Namangan davlat universiteti pedagogika va jismoniy madaniyat fakultet



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/38
tarix23.12.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#154570
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   38
Namangan davlat universiteti

 
 
 
 



73 
topishmoqlar narsaning bajaradigan vazifasiga, harakatiga, uning nimadan 
yoki qanday ishlanganiga qarab, shu xususiyatlar asosida yaratilishi mumkin.
R. Safarova, M. Inoyatova, M.Shokirova va L.Shermatovalarning
1-sinflar uchun mo’ljallangan «Alifbe» darsligida ham bir qancha 
topishmoqlar berilgan. Darslikning 41-sahifasidagi «Suyamasang turolmas, 
sen minmasang yurolmas», 45-sahifasidagi
«Sh»dan boshlanar oti, 
Asal kabi sharbati. 
Bilsang nomin ayt, Ali?
- Ha, bilaman -
47-sahifasidagi: 
Yashil to’nli bolalar, 
Makonidir dalalar. 
Chirsillaydi tishlasa, 
Bo’lar osh bilan yesa. 
48-sahifasidagi: 
«Qat-qat qatlama, 
Aqling bo’lsa tashlama». 
49-sahifasidagi:
«Boshi taroq, dumi o’roq». 
«Men yuraman, u qoladi». 
51-sahifasidagi:
«Bir parcha patir – olamga tatir». 
«Ichi bo’yoq 
Sirti tayoq». 
«Usti tosh, o’sti tosh, o’rtasida chandir bosh» kabi topishmoqlar shular 
jumlasidandir. Bolalarga topishmoqlarning javobini tasavvur qilishlari va 
topishlari oson bo’lishlari uchun velosiped, shaftoli, turp, kitob, xo’roz, iz, oy, 
qalam, toshbaqalarni rasmlari ham berilgan. Xullas topishmoqlarda xalq 


74 
donishmandligi aks etadi. Ular o’ziga xos mazmuni va ifoda shakli bilan 
bolalarni ziyraklikka, kuzatuvchanlikka o’rgatadi, ularning fikrlar 
qobiliyatlarini o’stiradi. 
Ayniqsa savod o’rgatish davrida topishmoqlardan foydalanish maktabga 
dastlab qadam qo’ygan bolalarni qiziqib savod chiqarishlarida muhim vosita 
bo’ladi.
Savodxonlikka hissa qo’shayotgan ertaklar. 
Xalq og’zaki ijodidagi 
eng qiziqarli va rang-barang janr ertakdir. Ertakni nafaqat bolalar balki kattalar 
ham sevib eshitadilar. Demak, ertak mazmunan boy, betakror va ta’sirchan 
janr hisoblanadi. Ertakning muhim xusuyatlaridan biri uning hamisha xalq 
hayoti, kurashi, tarixiy-ruhiy olami, dunyoqarashi, urf-odatlari bilan 
chambarchas bog’lanishi, insonlarga axloqiy va ma’naviy yo’ldosh bo’lib 
kelishidadir. Ertaklar insonning ma’naviy va jismoniy kuchiga ishonch ruhi 
bilan sug’orilgan bo’lib, ijobiy kuchlar tabiat va ijtimoiy hayotda o’ziga 
dushman kuchlarga qarshi kurashda doimo g’olib chiqadi. Ertaklar sodda va 
tushunarli bo’lgani uchun har qanday kitobxonga tez yetib boradi. Xalq 
ertaklarida el-yurtni ko’z qorachig’iday avaylab saqlovchi ajoyib qahramonlar 
ulug’lanadi, to’g’rilik egrilik ustidan, yaxshilik yomonlik ustidan doimo 
g’alaba qozonadi. Ertakning yana bir muhim xususiyati shundan iboratki, u 
kichik maktab yoshidagi bolalarni tabiatni sevishga, jonivorlarni asrash, 
avaylashga da’vat etadi. Kichkintoylar kuchuk, mushuk, hatto sichqonchani 
ham boqish, asrab-avaylash lozim ekanligini chuqurroq his qiladilar.
R. Safarova, M.Inoyatova, M.Shokirova va L. Shermamatovalarning 
«Alifbe» darsligida ham o’quvchilarni savodini chiqarishga yordam beradigan 
bir qancha ertaklar, ertaklardan rasmlar berilganki, bu ertaklar, rasmlar 
o’quvchilarni yanada ilmga qiziqishlarida yordam beradi.
Darslikning 18-sahifasida «Qaynar xumcha» ertagiga ishlangan rasm, 
31-sahifasida «Bo’ri bilan turna» ertagidan parcha va ertakka ishlangan rasm, 
34-sahifasida «Bo’ri va tulki» ertagidan parcha va rasm, darslikning mustaqil 


75 
o’qish uchun berilgan sahifalarida «To’g’ri yo’l», «O’rgimchak va ipak 
qurti», «Bo’ri bilan echki» ertaklari berilgan. 
Xullas, «Alifbe» darsligida berilgan ertaklar orqali o’quvchilarning
- dunyoqarashlarini shakllantirish va rivojlantirishga; 
- ularning tabiatga muhabbatlarini oshirishga; 
- axloqiy va ma’naviy jihatdan tarbiyalashga; 
- yaxshilik yomonlik ustidan, to’g’rilik egrilik ustidan doimo g’alaba 
qozonishga; 
- ilmga qiziqtirishga; 
- tovush va harflarni oson o’zlashtirishlariga; 
- so’z ma’nolarini bilib olishlariga muvaffaq bo’lamiz. Bu esa 
o’quvchilarni bilimdon, zukko, to’g’riso’z va vatanparvar bo’lib 
yetishishlarida eng yaxshi samaradir.

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə