Namangan davlat universiteti pedagogika va jismoniy madaniyat fakultet



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/38
tarix23.12.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#154570
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Namangan davlat universiteti

.-
 
Prezident Islom Karimovning 2009 
yilning asosiy yakunlari va 2010 yilda O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor 
yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi //O`zbekiston ovozi.-2010.-29 yanvar
 


11 
Dasturda kishilar savodxonligini davrga mos tarzda oshirishga alohida e'tibor 
berilgan.
Maktabda ona tilini chuqur o'rganish zaruriyati ona tilining jamiyatdagi
bajaradigan asosiy vazifalaridan kelib chiqadi. Til jamiyat a'zolarining bir-biri 
bilan o'zaro aloqasi uchun xizmat qiladigan vositadir. Odamlar o'rtasidagi o'zaro 
munosabat til orqali amalga oshadi. Kishilar o'z his-tuyg'ulari, kechinma va 
holatlarini taassurot va tasavvurlarini til vositasida ifodalaydilar. 
Umumiy ta'lim tizimida ona tili asosiy va markaziy o'ringa ega. Ayniqsa,
umumiy o'rta ta'limning asosi, poydevori bo'lgan boshlang'ich sinflarda ona tili 
yetakchi mavqeda turadi. Yosh avlodda fikrlash va fikrni to'g'ri ifodalay olish 
ko'nikmasini hosil qilish va rivoj toptirish, ularga ona tilining qonun-qoidalarini 
singdirish, bu qonun-qoidalarni amalda qo'llay bilishni o'rgatish, ularni 
savodxonlik bilan to'g'ri va chiroyli yozish, to'g'ri talaffuz, ifodali nutq. O'z his-
tuyg'ularini so'z vositasi bilan yuzaga chiqara olish malakalariga ega qilish, bular 
orqali amaliy faoliyatga tayyorlash boshlang'ich sinflarda boshlanadi. 
Bola 1-sinfga kelganida taxminan 1300, 1400 atrofida so‘z boyligiga ega bo‘ladi. 
Maktab ta'limi, o‘qituvchilarning pedagogik mahorati bilan unga har kuni 5-6 ta 
yangi so‘z o‘rgatiladi va bu so‘zlar uning lug‘atidan joy olishi hamda 
mustahkamlanishi kuzatib boriladi.
Shu bilan birga o’quvchilar ushbu so’zlarning yozilishi bilan ham tanishib 
boradilar. O’quvchilar ona tili qoidalari bilan birgalikda to’g’ri va chiroyli 
yozishga o’rganib borishlari lozim bunga erishish uchun esa doimiy ravishda 
o’quvchilarni savodli yozish malakalarni rivojlantirib borishimiz lozim. 
Bugungi kunda ayrim joylarda panolarda, viveskalarda, jamoat joyidagi 
e’lonlarda ayrim orfografik va imlo qoidalari buzilgan holatdagi yozuvlarni 
uchratishimiz mumkin. Afsuski bunday kamchiliklar tez-tez ko’zga chalinib 
turibdi. Albatta bularning barchasiga yoshlikdanoq savodli yozish ko’nikma va 
malakalarini shaklllantirishga yaxshi e’tibor qaratilmasligi deb olishimiz mumkin. 
Shuning uchun ham o’quvchilarni ilk maktab yoshidanoq savodli yozishga o’rgatib 


12 
borish bugungi kunda ham dolzarb va ahamiyatli muammolardan biri bo’lib 
qoladi.


Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə