Namangan davlat universiteti pedagogika va jismoniy madaniyat fakultet



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/38
tarix23.12.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#154570
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   38
Namangan davlat universiteti

O`z diktant yoki yoddan yozuv. 
O`z diktant yoki yoddan yozuv boshlang`ich sinflarning hamasida 
o`tkaziladi. Diktantning bu turini o`quvchilar juda sevib bajaradilar. O`z diktant 
uchun sinf o`quvchilarining saviyasiga mos kichik bir parcha (yoki biror to`rtlik) 
tanlanadi. Tanlangan matn yozuv taxtasiga yozib qo`yiladi. Matnni o`qituvchi 
o`qib beradi. Matndagi izoh talab etiladigan so`zlar izohlanib, imloga doir qoidalar 
takrorlanadi. Shundan so`ng matn 3-4 bolaga o`qitilgach, yod olishlari uchun bir 
necha minut vaqt beriladi. O`quvchilar matnni yod olgach, uni bekitib qo`yiladi. 
Ular yodlagan matnlarini mustaqil yozadilar. Keyin yozuv taxtasidagi matn 
ochiladi. O`quvchilar yozgan matnlarini yozuv taxtasidagi matnga taqqoslab 
tekshiradilar va xatolarini tuzatadilar. Diktant o`tkazish tartibidan bilinib turibdiki, 
matn aytib yozdirilmaydi, balki matnni o`quvchilar yodlaydilar va mustaqil 
yozadilar, shuning uchun ham u o`z diktant yoki yoddan yozuv deyiladi. 
7
Qosimova K. va boshqalar. Ona tili: 2-sinf uchun darslik. – Toshkent, 2010- 128 b. 


39 
O`z diktant imlodan berilgan ma`lumotlarni singdirish, o`quvchilarning 
og`zaki va yozma nutqlarini o`stirish, xotiralarini mustahkamlashga yordam 
beradi. «Diktantlar to`plami»da yoddan yozuv uchun matnlar berilgan. O`rganilgan 
mavzuni mustahkamlash uchun «O`qish kitobi»
8
va «Ona tili»
9
darsliklarida ham 
matnlar mavjud. Darslikdagi matndan foydalanib o`z diktant o`tkazilganda, matnni 
yozuv taxtasiga yozish shart emas. O`z diktant o`tkaziladigan matnni uyda yodlab 
kelishga topshirish ham mumkin. O`z diktantda o`qituvchi quyidagi kabi 
qo`shimcha topshiriqlarni berishi ham mukin: matndagi otlarning tagiga to`g`ri 
chiziq chizish, ayrim bir yoki ikki so`zni bo`g`in ko`chirish qoidasiga ko`ra 
bo`laklarga ajratib yozish, matndagi fe`llarni aniqlab, tagiga chizish va hokazo. 
O`z diktant o`quvchilarda matn ustida ishlash malakasining shakllanishiga ham 
yordam beradi. 

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə