Namangan davlat universiteti pedagogika va jismoniy madaniyat fakultet



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/38
tarix23.12.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#154570
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   38
Namangan davlat universiteti

(Bolalar yuguiyaptilar), 
sodda yoyiq gap 
(Lola do'konga bordi), 
uyushiq bo'lakli gap 
(Anvar o`qidi va yozdi) 
tuzadilar. Ular bu ko`nikmalarni 
amaliy mashqlar yordamida egallaydilar. 
Bolalarning shaxsiy tajribalari, kishilar hayoti va tabiatni kuzatishlari nutq 
o`stirish uchun asosiy manba hisoblanadi. Narsalar, uy-ro'zg'or buyumlari, 
o`simliklar, hayvonlar qiziqarli suhbat uchun mavzu bo'lib xizmat qiladi. Suhbat 
jarayonida bolalarda hosil qilingan tasavvur asosida aniq tushunchalar shakllanadi. 
Birinchi sinf o`quvchilari nutqini o`stirishda bolalarning o'yin va ermaklari, 
rasm ko'rish va 
,,Bu nima?, Bu kim?, U nima qilyapti?" kabi 
savollar asosida 
suhbatdan ham foydalaniladi. 


20 
Savod o`rgatish davrida nutq o`stirishga oid ish turlariga atrofdagi jonli 
predmetlarning nomini, ularning belgilarini aytish, predmetiarni ma'lum belgilari 
asosida guruhlash kabi mashqlar kiradi. Masalan, o'qituvchining topshirig'iga 
muvofiq, ma'lum bir mavzuda (kuz, mevali bog`, sinf, maktab haqida) ikki so'zdan 
iborat gap tuzadilar; keyinroq esa shunday yig`iq gaplar tuzib, uni savollar 
yordamida yoyiq gapga aylantiradilar. Ular o'rgangan harflaridan so'zlar va kichik 
gaplar tuzib yozadilar. 
o`qish darslarida o'quvchilar rasmga qarab kichik hikoyacha tuzadilar, 
o'qituvchi savoliga to'liq javob berishga o`rganadilar. Alifbedagi rangli, chiroyli 
rasmlar tevarak-atrofdagi predmet va hodisalar, hayvonlar va o'simliklarning 
nomini idrok etishga, bilib olishga yordam beradi. 
Savod o'rgatish davrida o`quvchilarning talaffuzi ustida ishlash ham katta 
ahamiyat kasb etadi, chunki ko'pgina bolalarning talaffuzida kamchiliklar bo'ladi: 
bir tovush o`rniga boshqasini 
(sh 
o`rniga 
s, r 
o'rniga 
i) 
talaffuz qiiadilar, chuchuk 
til bilan duduqlanib gapiradilar, so'zdagi ayrim tovushni tushirib yoki boshqa bir 
tovush qo'shib talaffuz qiiadilar, tovushlar o`rnini almashtirib qo'yadilar va hokazo. 
Bu kamchiliklarni bartaraf etish uchun logopedlar maxsus mashqlardan 
foydalanadilar. O'qituvchi ham har bir darsda va darsdan tashqari vaqtda 
o'quvchilar talaffuzini kuzatib borishi, kamchiliklarni aytib, to'g'ri talaffuz 
namunasini ko'rsatishi lozim. 
2.
Ko'pincha 
bola 
o'qiyotgan 
qatorni 
yo'qotib 
qo'yadi, 
harfni, 
bo'g'inni, 
so'zni 
qayta 
o'qishiga 
to'g'ri 
keladi. 
o`quvchining 
diqqati 
kcngaygan sari bo'g'in va so'zni butunligicha idrok eta boshlaydi. 
3.
O`qishni endi o`rganayotgan bola o'qiyotgan matn mazmunini 
o`zlashtirmaydi, chunki u so'zni qanday o'qishga ko'p kuch beradi. 
Darslikdagi 
rasmlar, 
o`qituvchining savollari, 
ko'rgazmali qurollar 
ularning ongli o'qishlarini ta'minlaydi. 
4.
Tajribasiz kitobxon so'zni birinchi bo'g'iniga yoki rasmiga qarab 
topadi. Bu xato o'qishga olib keladi. Bunday xatoning oldini olish 


21 
uchun 
so'z 
bo'g'inlab 
o'qitiladi, 
so'zni 
bo`g`in-tovush 
tomondan 
tahlil qilishga, tovush-harf tomondan analiz va sintez qilishga diqqat 
qaratiladi. 
O`qishni muvaffaqiyatli egallashlari uchun o`quvchilarning idroki, xotirasi, 
tafakkuri va nutqini o'stirishga katta e'tibor berish kerak. Savod o'rgatishda 
fonematik eshitish qobiliyatlarini o'stirishga, ya'ni tovushni aniq talaffuz qilishga, 
boshqa tovushlardan farqlashga o'rgatish, bo'g'in yoki so'zdan o'sha tovushni ajrata 
olish ko'nikmasini o`stirish muhim sanaladi. 
Fonematik eshitish imloviy malakani hosil qilishning muhim shartidir. Shu 
bois savod o'rgatish davrida eshitish idrokini o`stirish uchun ham maxsus xilma-xil 
mashqlar o`tkazib borish maqsadga muvofiqdir. 
Yozuv jarayonida o'quvchilar ruchkani to'g'ri ushlashni, daftarni to'g'ri 
qo'yishni, harfni yozishda yozuv chiziqlari, ular bo'ylab qo'lni harakatlantirishni 
esda saqlashi, harfni harfga qanday ulash, qatorga sig`ish-sig`masligini mo'ljallashi 
lozim. Bu jarayon o`quvchini aqliy va jismonan charchatadi, ayniqsa, ularning 
barmoq va yelka muskullari charchaydi. Shuning uchun ham darsda ikki-uch marta 
daqiqali jismoniy mashqlar o'tkazilishi maqsadga muvofiqdir. 
Yozuv jarayonida o'quvchi ruchkani qog'oz ustida sekin, ishonchsizlik bilan 
qimirlatadi, bir harfni yozib to'xtaydi va namuna bilan solishtiradi, ba'zan 
chiziqdan chiqib ketadi, noto'g'rilarini bo'yab, to'g'rilaydi. Bunda u o'qituvchiga har 
daqiqada murojaat qiladi, uning qo'li va boshi yozishda birgalikda harakat qiladi. 
Yozuv jarayoni o'quvchilarning ongli harakat qilishlarini ham talab etadi. Shu 
sababli o'qituvchi yozuv jarayoniga sabr-qanoat bilan katta e'tibor qaratishi juda 
muhim. Yozuvning chiroyli va imloviy jihatdan to'g'ri bo'lishi savodxonlikning 
yuksak belgisidir. 

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə