Namangan davlat universiteti pedagogika va jismoniy madaniyat fakultet



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/38
tarix23.12.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#154570
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   38
Namangan davlat universiteti

 Ta`kidiy diktant. 
Ta`kidiy diktant uchun tanlangan matnni yozdirishdan oldin o`quvchilarga 
o`rganilgan qoidalar eslatilib, ayrim so`zlarning yozilishi tushuntiriladi, sharoit 
talab qilsa, ayrim so`zlarni grammatik tahlil qilib, un umuman, yozish jarayonida 
nimalarga e`tibor berish kerakligi ta`kidlanadi. Shuning uchun ham mazkur ish 
turini ta`kidiy diktant deyiladi. Ta`kidiy diktant uchun matnni «Diktantlar 
to`plami»dangina emas, «Ona tili»
10
, «O`qish kitobi»
11
dan tanlash ham mumkin. 
CHunki o`qituvchi ta`kidiy diktant o`tkazishdan bir necha kun oldin
yozdiriladigan matnni o`qib kelish uchun topshiradi. Bundan maqsad 
o`quvchilarning o`rgangan imlo qoidalarini mustahkamlash, undan amalda 
foydalanish ko`nikmasini hosil qilishdir. Ta`kidiy diktant quyidagi tartibda 
o`tkaziladi: tanlangan matn bir marta o`qib eshittiriladi. Matn mazmuni 
o`quvchilarga savol-javob yordamida tushuntiriladi. Mazmuni ikki-uch o`quvchiga
so`zlatiladi. Mustahkamlanishi ko`zda tutilgan imlo yoki tinish belgilariga oid 
qoidani takrorlab, ta`kidlab eslatiladi; matndagi shu qoida asosida yoziladigan so`z 
8
Abdullayeva Q. va boshqalar. O`qish kitobi: 2-sinf uchun darslik. – Toshkent: O`qituvchi, 2002.- 192 b. 
9
Qosimova K., Fuzailov S., Ne`matova A. Ona tili: 2-sinf uchun darslik.- Toshkent: Cho`lpon, 2010.- 128 b.
10
Qosimova K., Fuzailov S., Ne`matova A. Ona tili: 2-sinf uchun darslik.- Toshkent: Cho`lpon, 2010.- 128 b. 
11
Abdullayeva Q. va boshqalar. O`qish kitobi: 2-sinf uchun darslik. – Toshkent: O`qituvchi, 2002.- 192 b. 


40 
yoki qo`yish lozim bo`lgan tinish belgilari aniqlanadi, o`quvchilar mustaqil misol 
tanlaydilar va qoidani tushuntirib beradilar. O`quvchilarning javoblari 
xulosalanadi. Shundan keyin matn aytib yozdiriladi. O`quvchilar matnni yozib 
bo`lgach, o`z ishlarini tekshirib chiqishlari uchun vaqt beriladi. Maslan, 2-sinfda 
yumshatish belgisining yozilishini mustahkamlash maqsadida quyidagi matndan 
foydalanib ta`kidiy diktant o`tkazish mumkin. 

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə