Namangan davlat universiteti pedagogika va jismoniy madaniyat fakultet



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/38
tarix23.12.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#154570
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   38
Namangan davlat universiteti

Ko`rsatish diktanti. 
Ko`rsatish diktanti boshlang`ich sinflarning hammasida o`tkaziladi. Buning 
uchun o`tilgan mavzuga doir matn «Diktantlar to`plami» dan tanlanadi va 
darsdan odin husnixat qoidlalariga rioya qilgan holda yozuv taxtasiga yozib 
qo`yiladi. 
Matn bir marta shoshmasdan ifodali qilib o`qib beriladi. Suhbat (savol-
javob) yordamida tushuntiriladi va o`rganilgan qoidalar eslatilib, matn
mazmuni mustahkamlanadi. Shundan keyin matn parda bilan bekitib qo`yiladi
va aytib yozdiriladi. Matnni aytib yozdirib bo`lingach, parda osiladi. O`quvchilar
yozganlarini yozuv taxtasidagi yozuvga taqqoslab, yo`l qo`ygan xatolarini
to`g`rilaydilar. Masalan, 2-sinfda nutq va gap haqida tushuncha hosil 
qilingandan keyin shunga oid birorta matn yuzasidan ko`rsatish diktanti
o`tkaziladi. 
Yozuv taxtasidagi matn ifodali qilib o`qilgach, gapning oxirida ovozning 
pasayishi, yozuvda nuqta qo`yilishi, gapning birinchi so`zi bosh harf bilan boshlab 
yozilishi suhbat yordamida tushuntiriladi. So`ng matn ustini parda bilan berkitib,
aytib yozdiriladi. 
O`qituvchi birinchi gapni (Tong otdi) aytadi, nuqta qo`yilishi aytmaydi. 
O`quvchilar gapni yozib oxiriga nuqta qo`yadilar. O`qituvchi keyingi gaplarni ham 
shu tartibda aytib yozdiradi. 
Matn yozdirib bo`lingach, yozuv taxtasidagi matn ochiladi. O`quvchilar 
yozganlarini yozuv taxtasidagi yozuvga taqqoslab, xatolarini tekshirib 
to`g`rilaydilar.
O`qituvchi o`quvchilar daftarini darsning oxirida yig`ib oladi, tekshirib
mustaqil ishlar singari baholaydi. 


37 
2-sinfda so`z oxirida jarangsiz jufti eshitiladigan maktab, maqsad kabi
so`zlarning yozilishini mustahkamlash uchun quyidagi to`rtlikni ko`rsatish diktanti 
qilib yozdirish mumkin. 
Bizlar yosh avlad, 
Yashaymiz hur, shod. 
Mehnat-la obod, 
Mening Vatanim. 
Bunda matn ifodali o`qib berilgach, savol-javob yordamida o`quvchilar 
shod, avlod, obod so`zlarining oxirida kelgan undoshning jarangsiz jufti «t» 
talaffuz qilinishini, ammo yozuvda «d» harfi bilan yozilishini aytib, tekshirish 
yo`lini (bunday so`zlar oxirida qanday harf yozilishini aniqlash uchun shu so`zga 
unli qo`shib o`qilishi kerakligini) eslatadilar. Matnni bekitib aytib yozdiriladi. 
O`quvchilar matnni yozib bo`lgach, parda ochiladi. Ishning davomi yuqoridagi
tartibda davom ettiriladi. 
So`z 
oxirida 
jarangsiz 
jufti 
eshitiladigan 
so`zlarning 
yozilishini 
mustahkamlash maqsadida ko`rsatish diktantining ikkinchi usulidan ham 
foydalanish mumkin. Bunda matn to`liq yozilmay, balki o`rganilishi lozim bo`lgan 
mavzuga doir so`zlargina (shod, avlod, obod) yoziladi. 
O`qituvchi shu so`zlar ishtirok etgan she`rni bir marta o`qib beradi. Matn 
mazmuni ikki-uch o`quvchiga so`zlatiladi va matndagi shod, avlod, obod so`zlari 
yozuv taxtasiga yoziladi. Yozuv taxtasigai so`zlar ikki-uch o`quvchiga o`qitilgach,
suhbat yordamida o`quvchilar shu so`zlarning aytilishi va yozilishini, so`zlarning 
oxirida qanday harf yozilishini tekshirish yo`lini tushuntiradilar yoki 
o`qituvchining o`zi tushuntiradi. Shundan so`ng matn aytib yozdiriladi. Matn yozib 
bo`lingach, yozuv taxtasidagi so`zlar ochib qo`yiladi, o`quvchilar yozganlarini 
tekshiradilar. 
Ko`rsatish diktantini o`tkazish uchun mustahkamlanishi ko`zda tutilgan 
mavzuga doir matnni «Ona tili»
5
, «O`qish kitobi»
6
darsliklaridan yoki badiiy 
5
Qosimova K., Fuzailov S., Ne`matova A. Ona tili: 2-sinf uchun darslik.- Toshkent: Cho`lpon, 2010.- 128 b. 
6
Abdullayeva Q. va boshqalar. O`qish kitobi: 2-sinf uchun darslik. – Toshkent: O`qituvchi, 2002.- 192 b. 


38 
adabiyotlardan tanlash ham mumkin. Masalan, 2-sinfda unli tovushlar o`tib 
bo`lingach. «Ona tili»
7
darsligidagi shu unli tovushlar qatnashgan birorta matndan 
foydalanib, ko`rsatish diktantini yozdirish mumkin. 
O`qituvchining ko`rsatmasi bilan o`quvchilar kitobning shu betini ochadilar. 
O`qituvchi matnni o`qiydi, o`quvchilar kitoblaridan kuzatib boradilar. Matndagi 
unli tovushli so`zlar ikki-uch o`quvchiga o`qitilgach, kitoblar yoptirib qo`yiladi. 
O`quvchilar yozuv taxtasiga oldindan yozib qo`yilgan sana va matn sarlavhasini 
daftarlariga yozadilar. Shundan keyin «O`yinchoqlar» matni aytib yozdiriladi. 
O`quvchilar yozganlarini avval mustaqil, keyin kitoblarini ochib, yozganlarini 
tekshirib o`qiydilar va hokazo.
«Diktantlar to`plami»da ko`rsatish diktanti uchun tavsiya etilgan matnlardan 
o`qituvchi o`z sinfi o`quvchilarining bilim saviyasi, qabul qilish darajasiga qarab 
foydalanishi, ayrim matnlarga ijodiy yondashishi mumkin. 
Ko`rsatish diktanti o`quvchilarning ko`rish, idrok etish sezgilari bilan 
eshituv sezgilarining taraqqiy etishiga yordam beradi. 

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə