Namangan davlat universiteti pedagogika va jismoniy madaniyat fakultet



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/38
tarix23.12.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#154570
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   38
Namangan davlat universiteti

 
 
 
 
 
 


53 
II BOB. SAVOD O'RGATISH DAVRIDA O'QUVCHILARNI DIKTANT 
YOZISHGA O`RGATISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYADAN 
FOYDALANISH 
2.1. Savod o’rgatish davrida zamonaviy usullardan foydalanishning 
ahamiyati o’ziga xos tomonlari 
Bolalarni o’qish va yozishga o’rgatish, davrida savod o’rgatish darslarini 
to’g’ri tashkil etilishi ham muhim ahamiyatga ega. Analitik-sintetik tovush 
metodida o’qish va yozish darslari bir vaqtda, parallel olib boriladi. Bir soatda 
tovush-harf o’rganilsa, keyingi darsda o’sha tovushni ifodalovchi harfning 
yozilishi o’rgatiladi, har ikki turdagi darsni to’g’ri tahlil qilish uchun quydagilarga 
e’tibor beriladi;
1.Ta’limning didaktik jihatlariga e’tibor berilib, uni so’nggi yutuqlar bilan 
to’ldirib borish. 
2. O’quvchilarni yosh va fizialogik jihatlariga e’tibor berish. 
3. Ularda mustaqil faoliyatni rivojlantirish ishlarini keng qo’llash. 
4. O’qish va yozishning uzviyligiga e’tibor berish. 
5. Alifbo va unga qo’shimcha materillardan unumli foydalanish. 
Savod o’rgatish jarayoni o’qituvchi uchun ham, o’quvchi uchun ham g’oyat 
ma’suliyatli davr bo’lib ulardan kuch, g’ayratni, bilmni talab etadi. 
Bu davrdagi darslar qanchalik qiziqarli va ta’sirli tashkil qilinsa bolaning 
savodini chiqarish shunchalik oson kechadi, ularning o’qishni o’rganishga bo’lgan 
qiziqishlari ortadi. Buning uchun mualimlar bolada motiv hosil qilish va uni 
rivojlantirishga e’tibor qaratishlari lozim. Motiv kishini biror ish harakatga 
undovchi, da’vat, turtki. Motiv bolada bilim olish ishtiyoqiga va qiziqish 
uyg’otadi. O’qituvchilar bundan mohirlik bilan foydalanishlari va o’quchilarga 
beriladigan mustaqil ishlar tizimini ishlab chiqishlari foydadan holi bo’lmaydi. 
Motiv hosil qilishga ta’limiy o’yinlar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki 
6-7 yoshli bolalar hayotida maktab davri ancha murakkab davr bo’lib bolalar jiddiy 
sinov turadi. Bola yangi jamoa-maktab jamoasiga kirib boradi, endi shu jamoaning 


54 
asosi ekaninni his etishga intizomga yangi sharoitiga moslashishiga majbur 
bo’ladi. 
13
Bola kichkina bo’lishga qaramay uni bajaradigan ishlari ko’p. Bular maktab
o’qish, uy vazifalarini bajarish, murakkab vazifalarni bajarish va boshqalar. 
Muhimi o’yindan maktabga, kundalik majburiy va uzoq mehnatga o’tish bola 
hayotida tub burilishdir. Buning o’zi bo’lmaydi; hatto maktabgacha tarbiya 
muassasalaridan bolalarga ham bu oson emas. Uydan maktabga kelgan bolalar 
uchun yana ham qiyindir. Ayniqsa 40-45 minutlik darsda o’tirish, tinglash va 
topshiriqlarni bajarish aqliy mehnat bolani tez toliqtiradi bola o’qishida maktabdan 
sovushi mumkin.
Shuning uchun ham o’qituvchilar bola faoliyatini qiziqarli tashkil etishga 
intilishlari motiv hosil qilish va uni rivojlantirishga harakat qilishlari lozim. 
Motiv o’z-o’zidan hosil bo’lmaydi. Uni bolalar yoshiga psixalogik 
xususiyatlariga mos didaktik o’yinlar va mustaqil ishlar vositalariga nazariy 
bo’limlar oson egallanadi; o’quvchilarning bilim olishda qiziqishlari ortadi. 
Hozirgi kunda ta'lim jarayonida interfaol usullar, innovatsion texnologiyalar, 
pedagogik va axborot texnologiyalarni qo'llashga bo'lgan qiziqish kundan-kunga 
kuchayib bormoqda. Bunday usul o'quvchilarni tayyor bilimlarni o'zlari qidirib 
topishlariga, mustaqil o'rganib tahlil qilishlariga, xatto xulosalarni ham o'zlari 
keltirib chiqazishlariga o'rgatadi. O'qituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, 
shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit
yaratadi. Shu bilan bir qatorda 
boshqaruvchilik, yo'naltiruvchilik funktsiyasini bajaradi. Ta'lim jarayonida 
o'quvchi asosoiy figuraga aylanadi. 
Darlarda yangi pedagogik texnologiyalarni shunday tashkil etilishi kerakki, 
bunda sinfdagi barcha o'quvchilar faollashishi zarur, ya'ni dars o'tish jarayonida 
o'quv materiallarining ma'lum bir qismi o'quvchilar tomonidan mustaqil 
o'rganiladi, so'ngra sinfda xar tomonlama muxokama etiladi. O'qituvchi o'quv 
jarayoni tashkilotchisi, rahbari, nazoratchisi hamdir. O'quvchining sinfda o'zini 
13
Savod o’rgatishda interfaol usullardan foydalanish http://alifbe.zy.uz/11 Vasikova Shaxnozani maxsus sayti. 


55 
erkin xis qilishi va o'quv faoliyati uni emotsional jixatdan qoniqtririshi lozim, ana 
shundagina u o'zining fikrlarini erkin bayon qila oladi. Yangi pedagogik 
texnologiyalar xilma-xil bo'lib, qaysi metodni tanlash o'qituvchining o'tayotgan 
mavzusi, darsning maqsadi va vazifalariga bog’liq. 
Ulardan interfaol mashg'ulot - o'qituvchi va o'quvchilar o'zaro faol ishtirok 
etadigan mashg'ulot, hamkorlikda kechadigan jarayon.
Interfaol metodlarning qo'llanishi darslarda beixtiyor psixologik o'yin yoki 
musobaqaga aylantirib, yuqorida tilda olingan bo'sh o'quvchilarni ham bir oz 
bo'lsada, o'z fikrlarini keng ommaga izhor etishga, umuman sinfda kechayotgan 
bahs-munozaralarga 
befarq 
bo'lmasdan, 
faol 
ishtirok 
etishga 
undaydi. 
O'quvchilarni faollashtirish uchun dars jarayonida qo'llaniladigan usullarni to'g'ri 
tanlash va savollarni aniq tuzish katta samara beradi. Buning uchun darsga
mavzuga qo'yilgan maqsad aniq belgilanib, shu maqsadga erishish yo'li, usuli 
puxta ko'rib chiqilishi lozim. Demak, o'qituvchi har bir foydalanadigan interfaol 
usulni o'quvchiga nima berishini oldindan ko'ra olishi va darsni to'g'ri tashkil 
qilishi kerak. Demak, siz qo'llanmoqchi bo'lgan interfaol usulini ko'rib bo'lgach, 
o'zingizga kerakli rasm, tarqatma material ko'rgazmailardan keragini qirqib olib
konvertga solib qo’yishingiz, mavzularni o’rgatishda ishlatishingiz mumkin.
Interfaol uisullardan foydalanib o'tganda quyidagilarga etibor berish lozim.
14
l. O'quvchilar ishni bajarish uchun bilim, malaka, ko'nikmaga ega ekanligiga 
ishonch xosil qilaman. 
2. Guruhda sust o'quvchilar va bilimi kuchli o'quvchilar teng bo'lishiga e'tibor 
beraman. 
3. Jamoa bo'lib o'rganish yoki muxokama vaqtida shovqin bo'ladi, bunga 
e'tibor bermayman. 
4. Har bir guruhning ishiga e'tibor beraman, kerak bo'lsa yordam beraman. 
5. Mustaqil fikr va g'oyalarni olqishlab, rag'batlantiraman. 
6. Guruhlarga doimo aniq tushunarli yo'rliqlar beraman. Vazifani tez bajargan 
14
Savod o’rgatishda interfaol usullardan foydalanish

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə