Namangan davlat universiteti pedagogika va jismoniy madaniyat fakultet



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/38
tarix23.12.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#154570
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   38
Namangan davlat universiteti

Buyuk ipak yo`li.
12
 
Buyuk ipak yo`li asrlar davomida qit`alarni bir-biri bilan bog`lagan. Yo`l 
o`tgan o`lkalarda savdo-sotiq rivojlangan, ma`rifat-madaniyat ravnaq topgan. 
Bu muqaddas yo`l O`zbekistonning shaharlari va talay salobatli qal`alari 
orqali o`tar edi. Bozorlarni noz-ne`matlar bilan to`ldirgan. Elatlarga to`kin-sochin 
hayot baxsh etgan. Xalqlar bir-birlari bilan do`stlikda, tinchlikda barqaror hayot 
kechirishga intilganlar. 
Hozir ham ajdodlar asos solgan bu tabarruk yo`l o`z ahamiyatini 
yo`qotgani yo`q. 
Matn bir marta o`qib berilgandan keyin, tutuq belgisining yozilishi haqidagi 
qoida takrorlanadi: o`quvchilar qoidani aytadilar, misollar keltiradilar. Keyin 
o`quvchilar qit`alarni, ma`rifat, qal`alari, noz-ne`matlari so`zlaridagi tutuq 
belgisining yozilishi haqidagi qoidani eslaydilar. 
O`quvchilar daftarlariga sana va matn sarlavhasini yozib olgach, (bular 
yozuv taxtasiga yozib qo`yildi), matn aytib yozdiriladi. 
Matn yozib bo`lingach, o`qituvchi matnni boshidan oxirigacha o`qib berishi, 
o`quvchilar yozganlarini kuzatib borib, yo`l qo`ygan xatolarini tuzatishlari 
mumkin. Ayrim hollarda matnni o`qituvchi o`qib berganidan keyin 
o`quvchilardan biriga daftaridan o`qitish ham foydlidir. O`quvchilar o`z ishlarini 
mustaqil o`qib, yo`l qo`ygan xatolarini tekshirganlaridan keyin daftarlari yig`ib 
olinadi. 
12
Fuzailov S., Xudoyberganova M. Ona tili: 3-sinf uchun darslik.- Toshkent: O`qituvchi,
2004.- B. 20. 


41 
 Izohli diktant. 
Izohli diktant boshlang`ich sinflarning barchasi uchun mos bo`lib,
o`quvchilarga yozdirilgan matn tarkibidagi imlosi qiyin so`zlarning yozilishini
eslatish va ta`kidlash maqsadida o`tkaziladi. Belgilangan matn o`quvchilarga 
yozdiriladi. Undagi so`zlarning imlosi eslatilmaydi. O`quvchilar matnni yozib
bo`lganlaridan keyin undagi matnni qanday yozganliklari so`raladi. Albatta, 
o`quvchilar yozuvida ayrim xatolarning bo`lishi mumkin. O`quvchilar yozuvidgi
xatolar turli tartibda tuzatilib izohlanadi: 
A) o`quvchilardan biri aytgan so`zdagi xatoni boshqa bir o`quvchi
tuzatadi; 
B) o`quvchi xatosini o`qituvchi og`zaki izohlaydi; 
D) o`quvchi yozgan xato so`zni o`qituvchi yozuv taxtasiga yozib 
ko`rsatadi. 
Shu tartibda o`quvchilar yozgan xato so`zlarini o`zlari tuzatadilar. Bu 
bilan o`quvchilarning imlo savodxonligini aniqlash va kamchiliklarini to`ldirish
mumkin.
Izohli diktant uchn to`la bir dars ajratilishi shart emas. Ta`limiy
diktantning boshqa turlari kabi yozuv darsining ma`lum bir qismida o`tkazish 
mumkin. 
Izohli diktant uchun matnni o`quvchilarning dasrliklaridan ham tanlash 
mumkin. Bunday holatda matnni o`quvchilarga yozdirib bo`linganidan keyin
ular kitoblarini ochib, yozganlarini taqqoslab ko`radilar. O`zlari sezgan 
xatolarini tuzatadilar. Lekin hamma o`quvchilar ham o`z xatolarini topa 
olmaydilar. Ayniqsa, bo`sh o`zlashtirayotgan o`quvchilar bu ishga qiynaladilar.
Shuning uchun ular bilan alohida ish olib borishga to`g`ri keladi. Ya`ni
o`quvchilar o`z yozuvlarini kitobdagi matnga taqqoslab xatolarini 
tuzatayotganlarida o`qituvchi bo`sh o`zlashtirayotgan o`quvchi bilan ikki
tartibda ishlashi lozim. 


42 
Izohli diktant o`quvchi faoliyatini oshirishda eng foydalai yozma ish
turlaridan hisoblanadi. Bu diktant turini 2-4-sinflarda tez-tez o`tkazib turish 
foydali. 

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə