Namangan davlat universiteti pedagogika va jismoniy madaniyat fakultet


Savod o'rgatish jarayonida yozuvga o'rgatish



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/38
tarix23.12.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#154570
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   38
Namangan davlat universiteti

Savod o'rgatish jarayonida yozuvga o'rgatish.
1
 
Savod o'rgatish jarayonida 
o'quvchilar o'qishga o'rganish bilan parallel ravishda yozuvdan ham elementar 
malaka hosil qiladilar. Dasturga muvofiq o'quvchilar yozuvdan quyidagi 
malakalarni egallashlari lozim: 
1. Partada to’g’ri o'tirish, daftarni to’g’ri qo'yish, chiziqlarni chamalash, 
yozayotganda ruchkadan to'g'ri foydalanish, xoshiyaga rioya qilish. 
2. Ish daftari yoki alifbe asosida o'zbek alifbosidagi barcha katta va kichik 
harflarni yozish, shuningdek, harflarni so'zda bir-biriga bog'lab yoza olish: bosma 
matnni yozma matnga aylantirib yozish. 
3. Tahlil qilingan so'z va ikki-uch so'zli gaplarni o'qituvchi yordamida yozish. 
4. Talaffuzi bilan yozilishida farq qilmaydigan so'zlarni ko'chirib yozish va 
diktovka bilan yozish: yozganlarini matnga qarab, shuningdek, izoxlab o'qish bilan 
tekshirish. 
5. Og'zaki tuzilgan hikoyadan olingan gapni yozish. 
1
Qosimova K., Matchonov S. Ona tili o’qitish metodikasi. T. “Noshir” nashriyoti. 2009 y. 56-bet. 


28 
Analitik-sintetik tovush metodi tamoyiliga muvofiq, o'qish va yozuv birligi 
saqlanadi. 
Harflarni yozishda o'qishga o'rgatishdagi tarkib asos qilib olinadi, ya'ni o'qish 
darsida o'quvchilar harfni o'zlashtiradilar, matnni o'qiydilar, yozuv darsida esa shu 
harfli so'zni yozadilar. 
Yozuvga o'rgatish, birinchi navbatda, grafik malaka hosil qilishdir. Har bir 
malaka ham ta'lim berish, ko'nikmani shakllantirish va shu asosda qator mashqlarni 
bajarish natijasida hosil qilinadi. 
Grafik malaka, birinchidan, qo'l-harakat malakasidir, bu harakat birinchi 
qarashda muskul kuchiga asoslanadi. Ikkinchidan, yozuv jarayonida nutqning 
o'zlashtirilgan birligi bo'lgan tovush grafik belgilarga, ya'ni harfga tarjima qilinadi. 
Bu yozuvga ongli faoliyat tusini beradi. Yozuvning ongliligi, birinchidan, tovush 
va harfning to'g'ri nisbatini, ikkinchidan, bir qancha grafik va orfografik qoidalarga 
rioya qilishni, uchinchidan, o'z fikrini, taassurotini ifodalashda yozuv 
malakalaridan foydalanishni talab qiladi. 
Yozishdan birdan-bir maqsad fikrni ifodalashda yozuvlaridan foydalanish 
hisoblanadi. Bu maqsadni bolalar tez anglab yetsalar, ularda yozma nutq malakasi 
shunchalik muvoffaqiyatli va to'g'ri shakllanadi. Savod o'rgatish jarayonida bolalar 
juda sekin yozadilar, uz fikrini, xatto bir yozuv bilan yozma ifodalash uchun ham 
yarim oylar o'tadi. Yozuv malakasi o'qish malakasi bilan uzviy bog'liqdir. Bola 
yomon o'qisa, yozuvni egallashi qiyin bo'ladi, chunki bo'g'inlab o'qish malakasidan 
so'ng, bo'g'inlab yozish malakasi shakllanadi. 
Yozish va o'qish uchun bolaning umumiy nutqiy rivojlanishi katta ahamiyatga 
ega. Keyinroq bolalarda uz fikrini yozma ifodalash malakasi bir oz 
barqarorlashganda, bu malaka nutqga, fikrni ifodalash jarayoniga ham ijobiy ta'sir 
qiladi. 
Grafik malakani shakllantirishda quyidagi bosqichlar: 


29 
1. Turli shakllar andozasi ustidan chizish. Erkin rasmlar chizish. Yozuv 
qurollarini to'g'ri tutish, turli qiya elementlar chizish, uzunlikni, oraliq masofani 
chamalash va hokazo. 
2. Harf elementlarini yozish, baravar masofada qisqa va uzun elementlar, osti 
va usti ilmoqli elementlar chizish. 
3. Bosh va kichik harflarni alohida yozish, harf birikmalarini, bo'g'inni yozish, 
harflarni to'g'ri tushib yozish malakasini hosil qilish uchun so'z yozish. Grafik 
malakani hosil qilishdan asosiy maqsad, harflarni bosmasdan bir tekisda, 
elementlarga ajratmay bog'lab tez, bir maromda yozish, so'zlarni qatorga to'g'ri 
joylashtirishdir. Shuni ta'kidlash kerakki, savod o'rgatish davrida bola harflarni 
yozishdan oldin uni qanday shakllantirishni ko'z oldiga keltirib, fikrlab oladi, 
ba'zan harf shaklini havoda «chizadi», harf namunasini ko'chiradi, tarkibini tahlil 
qiladi, uni qanday yozishni o'zicha sekin gapiradi: o'qituvchi o'quvchi yoniga 
o'tirib, ruchkani to'g'ri ushlatadi va uning qo'li bilan harfni yozishni ko'rsatadi yoki 
o'zi yozib tushuntiradi. Bundan tashqari, bola yozuvning texnik tomoniga katta 
jismoniy kuch sarflaydi. Savod o'rgatish oxirida bola bir darsda 20 tacha so'zni 
yozishi mumkin. 
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qaroriga binoan 1993 yil 2 
sentabrda «Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosini joriy etish to'g'risida»gi 
qonun qabul qilindi. 1995 yil 6 mayda qonunga o'zgartirishlar kiritildi. Bu 
alifbodagi harflarning asosiy xususiyati bosmasdan, qo'lni uzmasdan bog'lab 
yozishga mo'ljallangan. Shuning uchun yozuvga o'rgatish metodikasida harflarni 
qo'shishga alohida ahamiyat beriladi. O'quvchilar barcha harflarni bir-biriga 
qo'shish yo'lini bilishlari lozim. 
Maktabda asosiy yozuv o'uroli sharikli ruchka, xattaxtada yozish uchun 
bo'rdan foydalaniladi. 
Savod o'rgatish davrida bolalarni yozuvga o'rgatish uchun turli vaqtlarda turli 
xil chiziqli daftarlardan foydalanilgan: dastlab chiziqsiz silliq qog'oz ishlatilgan 


30 
bo'lsa, keyin quyoq yopiq chiziqlar bilan kesilgan uch chiziqli daftardan 
foydalanilgan. 
Bunday daftarda yozuvga o'rgatilgan bola boshlang'ich sinflarni bitirgunga 
qadar besh xil daftarga yozishni o'rganishi talab etilar edi. 
Hozirgi vaqtda yozuvga o'rgatish uchun ikki chiziqli daftar tavsiya etiladi. 
Xattaxta ham shunga mos bo'lishi talab qilinadi; 2-sinfdan, ba'zan birinchi sinfda 
o'quv yilining ikkinchi yarmidan boshlab bir chiziqli daftarga yozishga o'tiladi. 
Daftar tutishda bolalarni xoshiya qoldirishga, daftar chiziqlariga rioya 
qilishga, harflarni bir xil hajmda yozishga, sarlavxani aniq va to'g'ri ajratishga, xat 
boshidan yozishda joy qoldirishni unutmaslikka o'rgatib borish ularda saranjom-
sarishtalikni tarbiyalaydi. Yozuv darsida o'quvchilar «Yozuv daftari» bilan 
ishlaydilar. Sinfda o'rganilgan harfni uyda mashq qilish uchun alohida daftar 
bo'lgani ma'qul. 
O'qituvchi yozish vaqtida 65 gradus qiyalikda yozishni, buning uchun daftar 
Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə