Namangan davlat universiteti pedagogika va jismoniy madaniyat fakultet



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/38
tarix23.12.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#154570
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   38
Namangan davlat universiteti

http://alifbe.zy.uz/11
Vasikova Shaxnozani maxsus sayti. 


56 
guruhga qo'shimcha topshiriq tayyorlab qo'yaman. 
7. Guruhlarda ishlayotganda ularni kuzataman, eshitaman. Passiv o'quvchilarni 
qiziqtirib mavzuga jalb qilishga xarakat qilaman. 
Interfaol metod sinfda o’tiladigan mavzular yuzasidan muammoli vaziyatlarni 
muhokama qilishda, "Aqliy hujum", "Kichik guruhlarda ishlash", "Burchaklar 
metodi", "Kubiklar" bahs-munozara orqali ularni yechimini topishda yaqindan 
yozdam beradi. 
4. Aqliy hujum - muammolarni hal qilishda keng qo'llaniladigan samarali 
metoddir. U qatnashchilarni o'z tasavvurlari va ijodlaridan foydalanishga undaydi. 
U berilgan har qanday muammoga ko'p sonli to'g'ri yechimlar topishda yordam 
beradi. Aqliy hujum muammo yechimini topishda muqobillarini aniqlashga 
yordam beradi. Dars mashg'ulotlarida o'tiladigan mavzuni, turli xil tomonlarini, 
qirralarini, qarama-qarshiliklarini ko'rsata olish, sinf o'quvchilarining mustaqil 
fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish, o'zaro bahs-munozara yuritish, muloqotga 
chaqirish, munosabat bildirib, himoya eta olish, darsning yakunida mavzuning 
o'quvchilar tomonidan qanchalik qabul qilinganligi, o'zlashtirilganligini bilish, 
baholash maqsadida ushbu metodni qo'llash muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu 
darsning maqsadi - birgalikda o'qitish ko'maklashuvchi uslubiy yo'llar, ya'ni 
o'quvchilarning jamoada o'qitish yo'li bilan bilim olishlari to'g'risida tasavvur 
berishdir. 
Kichik guruhlarga bo'lish metodikasi - o'qituvchi tajribasi, mahorati, 
ijodiy yondashuv asosida turli xil usullar asosida bo'lishi mumkin. Masalan: sinf 
o'quvchilarini ranjitmaslik, kamsitmaslik, ularni estetik did nuqtai nazaridan,
kelishmovchiliksiz, guruhlarda bo'lish maqsadida turli xil rivojlantiruvchi o'yinlar 
asosida yoki masalan; 6 xil rangda, rangli qog'ozdan har xil shaklda, kichkina 
hajmda, sinf o'quvchilarining jami sonini hisobga olgan holda, oldindan kesma 
shakl (doira, uchburchak, to'rtburchak, beshburchak va hokazo) tayyorlab qo'yiladi. 
Kesim shakli o'qituvchi mahoratiga bog'liq, har xil shaklda bo'lishi mumkin. 
Tayyorlab qo'yilgan rangli kesma shakllarni o'quvchilarga tarqatiladi (bu holda 


57 
har-bir o'quvchi, ixtiyoriy ravishda o'zi xohlagan rangdagi kesma shaklini tanlab 
oladi). O'quvchilar tanlab olgan kesma shakldagi ranglar asosida o'qituvchi, 
o'quvchilarni osongina guruhlarga ajratib oladi. Masalan: 
Oq rang 1 -guruh
Yashil rang 2-guruh
Ko'k rang 3-guruh
Jigar rang 4-guruh
Sariq rang 5-guruh
Qizil rang 6-guruh

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə