Namangan davlat universiteti pedagogika va jismoniy madaniyat fakultet


Bitiruv malakaviy ishning maqsad va vazifalari



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/38
tarix23.12.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#154570
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Namangan davlat universiteti

 
Bitiruv malakaviy ishning maqsad va vazifalari. 
Ushbu bitiruv malakaviy ishni yozishda savod o’rgatish davrida ta’limiy 
diktantlardan foydalanish orqali o’quvchilarning savodxonligini oshirish asosiy 
maqsad qilib belgilandi.
Ushbu maqsadni amalga oshirishda quyidagi vazifalar amalga oshirildi 
-boshlang’ich sinf o’quvchilarini diktantni savodli yozishga o’rgatish bo’yicha 
adabiyotlar va internet ma’lumotlari tahlili, 
-o’quvchilarni savodli yozishga o’rgatish masalalarini o’rganib chiqish 
-darslarda zamonaviy usullarni qo’llab darslarni tashkil etish bo’yicha 
adabiyotlarni o’rganib chiqish 
- pedagogik texnologiyalar, innnovatsion hamda interaktiv usullar, turli didaktik 
o’yinlardan foydalanib o’quvchilarga savod o’rgatish yo’llarini ishlab chiqish. 
Tadqiqot obyekti va usullari
. Tadqiqot muammosiga oid falsafiy
psixologik, pedagogik hamda metodik adabiyotlar ta’lim mazmunini yorituvchi 
me’yoriy hujjatlar mazmunini o’rganish va tahlil qilish; nazariy-mantiqiy tahlil, 
ilg’or pedagogik tajribalarni o’rganish, ta’lim jarayonini kuzatish, suhbat, so’rov-
anketa, qiyosiy tahlil, pedagogik tajriba-sinov ishlarini tashkil etish, olingan 
natijalarni tahlil qilish kabi usullardan foydalanildi. 
Tadqiqot obyekti qilib Pop tumanidagi 38-umumta’lim maktabining
1-sinflarida savod o’rgatish davrida tanlab olindi. 
Quyidagicha tadqiqod usullaridan foydalanildi: 
1. Mavzuga oid darslarni kuzatish; 
2. O’qituvchilar orasida anketa so’rov ishlari; 
3. Tajriba-sinov o’tkazish va ularni tahlil qilish
Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati. 
Boshlang’ich sinf savod o’rgatish davrida ta’limiy diktantlardan foydalanish
usullari nazariy jihatdan asoslangan.


13 
Ushbu bitiruv malakaviy ishda yoritilgan nazariy va amaliy fikrlardan o’rta 
maktab boshlang’ich sinf o’qituvchilari, oliy o’quv yurtlari pedagogika fakulteti 
talabalari o’quv jarayonini tashkil etishda foydalanishlari mumkin.

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə