Namangan davlat universiteti pedagogika va jismoniy madaniyat fakultet



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/38
tarix23.12.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#154570
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   38
Namangan davlat universiteti

 
Maqollar - «Alifbe» bezagi. 
Ma’lumki, maqollar xalq og’zaki ijodi 
janri hisoblanadi. Bolalar xalq og’zaki ijodida maqollar yetakchi o’rinda 
turadi.
Xalq yaratgan g’oyat ixcham, chuqur va tugal ma’noli gaplar maqol deb 
yuritiladi. Maqol xalqning, bir necha avlodlarning aqlu farosati hamda 
turmush tajribasi, donishmandligi mahsulidir. Maqollarda hayotning achchiq-
chuchugini tatib ko’rgan, turmushdagi hodisalarga aql ko’zi bilan qaraydigan, 
sof vijdonli, oliyjanob, dono, mehnatkash kishining biror voqea hodisadan, 
biror kishidan yoki biror ishdan chiqargan umumlashma xulosasi bayon 
qilinadi. Bu xulosa hayotda hammaga yo’l ko’rsatuvchi bo’lib xizmat qiladi. 
Maqollar xalqning aql-idroki, ijtimoiy-tarixiy tajribasi, kurashi hamda 
mehnatining badiiy ifodasi sifatida yaratiladi.
Maqollar ma’nosining teranligi, ixcham, pishiq va puxtaligi bilan xalq 
og’zaki ijodining boshqa janrlari bilan farq qiladi. Shu sababdan ular bolalarni 
to’g’ri, mantiqiy fikrlashga, maqsadni qisqa, ixcham va lo’nda bayon qilishga 
o’rgatadi.
R. Safarova, M.Inoyatova, M.Shokirova, L. Shermamatovalarning 
«Alifbe» darsligida ham bir qancha maqollar keltirilgan.
Bolalarni do’stlikka, birodarlikka o’rgatuvchi, ularni ahil-inoq bo’lishga 
chorlovchi, do’stlikning buyuk kuch ekanligini ifodalovchi quyidagi maqollar 
berilgan: 


68 
Do’st bilan uying obod. 
Do’stsiz boshim – Tuzsiz oshim. 
Odob-axloq, bilimning afzalligi, bunday xislatlar insonni buyuk inson 
bo’lishiga xizmat qiluvchi ekanligini o’rgatuvchi maqollar: 
Bilim – boylik kaliti. 
Oltin olma – duo ol. 
Oldin o’yla – keyin so’yla. 
Vatanni sevish, ardoqlash, Vatan uchun xizmat qilish haqidagi maqollar: 
Bulbul chamanni sevar,
Odam – Vatanni. 
Hunarni asrash, hunarli bo’lish, uni avaylash, uni qadriga yetish, bekor 
yurmaslik, foydali ishlar bilan shug’ullanish haqida: 
Hunar – hunardan unar. 
Harakat, harakatda barakat. 
«Alifbe»da berilgan yuqoridagi kabi ixcham, ta’sirchan, mazmunan boy 
maqollar darslikning ajoyib bezagidir. Bunday maqollar o’quvchilarga 
tovushlarni oson va qiziqarli o’zlashtirishlaridan tashqari: 
- ularning dunyoqarashlarini shakllantirish va rivojlantirish; 
- odob-axloq me’yorlarini singdirish; 
- Vatanga sadoqatli va muhabbatli bo’lishlari; 
- milliy va umuminsoniy qadriyatlarimizni o’zlashtirishlarida juda ham 
asqotadi. 
Xullas, ularni Vatanimiz kelajagi uchun jon fido qila oladigan komil 
insonlar bo’lib yetishishlarida muhim vosita bo’ladi.
Ma’lumki, boshlang’ich ta’lim umumiy o’rta ta’limning asosini tashkil etadi. 
Boshlang’ich ta’limda asosiy davr savod o’rgatish davri hisoblanadi. Savod 
o’rgatish jarayonida o’quvchilarga tovush va harflarni qay darajada singdirish 
o’qituvchining mahoratiga bog’liq. Hozirgi davr talabiga asosan har bir pedagog 
o’z mashg’ulotlarini yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etishi taqozo 


69 
etiladi. Shuning uchun har bir boshlang’ich sinf o’qituvchisi o’z mashg’ulotlarida 
o’quvchilarga chuqur bilim berishi uchun innovatsion metodlardan foydalanishi 
maqsadga muvofiqdir. 
Quyida biz savod o’rgatish davrida «Improvizatsiya» va «Klaster» 
metodlarining turli ko’rinishlaridan namunalar keltirmoqchimiz.

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə