Namangan davlat universiteti pedagogika va jismoniy madaniyat fakultet



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/38
tarix23.12.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#154570
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   38
Namangan davlat universiteti


tovushlari bor. Oxirgi 

tovushi p tovushi tarzida talaffuz qilinadi. 
Unda 

yoki p tovushini ifodalovchi harming yozilishini tekshirib aniq-laymiz. 
1
Qosimova K., Matchonov S. Ona tili o’qitish metodikasi. T. “Noshir” nashriyoti. 2009 y. 56-bet. 


33 
Buning uchun so'z oxiriga 

tovushini qo'shamiz va aytamiz: 
kitobi. 

tovushi 
yozilar ekan" kabi izohlanadi. 
Bu diktantda o'quvchilar qoidalarga oid so'zlarning tagiga chizadilar. 
Saylanma diktantda o'quvchilar diktovka qilingan gaplar yoki matnning 
hammasini yozmaydilar. Uning o'qituvchining topshirig'iga mos qisminigina 
(o'rganilgan qoida asosida yoziladigan so'zlarni, so'z birikmalarini) yozadilar. 
Masalan, bosh harf bilan yoziladigan so'zlarnigina yozish (1 -sinf), qaratqich 
kelishigidagi so'zni u bog'langan ot bilan yoki tushum kelishigidagi so'zni u 
bog'langan fe'l bilan birga yozish (4-sinf) kabi. Saylanma diktant o'quvchilarda 
imloviy ziyrak-likni o'stiradi. 
Erkin diktantda o'qiwchilarga mazmunni buzmay, gap tuzilishini 
o'zgartirish, bir so'zni unga yaqin ma'noli so'z bilan almashtirish erkinligi beriladi. 
Diktant uchun 3—5 qismli matn tanlanadi. O'qituvchi awal matnni bir marta 
ifodali o'qib beradi, so'ngra matn mazmuni yuzasidan suhbat o'tkazadi. Ayrini 
qoidalarni eslatadi. Keyin matnning bir qismi qayta o'qib beriladi, o'quvchilar 
uning mazmunini yozadilar. 
Erkin diktant imlo qoidalarini mustahkamlashga xizmat qilishi bilan birga, 
o'quvchilar nutqini o'stiradi, fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi. 
Rasm diktant predmet rasmini yoki o'zini ko'rsatib o'tkaziladi: predmet 
rasmi ko'rsatiladi, o'quvchilar uning nomini aytadilarvayozib vergul qo'yadilar, ish 
shunday davom etadi (Birinchi so'z bosh harf bilan, qolganlari qoidaga ko'ra 
yozilishi eslatiladi). Rasm diktantda o'rganilgan qoidani, ayniqsa, o'quv yili 
davomida o'rganiladigan imlosi qiyin so'zlarni to'g'ri yozishni puxtalash
shuningdek, ularni o'quvchilar qanday o'zlashtirganliklarini sinash maqsadi ko'zda 
tutiladi. 
O'qituvchi mazkur maqsaddan kelib chiqib, imloviy malakani shakllantirish 
ustida ishlash bosqichini hisobga olgan holda, diktantning barcha turlaridan 
izchillik bilan foydalanadi. 


34 
Bayon o'quvchilarning lug'atini boyitish, bog'lanishli nutqini o'stirishga 
qaratilgan orfografik mashq turlaridan biri hisoblanadi. Bayon orfografik 
mavzularni o'rganishning yakunlovchi bosqichida, o'quvchilar qoidalarni bilib olib, 
uni tatbiq qilishga o'rganganlaridan so'ng o'tkaziladi. Bayon yozganda o'rganilgan 
imlo qoidalarini to'g'ri tatbiq etish ularning ongli o'zlashtirilganligini ko'rsatadi
II. Tekshirish diktanti. Diktantning bu turi o`rganilganlarni o`quvchilar 
qanchalik o`zlashtirganini sinash, tekshirish maqsadida o`tkaziladi. 
Shu o`rinda biz bu aytib o`tgan diktant o`tkazish usullari xususida 
to`xtalishni joiz deb bildik. 

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə