Namangan davlat universiteti pedagogika va jismoniy madaniyat fakultet


Bitiruv malakaviy ishning tarkibiy tuzilishi



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/38
tarix23.12.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#154570
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Namangan davlat universiteti

Bitiruv malakaviy ishning tarkibiy tuzilishi. 
Ushbu Bitiruv malakaviy ish ikki asosiy bob, boblarga tegishli 6 band, 
Tajriba ishlari, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. 


14 
I BOB. SAVOD O’RGATISH DAVRIDA O`QUVCHILARNI 
DIKTANT YOZISHGA O`RGATISH MASALALARI 
1.1. Savod o’rgatish davrining o’ziga xos xususiyatlari, maqsad va vazifalari 
Ma’lumki, savod o’rgatish, o’qish darslarining asosiy vazifasi o’quvchilarga 
tovush va harfni tanishtirish, ularning to’g’ri talaffuzini o’rgatish orqali bolalarda 
to’g’ri, ongli, ifodali o’qish ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat. SHuningdek, 
o’quvchilar lugatini boyitish, boglanishli nutqini o’stirish, bilimini boyitish, 
mavxum tafakkurini shakllantirish, eshitish, qabul qilish sezgisini o’stirishda ham 
bu davr mas’uliyatliligi bilan alohida o’rin tutadi. 
Tayyorgarlik davri o’qishda o’rgatish uchun zamin hozirlaydi. Bu davrda 
bolalarda o’zgalar nutqing eshitish, diqqatni to’plash, til birikmalarini (tovush, 
bo’gin, so’z, gap) farqlash, ajratish, ularning vazifalarini anglash kabi xususiyatlar 
shakllanadi. Bular o’quvchilarniig o’qishni muvaffaqiyatli egallashlariga yordam 
beradi. 
O'qish va yozish — nutq faoliyatining turi. Maktabda o'qitish o'qish va 
yozishga o'rgatishdan boshlanadi. ,,Alifbe"ga suyangan holda qisqa vaqt ichida 
o'quvchilar o'qish va yozishga o’rganadilar. 
Savod o'rgatish davrtda o'qish va yozish harakatini maqsadga muvofiq 
ravishda bajara olish o'qish va yozish ko'nikmasi deyiladi.Ushbu ko'nikma bilimni 
talab qiladi, chunki har qanday ko'nikmalarsiz shakllanmaydi. Bilim ko'nikmaga 
aylanmagan bo'lishi iiuimkin. Masalan, bola v harfining elementlarini, yozuv 
chiziqlari bo’ylab qanday joylashtirilishini bilib, uni daftarda yoza olmasligi yoki 
o'quvchi harflarni tanib, ularni o'qiy olmasligi mumkin. ko’nikmasini hosil qilish 
uchun boshqa faoliyat turlari, ya'ni yozish jarayonida partada to'g'ri o'tirish, 
ruchkani barmoqlar orasida tutitsh, daftarni qiyalikda qo'yish kabilar ham 
o'rgatiladi. 
O'qish va yozish ko'nikmasi takomillashtirila borib, malakaga aylantiriladi. 
Malakaning shakllanishi uchun bir faoliyat bir necha marta takrorlanishi lozim. 
Yozish malakasida o'quvchi ruchkani qanday uhlash, qanday yurgizish haqida 


15 
o'ylab o'tirmay, so'z va gaplarni yoza boshlaydi. Demak, o'qish va yozish malakasi 
harakatning o'ylab o’tirmay amalga oshirilish jarayonidir. Malaka o'qitishning 
keyingi bosqichlarida mustahkamlanib, avtomatlashish darajasiga yetkaziladi. 
O'qish va yozish kishi nutq faoliyatining turi bo'lib, u nutqqa oid malakadir. 
O'qish malakasi ham, yozish malakasi ham nutq faoliyaiiniiig boshqa turlari bilan, 
ya'ni og'zaki hikoya qilish, o'zgalar nutqini eshitish orqali anglash, ichki nutq bilan 
uzviy bog'liq holda shakllantirldi. Maktabda o'qitishning muvaffaqiyati savod 
o'rgatishning qanday darajada o’qitilganligiga bog'liq. 
O'quvchini savod o'rgatish jarayonida elementar" o'qish va yozishga " 
o’rgatishda o'quvchilarning faoliyat ko'rsatishi va nutq faoliyatiga intilishlari 
uchun 
talab 
bo'lishi, 
o'z 
fikrini 
og'zaki 
yoki 
yozma 
ifoda- 
lay olishlari uchun zaruriyat va ehtiyojni yuzaga keltiruvchi vaziyat yaratilishi 
zarur. 
O'qish va yozish malakasi biri ikkinchisining muvaffaqiyatli amalga 
oshuvini ta'minlaydi. Shuning uchun ham o'qishga o'rgatish bilan yo-zuvga 
o'rgatish parallel olib boriladi va bu faoliyat muntazam ravishda mashq qildiriladi. 
Shunday ekan, savod o'rgatish jarayonida bola juda ko'p o'qishi va yozishi zarur. 
O'qish uchun ham, yozish uchun ham yangi matn olinadi, chunki bir matnni bir 
necha bor qayta o'qish bilan maqsadga erishish qiyin. Bu ko'pincha o'qilgan matnni 
yuzaki yodlab olishga olib keladi. Takroriy faoliyatda vaziyat va mazmunning 
almashinishi malakani mustahkamlashga yordam beradi, qobiliyatni o'stiradi. 
O'quvchi oldida uzoq muddatda amalga oshadigan maqsad — o'qish va yozishni 
o'rganish hamda hozirda bajarishi shart bo'lgan kundalik maqsad — topishmoqni 
o'qish va javobini topish, so'z va gaplarni o'qish, rasm asosida so'zlab berish 
kabilar turadi. 
O'zbek tili yozuvi tovush yozuvi, ya'ni fonematik yozuvdir. Har bir tovush 
uchun, har bir fonema uchun maxsus grafik shakl (harf) olingan. O'qishda grafik 
shakllar tovushga aylantirilsa, yozuvda aksincha, tovushlar harflarga aylantiriladi. 
Bu o'qish va yozish faoliyatida o'quvchi uchun qiyinchilik tug'dirgandek tuyulsa-


16 
da, aslida o'qish va yozish jarayonini soddalashtiradi, chunki tilimizdagi tovushni 
ifodalovchi harflar soni uncha ko'p emas. O'qish va yozishni o'zlashtirish uchun 
tovush va harflarning o'zaro munosabatiga oid qoidalarni o'zlashtirish kifoya.
Savod o'rgatish metodikasida o'zbek tili tovushlar va harflar tizimining o'ziga xos 
xususiyatlarini hisobga olish talab etiladi. 
O'zbek tilining tovush tizimi va yozuvi. O'zbek tili yozuvi fonematik yozuv 
hisoblanadi. 1993-yil 2-sentabrdagi ,,Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosini 
joriy etish to'g'risida"gi qonunga muvofiq o'zbek tili yozuvi uchun lotin grafikasi 
asos qilib olindi. Nutqning har bir tovushi uchun unga mos grafik shakl qabul 
qilindi. 
O'qituvchi savod o'rgatish jarayonida o'quvchilarni tovush va harflar bilan 
tanishtirishda, ularni sintezlab o'qishga o'rgatishda o'zbek tilining fonetik 
xususiyatlarini hisobga olishi zarur. 
Savod o'rgatish analitik-sintetik tovush metodiga asosan olib boriladi. So'z 
bo'g'inga bo'linadi, bo'g'indan kerakli — o'rganilayotgan tovush ajratilib olinadi, 
tahlil qilinadi, o'rganiladigan harf bilan sintezlanadi, shu asosda harf va butun 
o'qish jarayoni o'zlashtiriladi. Bunda o'zbek tili grafik tizimi, tovushlarni yozuvda 
belgilash xususiyatlari hisobga olinadi. Savod o'rgatishda o'zbek tili grafik 
tizimining quyidagi xususiyatlarini hisobga olish muhim ahamiyatga ega: 
Savod o'rgatishda tovush-harf bilan tanishtirish unlilardan bosh- 
lanadi. Hozirgi o'zbek tilida 6 ta unli fonema mavjud: a, o, i, e, u, o`. 
E harfi so'z va bo'g'in boshida qo'llanadi 

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə