Namangan davlat universiteti pedagogika va jismoniy madaniyat fakultet


parta ustiga 25 gradus qiyalikda qo'yilishini ta'kidlab turadi



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/38
tarix23.12.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#154570
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   38
Namangan davlat universiteti


parta ustiga 25 gradus qiyalikda qo'yilishini ta'kidlab turadi. 
Orfofafiya grekcha «to'g'ri» va «yozaman» so'zlaridan olingan bo'lib, adabiy 
tilning yozma shakli bilan bog'liq. Orfografiya to'g'ri yozish haqidagi qoidalar 
ko'nikmasidir. Orfografiyani bilmay turib, fikrni adabiy til normalari asosida 
yozma ifodalab bo'lmaydi. O'quvchilarning orfografik savodxonligi qaqida 
g'amxo'rlik qilish tilning aniqligi, fikrni to'g'ri ifodalash, kishilar bilan o'zaro 
xatosiz muomala qilish uchun g'amxo'rlik demakdir. Savod o'rgatishda bolalarda 
grafik malakani shakllantirish bilan bir vaqtda imloga oid malakani 
shakllantirishga ham zamin yaratiladi. 
Savod o'rgatish davrida o'quvchilar: a) talaffuzi va yozilishida farq 
qilmaydigan so'zlarda tovush bilan harfning mosligini; b) so'zlarni alohida 
yozishni, ya'ni yozuv vositasida so'zni ma'no birligi sifatida ajratishni; v) so'zning 
satrga sig'may qolgan qismini keyingi qatorga bo'g'inlab ko'chirib yozishni, bunda 
bo'g'in hosil qilgan bir unli harfni qatorga ko'chirib yozib bo'lmasligini; g) gap 


31 
boshida, shuningdek, kishilar ismida, hayvonlarga qo'yilgan nomlarda bosh 
harfning ishlatilishini amaliy tarzda o'rganadilar. 
Savod o'rgatish davridayoq ko'chirib yozish, diktant va ijodiy yozuvlardan 
foydalaniladi. O'z-o'zini tekshirishga o'rganadilar. 
Yozuv darslarida ham o'quvchilar nutqini o'stirish, fikrlashga o'rgatish asosiy 
vazifalardan hisoblanadi. Shu bilan birga ushbu davr o'quvchilarni to'g'ri va 
chiroyli savodli yozishlari uchun asosiy poydevor bo'lib xizmat qiladi.
 
1.3. Diktant turlari haqida ma’lumot
O`quvchilar savodxonligini oshirishda foydali mashqlardan biri diktantdir. 
Diktant o`tkazishda o`quvchilarning imkoniyatlarini hisobga olish, ishda aniqlika 
e`tibor berish, soddadan murakkabga borish muhim ahamiyatga egadir. 
Shuningdek, o`quvchilarni o`z-o`zini tekshirishga odatlantirish zarur. 
O`quvchi diktant yozishda so`zning harfiy ifodasini ko`rmay, eshitish sezgisi 
orqali tovushlar majmuasini tasavvur etadi, tovushlarni harflar bilan almashlab 
yozadi. Bunda psixologik jarayon bilan fiziologik jarayonning birgalikda 
harakatlanishi so`zlar shaklining bolada mustahkamlanib borishiga imkon beradi. 
Shuning uchun ham diktant imlo o`rgatishda o`z tabiatiga ko`ra to`la ta`limiy 
yozma ish hisoblanadi. 
Diktantntlar maqsadiga ko`ra ikki turli bo`ladi:
I. Ta`limiy diktant. Diktantning bu turi o`rganilgan mavzularni 
mustahkamlash maqsadida yozuv darsining biror qismida o`tkazilib, unga alohida
soat ajratilmaydi. 
Ta'limiy diktantlar tashkil etish va bajarilish usuliga ko'ra quyidagi turlarga 
bo'linadi: 
1.
Ta'kidiy diktant. 
2.
O'z diktant yoki yoddan yozuv diktanti. 
3.
Izohli diktant. 
4.
Saylanma diktant. 
5.
Erkin diktant. 


32 
6.
Rasm diktant. 
7.
Lug'at diktant. 
8.
Ijodiy diktant.
 1
Shulardan saylanma, erkin va ijodiy diktantlarda matn ma'lum o'zgarishlar 
bilan yoziladi. 
Tekshiruv diktantida yaqinda yoki ilgari o'rganilib, mashqlar bilan 
mustahkamlangan qoidalarni o'quvchilar qay darajada o'zlash-tirganliklari 
aniqlanadi. Tekshiruv diktanti biror bo'lim o'rganilgandan so'ng yoki chorak 
oxirida o'tkaziladi. Tekshiruv diktanti o'quv yili davomida 5-6 marta o'tkaziladi. 
Diktantning bu turida yo'l qo'yilgan xatolar chuqur tahlil qilinadi, ularni bartaraf 
qilish usullari belgilanadi. Shu jihatdan tekshiruv diktantining ta'limiy ahamiyati 
katta. Imloviy mashq sifatida diktantning xilma-xil turlaridan foydalaniladi. 
Ta'kidiy diktantdan qoidani amaliyotga tatbiq etish usullarini yaxshi bilib 
olish maqsadida foydalaniladi. Matnni yozishdan oldin, uni yozish jarayonida, 
izohli yozuvdagi kabi, o'quvchilar so'zni qanday yozishni va nima uchun shunday 
yozilishini tushuntiradilar. 
O'z diktant yoki yoddan yozuvda o'rganilgan imloviy qoida asosida 
yoziladigan so'zlar bo'lgan matnni o'quvchilar o'zlari o'qib yodlaydilar (ko'rib idrok 
qiladilar) yoki o'qituvchi rahbarligida eshitib yodlaydilar (idrok qiladilar), keyin 
o'zlari mustaqil yozadilar. 
Izohli diktant o'quvchilarning qobiliyatiga qarab ikki xil o'tkaziladi. 
O'quvchi, odatda, o'qituvchining ko'rsatmasi bilan ma'lum so'zning yozilishini 
diktant yozishdan oldin yoki keyin izohlaydi. So'zning yozilishini bo'g'in-tovush, 
tovush-harf tomondan tahlil qiladi, unga qoidani tatbiq etadi. Masalan, ,,Kitob — 
bilim manbai" — Kitob: Ki-tob. Ikki bo'g'in. Birinchi bo'g'inida k, i; ikkinchi 
bo'g'inida t, o, 

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə