Namangan davlat universiteti pedagogika va jismoniy madaniyat fakultet



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/38
tarix23.12.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#154570
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   38
Namangan davlat universiteti

(ekin, echki, aeroplan), 
undoshdan 
keyin o'rta keng lablanmagan unli tarzida o'qiladi 
(kel, tez). 
Savod o'rgatishda 
oldin so'z boshida keladigan e, so'ngra undoshdan keyin keladigan e tovush-harfi 
bilan tanishtiriladi. 

harfi o'zbekcha, umumturkiy so'zlarda quyi keng, lablangan o 
lovushini 
ifodalaydi, 
ruscha-baynalmilal 
so'zlarda 
urg'usiz 
bo'g'inda 

tarzida 
(botanika), 
o` tovushi kabi 
(tonna), 
qisqa i tarzida 
(traktor) 
ta- 


17 
talaffuz qilinadi. Shuning uchun bu unli qatnashgan ruscha-baynalmilal 
so'zlar savod o'rgatish davridan so'ng o'quv jarayoniga kiritiladi. 
A tovushi 
bahor, savol 
kabi so'zlarda o kabi, 
muomala, munosabat 
kabi 
so'zlarda i tovishiga yaqin talaffuz qilinadi, lekin a yoziladi. 
U tovushi 
qovun, sovun 
kabi so'zlarda i tovushiga yaqin talaffuz eshitilsa 
ham u yoziladi. 
1 tovushi 
bilan, sira 
kabi so'zlarda talaffuz etilmasa ham yozuvda 
doimo saqlanadi. 
2. 
O'zbek tilida 24 ta undosh tovush bor. Yozuvda ular 23 ta harf 
bilan ifodalanadi: shulardan 3 tasi harf birikmasi, 21 tasi yakka harf 
bilan belgilanadi. Ular quyidagilar: b, d, f, g, h, j 
(jurnal), 

(jo'ja), 
k, 
i, m, n, p, q, r, s, t, v, x, y, z, g, sh, ch, ng. Undoshlarni o'rgatishda 
ham muayyan tartibga, talabga asoslaniladi. 
Alifbo davrida undosh tovushlar bilan tanishtirishni sonor, ya'ni ovozdor 
tovushlar bilan boshlash maqsadga muvofiqdir. Chunki sonor tovushlarni bo'g'in 
va so'z tarkibidan ajratib olish oson. Lekin ng sonor undoshi n va g undosh 
tovushlari va harflari bilan tanishtirilgach, o'rgatiladi. Harf birikmalarini 
o'rgatishdagi qiyinchilik hisobga olingan holda, ularning alifbe davrining oxirgi 
bosqichida o'rganilishi maqsadga muvofiqdir. 
J harfi ikki tovushni ifodalaydi, shuni hisobga olib, unga alohida darslar 
ajratiladi. Birinchi darsda portlovchi j tovushini o'rgatish, talaf-liizini tushuntirish, 
analitik-sintetik mashqlar yordamida ko'nikmalar liosil qiliinadi, keyingi darsda 
esa sirg'aluvchi j tovushi va uning talaffuzi o'rgatiladi. So'ng bu ikki tovushning 
talaffuzidagi farq taqqoslash usuli orqali tushuntiriladi. Berilgan bilim analitik-
sintetik mashqlar yordamida mustahkamlanadi. 
Sh tovushini ifodalovchi sh harf birikmasi ham s va h harfi bilan, ch 
tovushini ifodalovchi ch harf birikmasi h harfi bilan tanishtirilgach,o'rgatiladi. 
O'quvchilar bu harf birikmalarini bir yaxlit tovushli sifatida o'qish va yozishga 
ko'nikishlari lozim. Bu davrda s'h (is'hoq) tarzida o'qiladigan holatga to'xtalmaydi. 


18 
Jarangsiz jufti bor jarangli undoshlar talafluzi 
(b—p, d~t, v—f, g~k, Z~s 
kabi) haqida dastlabki amaliy tiishunchaiar hosil qilinadi, utaniing talaffuzi va 
yozilishiga e'tibor qaratiladi. 
X va h tovushlarining talaffuzi va imlosi haqida ham dastlabki tiishunchaiar 
beriladi, ularni farqlash bo'yicha maxsus mashqlar ham uyushtiriladi. 
Tutuq belgisi
 
(') unli tovushdan so'ng kelsa, uni cho'zib talaffuz qilishga, 
undosh tovushdan so'ng kelsa, undoshni unlidan ajratib talaffuz qilishga xizmat 
qilishi haqida ham tiishunchalar berilib, asta-sekin uni qo'llashga doir ko'nikmalar 
shakllantiriladi. 
Savod o'rgatish jarayonida harflarning 4 xil (bosma, yozma, bosh va kichik) 
shakli va ularning ishlatilish o'rni o'rgatiladi. 
O'quvchilarni o'qishga o'rgatish bo'g'in asosida olib boriladi. Bo'g'inlab 
o'qishga o'rgatish uchun sozni bog'inga bo'lish, bo'g'in chegarasini aniqlashni 
o'rgatish muhim sanaladi. Savod o’rgatish davrida o'quvchilar so'zlarni 
bo'g'inlarga to'g'ri ajrata olsalar. o'qish ko'nikmasini ham yaxshi egallaydilar. 
Talaffuzi yozilishiga mos kelmaydigan tovushlar ishtirok etgan so'zlar 
oldin orfografik, so'ngra oifoepik o'qib beriladi va ularning o'qilishi bilan yozilishi 
taqqoslanadi. O'quvchilar muayyan darajada tushunchaga ega bo'lganlaridan so'ng 
orfoepik o'qish mashq qilinadi. 
O'qish ham, yozish ham murakkab nutq faoliyati hisoblanadi. Bu jarayonlar 
kichik yoshdagi o'quvchidan iroda, aql, hatto jismoniy harakatni ham talab qiladi. 
Kichik yoshdagi o'quvchini o'qishga o'rgatishda quyidagilar kuzatiladi: 
1. Bola o'qish paytida bitta harfni ko'radi, uni bilish uchun rasmlarni ko'z 
oldiga keltiradi, rasmlarni yoki boshqa harflarni eslaydi, esga tushirgach, uni 
aytishga oshiqadi, biroq o'qituvchi aytishga yo'l qo'ymaydi, undan bo'g'inni 
aytishni talab qiladi. O'quvchi ikkinchi harfni eslab olguncha, birinchisi esdan 
chiqib qoladi yoki ularni qo'shib bo'g'in, bo'g'indan so'z hosil qilguncha, o'qish 
jarayoni sustlashadi. 


19 
Boshlang'ich ta'limning asosiy vazifalaridan biri o'quvchilar nutqini 
o'stirishdir. Nutq o'stirish uch yo'nalishda: so'z ustida ishlash, so'z birikmasi va gap 
ustida ishlash, bog'lanishli nutq ustida ishlash orqali amalga oshirilishi metodik 
adabiyotlarda qayd etilgan. 
Savod o'rgatish darslarida ham yuqoridagi uch yo'nalish bo'yicha ish olib 
boriladi. Ona tilidan olib boriladigan ishlarning hammasi, shu jumladan savod 
o'rgatish ham o'quvchilar nutqi va tafakkurini o'stirish bilan bog'liq holda 
uyushtiriladi. Savod o'rgatish davridagi ishlarning miqyosi keng bo'lib, 
ekskursiyalar, bolalarning kuzatishlari, predmet va sujetli rasm yuzasidan suhbat 
va shu kabiiar bilan bog'lanadi. Bu davrda o'quvchilar nutqini o'stirishning 
vazifalari quyidagilardan iborat: 
1) 
o'quvchilar nutqidagi kamchiliklarni to'g'rilash; 
2) 
ularning tasavvur va tushuncha doirasini kengaytirish bilan 
bog'liq holda lug'atini boyitish; 
3)
o`quvchilar nutqidagi ayrim so'zlarning ma'nosiga aniqlik kiritish
4)
gap va uch-to`rt gapli kichik ,,hikoya" (bog`lanishli nutq)ni og`zaki to`g`ri 
tuzish ko'nikmasini o`stirish. 
Bolalar bu davrda, birinchidan, kiyim-kechak, ish qurollari, mevalar kabi 
predmetlar bilan tanishish yordamida so'zni ongli ishlatishga; ikkinchidan, turli 
sodda yig`iq gap 

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə