Namangan davlat universiteti pedagogika va jismoniy madaniyat fakultet


№  Bitiruv malakaviy ishning bosqichlari  Bajarish muddati Bajarilganlik belgisi



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/38
tarix23.12.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#154570
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Namangan davlat universiteti

 
№ 
Bitiruv malakaviy ishning bosqichlari 
Bajarish muddati
Bajarilganlik belgisi 
 
Bitiruv malakaviy ishi rahbari:
__________________________ ______________ 
(F.I.Sh.)
(imzo) 
Kafedra mudiri:
__________________________ ______________ 
(F.I.Sh.)
(imzo) 



MAVZU: SAVOD O’RGATISH DAVRIDA TA’LIMIY 
DIKTANTLARDAN FOYDALANISH 
KIRISH 
I BOB. SAVOD O’RGATISH DAVRIDA O`QUVCHILARNI 
DIKTANT YOZISHGA O`RGATISH MASALALARI 
1.1. Savod o’rgatish davrining o’ziga xos xususiyatlari, maqsad va vazifalari.

1.2. Savod o'rgatish davrida o'quvchilarni o'qish va yozishga o'rgatish masalalari. 


1.3. Diktant turlari haqida ma’lumot. 
 
II BOB. SAVOD O'RGATISH DAVRIDA O'QUVCHILARNI 
DIKTANT YOZISHGA O`RGATISHDA PEDAGOGIK 
TEXNOLOGIYADAN FOYDALANISH 
2.1. Savod o’rgatish davrida zamonaviy usullardan foydalanishning ahamiyati 
o’ziga xos tomonlari 
2.2. Interaktiv usullardan foydalanib diktant yozishga o`rgatish darslarini tashkil
etish. 
2.3. Savod o’rgatish davrida ta’limiy diktantlardan foydalanish usullari. 

 
TAJRIBA ISHLARI VA NATIJALARI. 
XULOSA VA TAVSIYALAR. 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI. 



KIRISH 
Mavzuning dolzarbligi.
Mamlakatimiz musta
q
illikka erishgandan so’ng 
barcha sohalarda islohotlar amalga oshirildi. Xususan, ta’lim sohasi ham davlat 
siyosatining ustuvor ahamiyatga yo’nalishlaridan biriga aylandi. “Ta’lim 
to’g’risidagi Qonun” hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning mazmun-
mohiyati hayotga jadal tadbiq etildi. Respublikadagi uzluksiz ta’lim tizimining 
shakli bilan mazmuni takomillashib bordi. O’quvchini mustaqil fikrlashga, 
ijodkorlikka undovchi, faolligini oshirishga xizmat qiluvchi yangi pedagogik 
texnologiyalar ta’lim jarayonidan o’rin oldi. O’quv mashg’ulotlarini qiziqarli, 
o’qituvchi va o’quvchi hamkorligiga tayanuvchi o’zaro faol munosabatlar asosida 
tashkil etishda yangi pedagogik texnologiyadan foydalanish ta’limiy va tarbiyaviy 
zaruratga aylandi. Qisqa vaqt oralig’ida ta’lim va tarbiyaning yetakchi maqsad 
hamda vazifalarini amalga oshirish, yuqori samaradorlikka erishishni kafolatlovchi 
pedagogik texnologiyani boshlang’ich ta’lim jarayoniga tadbiq etish vositasida 
o’quvchilar mustaqil fikrlash qobiliyatini, nutqini, kitob o’qish malakasini o’stirish 
masalasi muhim ahamiyat kasb etadi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining o’z 
nuqtai nazariga, qarashlariga ega insoniy fazilatlar sohibi sifatida shakllanishi esa 
ularning xatti-harakatlari, o’z burchiga munosabati, atrofdagilar bilan muloqoti 
orqali yaqqol namoyon bo’ladi. Shu bois, o’quvchilarning yozma va og’zaki 
nutqini o’stirish, muloqot madaniyatini egallab borishlarida ta’lim hamda tarbiya 
imkoniyatlaridan foydalanish ham dolzarb ahamiyatga ega. Mazkur malakaviy 
ishida savod o’rgatish davrida ta’limiy diktantlardan foydalanish orqali dars 
samaradorligini o’stirish omillari, samarali metod va usullarni qo’llash 
texnologiyasi asosidagi darslarni loyihalashtirish metodikasi yoritilganligi uning 
dolzarbligini belgilaydi. 
Bolaning jismoniy va psixologik rivojlanishidagi eng asosiy davr — bu 
boshlang’ich sinf davridir. Hammamiz bilamizki, sobiq tuzum sharoitida bu 
masalaga, afsuski, yetarlicha ahamiyat berilmas edi. Quyi sinflarda dars berish



asosan, o’rta maxsus ma’lumotga ega bo’lgan muallimlarga topshirib qo’yilgan 
edi. 
Boshlang’ich ta’limning yosh avlod hayotidagi roli va ahamiyatini hisobga 
olgan holda, bunday nomaqbul holatga butunlay barham berildi va bu vazifani 
bugungi kunda oliy ma’lumotli, yuksak professional mahoratga ega bo’lgan 
pedagog kadrlar bajarmokda. 
Qabul qilinadigan dasturda boshlang’ich ta’limning sifatini oshirish, ta’lim 
standartlari, o’quv dasturlari, Darslik va qo’llanmalarni takomillashtirish, ilg’or 
pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyala-rini keng joriy etish 
masalalari o’z ifodasini topishi kerak. 
Ayni paytda, "Sog’lom bola yili"-ning maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan 
holda, farzandlarimizda, ayniqsa, qiz bolalar o’rtasida jismoniy tarbiya va sportga 
mehr uyg’otish, sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish bo’yicha aniq tadbirlarni 
belgilab, amalga oshirishimiz lozim. 
To’rtinchidan, hammamizga ayonki, farzandlarimizni, yangi avlodni sog’lom 
va barkamol qilib voyaga yetkazish, bu maqsadga erishish, hech shubhasiz, 
davlatimiz, jamiyatimizning e’tibor markazida turishi, olib borayotgan 
siyosatimizning ustuvor yo’nalishi bo’lib qolishi shart. 
Shu maqsadda bu masalaga daxldor va mutasaddi bo’lgan qaysi soha, qaysi 
jarayonni olmaylik, ularning barchasini rivojlantirish, yangi, zamonaviy bosqichga 
ko’tarishda davlatning roli katta ekani hech kimga sir emas. 
Shuni hisobga olgan holda, "Sog’lom bola yili" dasturi tarkibida, avvalo, 
yillik rejalarni belgilab olib, turli soha va tarmoqlar, ayniqsa, ijtimoiy sohalarga 
taalluqli masalalarni yechish uchun ajratiladigan mablag’ bo’ladimi, bugungi 
kunda zamonning o’zi talab qilayotgan sharoitlarni tug’dirib berish bo’ladimi — 
bularning barchasiga e’tiborni yanada kuchaytirishimiz zarurligi o’z-o’zidan 
ravshan, albatta. 



Shu bilan birga, bu masala bo’yicha jahon miqyosidagi ilg’or, taraqqiy topgan 
davlatlarning tajribasini o’rganish va yurtimizda joriy etish alohida ahamiyat kasb 
etadi
1

Bugungi kunda respublikamiz korxonalarida mehnat qilayotgan ayollar va 
o’smirlar mehnatini muhofaza qilishga katta ahamiyat berilmoqda. Xususan, ularni 
og’ir va sog’liq uchun zararli ishlardan ozod qilish, qisqartirilgan ish kuni huquqi 
qonun bilan belgilab qo’yilishi, homiladorlik ta’tili, bola tarbiyasiga beriladigan 
ta’tilning uch yilgacha uzaytirilishi va boshqa imtiyozlar bunga misol bo’la oladi. 
Inson mehnati va bu mehnat jarayonida uning xavfsizligini ta’minlash har bir 
jamiyatning ustuvor yo’nalishlaridan biri bo’lmog’i lozim. Birlashgan Millatlar 
Tashkiloti 
tomonidan 
qabul 
qilingan 
“Inson huquqlari Umumjahon 
deklaratsiyasi”da hayot, erkinlik, mehnat va shaxsiy daxlsizlik masalalariga 
alohida e’tibor qaratilgan.
1
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov «Yuksak ma'naviyat –
yengilmas kuch» kitobida ta'kidlaganidek: «O'zlikni anglash, milliy ong va
tafakkurning ifodasi, avlodlar o'rtasidagi ruhiy-ma'naviy bog'liqlik til orqali 
nomoyon bo’ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona 
tilining betakror mo’jizasi bilan singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir.
2
Respublikamiz ijtimoiy va madaniy hayotida, xalq xo'jaligining barcha sohalarida 
davlat tilida aniq va pishiq ish olib borish. Fikrni og'zaki va yozma shaklda to'g'ri, 
ravshan, izchil ifodalay bilish, milliy-ma'naviy qadriyatlarni puxta egallash singari 
talablar barkamol mutaxassislar tayyorlashning muhim shartidir
2

Prezidentimiz 2009 yilning asosiy yakunlari va 2010 yilda O'zbekistonni 
ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirishning 
eng 
muhim 
ustuvor 
yo'nalishlariga 
bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasida qator takliflarni 
bildirib o`tdi. Bugungi kunda jamiyatda barcha sohalarni modernizatsiya qilish
investitsiyalarni jalb qilgan holda yutuqlar samaradorligini ta`minlashga katta 
1
Karimov I.A. Amalga oshirayotgan islohotlarimizni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati qurish-yorug` 
kelajagimizning asosiy omilidir // Xalq so`zi, 2013-yil, 7-dekabr. 
1
Qudratov O., G’aniyev T. Hayotiy faoliyat xavfsizligi. –T.:Aloqachi,2004.-3-b. 
2
Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat еngilmas kuch.-T.: Ma'naviyat, 2008yil. 


10 
e`tibor berilmoqda. Bu borada Prezident haqli ravishda shunday degan edi: 
"Barchamiz oddiy bir haqiqatni yaxshi anglab olishimiz darkor - investitsiyalarsiz 
modernizatsiya ham, yangilanish ham bo'lmaydi". Shuningdek yurtboshimiz 
ma`naviy yetuk barkamol avlod ta`lim va tarbiyasi ustivor vazifa ekanligiga ham 
alohida e`tibor qaratdi: "...Yurtimizda 2010 yilni "Barkamol avlod yili" deb e'lon 
qilganimizdan yaxshi xabardorsiz. Biz farzandlarimizning nafaqat jismoniy va 
ma'naviy sog'lom o'sishi, balki ularning eng zamonaviy intellektual bilimlarga ega 
bo'lgan, uyg'un rivojlangan insonlar bo'lib, XXI asr talablariga to'liq javob 
beradigan barkamol avlod bo'lib voyaga yetishi uchun zarur barcha imkoniyat va 
sharoitlarni yaratishni o'z oldimizga maqsad qilib qo'yganmiz. Shu kunlarda 
hukumatimiz tomonidan ushbu masala yuzasidan qabul qilingan Davlat dasturi ana 
shu ezgu maqsadga erishish yo'lida, jami davlat va nodavlat manbalarini hisobga 
olgan holda, mavjud barcha resurs va imkoniyatlarimizni safarbar etishni ko'zda 
tutadi. Dasturda belgilangan kompleks chora-tadbirlarni bajarish uchun 2010 yilda 
barcha moliyalash manbalari hisobidan 8 trillion so'm atrofidagi mablag', 
jumladan, 1,8 trillion so'm davlat mablag'lari, tijorat banklarining 3,3 trillion 
so'mlik kreditlari va mas'ul ijrochilarning 2,7 trillion so'mdan ortiq mablag'larini 
yo'naltirish mo'ljallangan".
3
Yurtimizda ta’lim sohasiga bu qadar yuksak e’tibor berilayotgan bir davrda 
biz yoshlar ham o’z hissamizni qo’shishimiz lozim. 
Respublikamizda ta'lim tizimi, o'quv-tarbiya ishlarini takomillashtirish 
bo'yicha bir necha qonun va qarorlar qabul qilindi. «Ta'lim to'g'risida» gi Qonun
yaratgan imkoniyatlar tufayli o'qish-o'qitish tizimida qator yangi fikrlar kirib 
keldi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» zamon talablariga mos bilimdon, 
ijodkor, mustaqil fikrlay oladigan barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish
ishini yaxshilash, yuksak ma'rifatli va ulkan salohiyatli kadrlarni o'qitib-tarbiyalab 
yetkazishni, bu ishlarni izchillik bilan amalga oshirishni nazarda tutadi. 
2
Asosiy vazifamiz – vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə