Namangan davlat universiteti pedagogika va jismoniy madaniyat fakultet


  1.2. Savod o'rgatish davrida o'quvchilarni o'qish va yozishga o'rgatish



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/38
tarix23.12.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#154570
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   38
Namangan davlat universiteti

 


22 
1.2. Savod o'rgatish davrida o'quvchilarni o'qish va yozishga o'rgatish 
masalalari 
Ma'lumki, savod o'rgatish, o'qish darslarining asosiy vazifasi o'quvchilarga 
tovush va harfni tanishtirish, ularning to'g'ri talaffuzini o'rgatish orqali bolalarda 
to'g'ri, ongli, ifodali o'qish ko'nikmalarini shakllantirishdan iborat. Shuningdek, 
o'quvchilar lug'atini boyitish, bog'lanishli nutqini o'stirish, bilimini boyitish, 
mavxum tafakko'rini shakllantirish, eshitish, qabul qilish sezgisini o'stirishda ham 
bu davr mas'uliyatliligi bilan alohida o'rin tutadi. 
Tayyorgarlik davri o'qishda o'rgatish uchun zamin hozirlaydi. Bu davrda 
bolalarda o'zgalar nutqning eshitish, diqqatni to'plash, til birikmalarini (tovush, 
bo'g'in, so'z, gap) farqlash, ajratish, ularning vazifalarini anglash kabi xususiyatlar 
shakllanadi. Bular o'quvchilarning o'qishni muvoffaqiyatli egallashlariga yordam 
beradi. 
O'qishga o'rgatish uchun avvalo o'quvchi tovush va harf bilan yaxshi 
tanishtirilishi lozim. Tovush va harf bilan tanishtirishda bo'g'indan tovushni 
ajratish tamoyiliga rioya qilinadi. Harf bilan tanishtirish bir necha xil yo'nalishda 
amalga oshirilishi mumkin:
1
1.Mazmunli rasm yuzasidan savol-javob usuli bilan bog'lanishli hikoya 
tuzdiriladi. Undan kerakli gap, so'ng kerakli so'z ajratib olinadi, so'ngra so'z ustida 
yuqoridagi kabi tahlil ishlari uyushtiridadi. 
2. So'z asos qilib olinadi. Analitik mashqlar yordamida o'rganiladigan tovush 
ajratibolinadi: ot. O'qituvchi ot rasmini ko'rsatadi, o'quvchilar uning nomini - so'zni 
aytadilar. O'qituvchi o tovushini cho'zib (o-o-o-ot) aytadi va qaysitovushni cho'zib 
aytayotganini o'quvchilardan so'raydi. O'quvchilar o tovushini aytgach, uning 
xususiyatlari haqida savol-javob o'tkaziladi. O tovushli so'zlar o'ylab toptiriladi. 
Shundan so'ng o harfi kesma harfdan yoki rasmli alifbodan ko'rsatiladi. Bunda o 
harfining shaklini esda olib qolishlariga alohida e'tibor beriladi. 
1
Qosimova K., Matchonov S. Ona tili o’qitish metodikasi. T., “Noshir” nashriyoti. 2009 y. 24-bet. 


23 
3.O'rganilgan harflar ichiga bugun o'rganiladigan harf aralashtirib qo'yiladi, 
bolalar uning ichidan notanish harfni ajratadilar, so'ng o'qituvchi bu harf 
ifodalaydigan tovushni aytadilar. O'quvchilar tovushning xususiyatlarini aytadilar. 
Shu harfni kesma harflar ichidan topib, kitob sahifasidan, rasmli alifbodan 
ko'rsatadilar. 
Shu tariqa tovush-harf bilan tanishtirilgach, o'qishga o'rgatish ustida ishlanadi. 
O'qishga o'rgatishda bo'g'in asos qilib olinadi. Buning uchun o'qituvchida 
bo'g'in jadvali bo'lishi lozim. Bo'g'in jadvali asosida o'qish namunasi ko'rsatiladi, 
ya'ni harflab emas, ichida, birinchi harfni ko'z bilan ko'rib, uning nomini dilda 
saqlab, ikkinchi harfni ko'rish va ikkalasini bog'lab, unlini mo'ljallab ulab aytish 
tushuntiriladi. Bo'g'in o'qish o'qituvchining namunasi asosida doimiy ravishda har 
bir darsda izchil olib boriladi. Bunda quyidagi kabi jadvaldan foydalanish mumkin. 
Bunda «Alifbe» sahifalaridagi so'zlarni oldin bo'g'inga bo'lish, so'ng o'qishni 
mashq qilish yaxshi samara beradi. O'qituvchining namunali o'qishidan so'ng xor 
bilan o'qish, yakka-yakka o'qishdan, shivirlab o'qishdan foydalaniladi. Ayniqsa, 
sekin o'qiydigan o'quvchilar bo'lgan sinflarda xor bilan o'qitish o'qishni 
tezlashtirishga yordam beradi. Sinf o'quvchilarining o'qish ko'nikmalaridan kelib 
chiqib, matndagi so'zlarni harf xattaxtasiga bo'g'inlarga bo'lib yozish, o'rganilgan 
harflarni hisobga olgan xolda qo'shimcha so'z birikmalari, gaplar tuzib yozish va 
o'qitish usulidan ham foydalaniladi. 
Ma'lumki, «Alifbe» sahifalarida bo'g'in tuzilishi murakkablashib boradi. 
Shuning uchun o'qituvchi har bir bo'g'in tuzilishining murakkabligiga qarab ish 
usullarni belgilab olishi zarur. Masalan, uch tovushdan tuzilgan, to'rt tovushdan 
tuzilgan bo'g'inlarni o'qishga o'rgatish ham o'ziga xos qiyinchiliklarni keltirib 
chiqaradi. Bunda o-lam, Man-non, tipidagi bo'g'inlarda — o-la:m, Ma: n- no: n 
tarzidagi qo'shimcha chiziqdan, bodring, do'st tipidagi bo'g'inda ring, do'st 
tarzidagi qo'shimcha chiziqlardan foydalaniladi. So'zlarni o'qishga o'rgatishda bilib 
o'qitishdan tashqari jadvallar ham yaxshi samara beradi. 


24 
Umuman olganda, har bir o'qish darsida albatta bo'g'in tuzilishi murakkab 
so'zlarni o'qish mashqi o'tkazilishi lozim. Bu usul o'quvchilarda o'qish 
malakasining takomillashuviga yordam beradi. 
O'qishga o'rgatishda so'zlarni va gaplarni to'ldirib o'qish ko'nikmalarini hosil 
qilish o'quvchini gap tuzishga, tez fikrlashga yo'naltiriladi. O'quvchi tushirib 
qoldirilgan harf va so'zni rasmga qarab topadi, uning gap mazmuniga mos yoki 
mos emasligiga e'tibor beradi, o'rtoqlariga nisbatan tez topib, o'qituvchining 
raxmatiga sazovor bo'lishga intiladi. 
«Alifbe» darsligidagi matnlarda turli tinish belgilari ishlatilgan. Ular shularga 
mos ohang tanlashni, to'xtash, pauza qilish o'rinlarini belgilab olishni taqozo etadi. 
Bunda ham o'qituvchining tushuntirishi (birinchi uchragan tinish belgini izohlashi)
va ifodali o'qish namunasini ko'rsatishi katta ahamiyat kasb etadi. Ifodali 
o'qilgan matngina tushunarli tuziladi. 
Har bir predmetda bo'lgani kabi o'qish darslarida ham ta'lim-tarbiya birligiga 
e'tibor beriladi. O'qish darslarida tarbiya o'qilgan matnning ongli o'zlashtirilishiga 
bog'liq. O'quvchi matnda fikr nima haqida borayotganini anglasagina, o'zida 
shunday xislatlarni shakllantirishga harakat qiladi. Ikkinchidan esa yaxshi inson 
bo'lish uchun o'qishning zarurligini anglaydi. Shuning uchun ongli o'qishni 
ta'minlashda matn bilan unga ishlangan mazmunli rasmlar o'rtasidagi 
bog'lanishlarni aniqlashtirishga, matn yuzasidan savollar berishga diqqat qaratish 
lozim. Masalan, rasmni kuzating, matnda nima haqida gap boradi? Rasmda nima 
tasvirlangan? Ular orasida bog'lanish bormi? 
Matn mazmunini rasmga qarab so'zlab bering. 
Yoki: Bolalar qayerga bordilar? Qizning ismi nima? Bolaning ismi-chi? Ali, 
Lola nima qildi? Ular qanday lolalar terdilar? 
Demak, o'qish o'qiganlarni o'zlashtirishga yo'naltirilgan bo'lishi lozim, 
shundagina matndagi asosiy fikr, ilgari surilayotgan g'oya o'qituvchilar tomonidan 
o'zlashtiriladi. So'ng so'z va matnlar yod olingan taqdirda ham o'quvchiniki bo'lib 
qoladi, 


25 
O'qishning ongliligini va ta'sirchanligini ta'minlash uchun matn mazmunini 
o'quvchilarning ko'rgan kechirganlarini, taassurotlari bilan bog'lash lozim. Shunda 
o'quvchida o'qishga, o'rganishga qiziqish ortadi.
Ongli o'zlashtirishni amalga oshirishda lug'at ustida ishlash ham muhim 
ahamiyat kasb etadi. Masalan, 51 -sahifada uvol, rizq-ro'z so'zlari bor. Ularning 
ma'nosi ustida to'xtalish, birinchidan, fikrni oydinlashtirsa, ikkinchi tomondan 
tarbiyalashga ham xizmat qiladi. 
She'r, tez aytish, topishmoq, qo'shiq, maqol, hikmatli so'zlardan o'qitish, yod 
oldirish ham o'quvchilarni o'qishga qiziqishini oshiradi, o'qish malakasini 
shakllantiradi, xotirasini mustahkamlaydi. O'qish darslarining uchdan ikki qismi 
o'qishni mashq qilishga ajratilishi lozim. 
Demak, o'quvchilarni o'qishga o'rgatish, ularning o'qish sur'atini oshirish, 
ifodali va ongli o'qish elementlarini shakllantirish, tarbiyalash o'qish darslarining 
muhim vazifalari hisoblanadi. 
Ona tilidan olib boriladigan ishlarning hammasi, shu jumladan savod o'rgatish 
ham, o'quvchilar nutqi va tafakkurini o'stirish bilan bog'liq xolda uyushtiriladi.
Savod o'rgatish davridagi ishlarning miqyosi keng bo'lib, ekskursiyalar, 
bolalarning kuzatishlari, predmet darslar, rasm yuzasidan suhbat va boshqalar 
bilan bog'lanadi. Bu davrda o'quvchilar nutqini o'stirishning vazifalari: 
1) bolalar nutqidagi kamchiliklarni to'g'irlash; 
2) ularning tasavvur va tushuncha doirasini kengaytirish bilan bog'liq xolda 
lug'atini boyitish; 
3) o'quvchilar nutqidagi ayrim so'zlarning ma'nosiga aniqlik kiritish; 
4) gap va uch-to'rt gapli kichik «hikoyacha» (bog'lanishli nutq)ni og'zaki turli 
tuzish ko'nikmasini o'stirishdan iborat. 
Bolalar bu davrda, birinchidan, kiyim-kechak, ish qurollari, mevalar kabi 
predmetlar bilan tanishish yordamida so'zni ongli ishlatishga; ikkinchidan, turli 
tipdagi sodda yirik gap (Bolalar yuguryaptilar), sodda yoyiq gap (Lola magazinga 


26 
bordi), uyushiq bo'lakli gap (Anvar oyisiga yordamlashadi, ukasiga qaraydi), 
tuzadilar. Ular bu ko'nikmalarni amaliy -mashqlar yordamida egallaydilar. 
Bolalarning shaxsiy tajribalari, kishilar hayoti va tabiati, kuzatishlari nutq 
o'stirish uchun asosiy manba hisoblanadi. Predmetlar, uy-ro'zg'or asboblari, 
o'simliklar, hayvonlar qiziqarli suhbat uchun mavzu bo'lib xizmat qiladi. Suhbat 
jarayonida bolalarda hosil qilingan tasavvur asosida aniq tushunchalar shakllanadi. 
Birinchi sinf o'quvchilari nutqni o'stirishda bolalarning o'yin va ertaklari, rasm 
ko’rish va Bu nima? Bukim? Bu qanday predmet? Kim nima qilyapti? kabi 
savollar asosida suhbatdan ham foydalaniladi. 
Savod o'rgatish davrida nutq o'stirishga oid ish turlariga atrofdagi jonli 
predmetlarning nomini, ularning belgilarini aytish, predmetlarni ma'lum belgilari 
asosida guruhlash kabi mashqlar kiradi. Masalan, o'qituvchining topshirig'iga 
muvofiq ma'lum bir temada (kuz, mevali bog', oila, sinf, maktab haqida) ikki 
so'zdan iborat gap tuzadilar; keyinroq esa shunday yirik gaplar tuzib, uni savollar 
yordamida yoyiq gapga aylantiradilar. O'rgangan harflaridan so'zlar va kichik 
gaplar tuzib yozadilar. O'qish darslarida rasmga qarab kichik hikoyacha tuzadilar, 
o'qituvchi savoliga to'liq javob berishga o'rganadilar. Alifbedagi rangli chiroyli 
rasmlar tevarak-atrofdagi predmet va xodisalar, hayvonlar va o'simliklarning 
nomini idrok etishga, bilib olishga yordam beradi. 
Savod o'rgatish davrida grammatik-orfografik bilimlarni amaliy o'zlashtirish.
 
Savod o'rgatish davridayoq bolalar grammatika va imlodan ayrim materiallarni 
amaliy asosda o'zlashtira boradilar, ya'ni ularga mavzu tushuntirilmaydi, nazariy 
ma'lumot berilmaydi. 
Bolalar og'zaki va yozma nutqni o'zlashtirish va yozma mashqlarni bajarish 
bilan o'quv yilining ikkinchi yarmida yoki keyingi sinflarda o'rganiladigan 
mavzularni o'zlashtirishga tayyorlaydilar. 
Savod o'rgatishning birinchi oylaridayoq bolalar Ali, Omon, Olam, Naima 
kabi juda ko'p ismlarni o'qiydilar va kishilarning ismlari bosh harf bilan yozilishini 
amaliy o'zlashtira boradilar. 


27 
Bu bilan ular o'quv yilining ikkinchi yarmida o'rganiladigan kishilarning ismi 
bosh harflar bilan yozilishiga doir imlo qoidasini o'zlashtirishga tayyorlanadilar. 
Til-dil, olti-oldi kabi so'zlarni o'qishni mashq qilish jarangli va jarangsiz 
undoshlarni o'zlashtirishga, son-sana, gul—gulchi-guldon—gulzor, bog'-bog'bon-
bog'cha kabi so'zlarni o'qishni mashq qilish esa bolalarni «O'zakdosh so'zlar» 
mavzusini o'zlashtirishga tayyorlaydi. 
Propedevtik mashqlar sistemasi boshlang'ich sinflar grammatika va imlo 
dasturining bosqichli izchillik tamoyili asosida tuzilishiga mos keladi. Amaliy 
ishlar natijasida bolalarda ma'lum nutq tajribasi, til qoidalarini, so'zni, uning tarkibi 
va yasalishini, boshqa so'zlar bilan bog'langanda o'zgarishini kuzatish tajribasi 
to'plana boradi. Mana shu tajribalar asosida o'quvchilar nazariy umumlashmalarni 
o'zlashtiradilar, bular asosida esa grammatik tushuncha va orfografik qoidalar 
shakllanadi. 

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə