Namangan davlat universiteti pedagogika va jismoniy madaniyat fakultet



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/38
tarix23.12.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#154570
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   38
Namangan davlat universiteti

Lug`at diktanti. 
Lug`at diktant o`rganilgan imlo qoidalarini mustahkmlash, o`quvchilarning 
so`z boyligingi oshirish maqsadida o`tkaziladi. Bundan tashqari, o`rgailgan imlo 
qoidalarini o`quvchilar tomonidan qanchalik o`zlashtirlganini sinash, hisobga olish 
maqsadida ham o`tkazilishi mumkin. Lug`at diktant uchun o`rganilgan imlo 
qoidasi asosida yoziladigan so`zlar, so`z birikmalari yoki turli narsalar va ularning
rasmlaridan foydalaniladi. 
Agar tayyor so`z va so`z birikmalari yozdiriladigan bo`lsa, dastlab 
ularning ma`nosi, talaffuzi va yozilishi suhbat orqali izohlab tushuntiriladi. 
Diktantda turli narsalar yoki ularning rasmlaridan foydalaniladigan bo`lsa, 
ishni quyidagicha tashkil etiladi: tanlangan narsa rasmlari yoki o`zi tartib bilan 
o`quvchilarga ko`rsatiladi. O`quvchilar rasmda ifodalangan narsa nomini yozib,
vergul qo`yadilar. Ish shu tarzda davom etadi. O`qituvchi birinchi so`zni bosh harf 
bilan boshlab yozish va oxirgi so`zdan keyin nuqta qo`yish kerakligini ta`kidlaydi. 
O`quvchilar yozganlarini imlo lug`atiga yoki o`zlarining lug`at daftarlariga
solishtirib tekshiradilar. Yo`l qo`ygan xatolarini mustaqil ravishda to`g`rilaydilar, 
keyin esa o`qituvchi tomonidan tekshirib baholanadi. 
Lug`at diktantini yozish uchun: 2 sinfda 3 ta so`z; 3-sinfda 10 so`z; 4-sinfda 
12-15 ta so`z bo`lishi mumkin. 


35 
Saylanma diktant. 
Saylanma 
diktant 
o`rganilgan 
grammatik 
va 
imlo 
qoidalarini
mustahkamlashga, ularni amalda qo`llashga yordam berish bilan o`quvchilar
mavzuni qay darajada o`zlashtirganliklarini aniqlashga ham imkon beradi. 
Diktantning bu turida o`quvchi o`qituvchi aytgan matnning yoki gapning 
hammasini yozmay, o`rganilgan qoidalar asosida yoziladigan so`zlar yoki so`z 
birikmalarinigina saylab yozadi, shuning uchun ham saylanma diktant deyiladi. 
Saylanma diktant quyidagi tartibda o`tkaziladi: o`qituvchi «Diktantlar 
to`plami»
4
dan o`rganilgan qoidaga mos, shu yozuv ko`proq ishtirok etgan matnni 
tanlaydi. Matn darsdan oldin yozuv taxtasiga yozib qo`yiladi. (Ko`chma yozuv 
taxtasidan foydalanish ham mumkin). O`qituvchi matnni bir marta o`qib bergach, 
matn tahlil qilinib, o`rganiladigan qoida asosida yoziladigan so`zlar yoki so`z 
birikmalari aniqlatiladi hamda qoida takrorlab mustahkamlanadi. Keyin matn bir 
o`uvchiga o`qitilib, bolalar diqqati shu yozuvga jalb qilinadi. Matn parda bilan 
berkitib qo`yiladi va o`qituvchi bolalarga ta`kidlaydi:
- Men matndagi gaplarni tartib bilan o`qiyman. Sizlar men o`qigan gaplarni 
to`liq yozmay, takrorlangan qoidaga muvofiq bo`lgan so`z va so`z 
birikmalarinigina saylab yozasizlar. Agar gapda shu qoida asosida yoziladigan 
so`z yoki so`z birikmasi bo`lmasa, u gapni butunlay yozmaysizlar. 
O`uvchilar saylanma diktantni yozib bo`lgach, yozuv taxtasidagi matn
ochiladi va ish o`qituvchi rahbarligida tekshiriladi: o`qituvchi saylab yozish kerak 
bo`lgan so`z va so`z birikmalarining tagiga chizadi, o`quvchilar yozganlarini 
yozuv taxtasidagi matn bilan solishtiradilar. 
Saylanma diktantni 3-4-sinflarda o`tkazish maqsadga muvofiqdir. 
Diktantning bu turini yozish uchun o`quvchi grammatik va imlo 
qoidalarini puxta bilgan bo`lishi kerak. Saylanma diktant o`quvchilarni har bir 
gapga, so`z birikmasiga, har bir so`zga diqqat bilan qarashga odatlantiradi, kerakli 
4
Аbdullayeva Q., Rahmonbekova S. Diktantlar to’plami.-T., 2011. 


36 
so`zni, grammatik shaklni, qoidaga mos yozuvni tezroq topa bilishga, 
ziyraklikka o`rgatadi. 

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə