Namangan davlat universiteti pedagogika va jismoniy madaniyat fakultet



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/38
tarix23.12.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#154570
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   38
Namangan davlat universiteti

 
Rasmlarning pedagogik qimmati. 
Ta’lim sohasidagi dapsturulamal 
hujjatlar «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi», 
2004-2009 yillarga mo’ljallangan maktab ta’limini rivojlantirish haqidagi 
davlat umummilliy dasturi talablariga asosan yosh avlodni har tomonlama 
yetuk yoshlar etib tarbiyalash hisoblanadi. 


77 
«Alifbe» darsligidagi rasmlar ham o’quvchilarni yuqoridagi talablar 
asosida tarbiyalash uchun katta xizmat qiladi. O’quvchilarni rasmlar orqali 
Vatan haqidagi tushunchalarni shakllantirish va rivojlantirish, Vatanga bo’lgan 
muhabbat va sadoqatlarini oshirish, Vatanimizning go’zal tabiati, tabiiy 
boyliklari, shirindan shakar nozu-ne’matlarini qadrlash, komil inson bo’lish 
maqsadlarini amalga oshirish uchun rostgo’ylik, mehribonlik, do’stlik, ahillik, 
bilimdonlik kabi fazilatlarga ega bo’lish kabi maqsadlarni amalga oshirish 
mumkin. Quyida ba’zi rasmlarning pedagogik qimmati haqida fikr yuritamiz. 
Darslikning dastlabki sahifasida Mustaqillik bayrami tasvirlangan lavha, 
ikkinchi sahifasidagi Bilimlar kuni bayrami haqidagi rasm, 36-sahifadagi 
Vatanimiz gerbining rasmi, 42-sahifadagi Xumo qushining rasmi, 58-
sahifadagi «Vatanim» she’riga ishlangan rasm, 72-sahifadagi «Gerbdagi 
qushning aytganlari» matniga ishlangan rasmlar o’quvchilarga Vatanimizning 
bugungi kundagi jamoli, ravnaqi haqida Vatanimizning ramziy belgilari va 
ularning tarbiyaviy ahamiyati. Vatanni sevish va ardoqlash haqidagi 
bilimlarini singdirishda beqiyos xizmat qiladi.
Yana darslikning 6-sahifasidagi «Kuzgi ishlar» deb nomlash mumkin 
bo’lgan qiziqarli rasm uning ostidagi karam, sabzi, oshqovoq, bodring, tarvuz, 
baqlajon rasmlari, 7-sahifadagi bolalarning bog’da mevalarni terayotganligi 
haqidagi rasm va nok, uzum, behi, olxo’ri, shaftoli rasmlari, 9-sahifadagi 
go’zal tabiat manzarasi, 11-sahifadagi ari, ayiq, anor, anjir, non rasmlari 
o’quvchilarga Vatanimizning jannatmakon o’lka ekanligini, uning boy va 
go’zal tabiati, unda pishadigan darmondorilarga boy bo’lgan har xil mevalar 
haqidagi tushunchalarni beradi, Vatanimizga bo’lgan muhabbatlarini yanada 
oshiradi. 
Darslikning 10-sahifasidagi non yopish haqidagi, 19-sahifadagi shifokor, 
chevarning, kitob o’qiyotgan qizning, 20-sahifadagi bolaning keksa odamga 
salom berib turgani haqidagi rasm, 21-sahifadagi buvining nabirasiga nasihat 
qilayotgani 
to’g’risidagi, 
22-sahifadagi 
opa 
va 
singilning 
dars 


78 
tayyorlayotganligi, 24-sahifadagi bolalarning sport bilan shug’ullanayotgani, 
39-sahifadagi bekatda bir bolaning keksa odamga joy berayotgani, 43-
sahifadagi bolaning keksa odamning ko’tarishib ketayotgani haqidagi rasmlar 
orqali o’quvchilarni kasbga yo’naltirish, kelajakda Vatan ravnaqi uchun zarur 
bo’lgan mutaxassis bo’lishini, ularni odobli, kitobni sevadigan, o’zidan 
kattalarni hurmat qiladigan, ularning og’irini yengil qiladigan, ma’naviy 
barkamol bo’lib yetishishlarida muhim ahamiyatga ega. 
Ayniqsa ertaklarga ishlangan rasmlar bolalarni vatanparvarlikka, 
to’g’riso’zlikka rostgo’ylikka va mehribonlikka undaydi. 
Xullas, «Alifbe» darsligidagi rasmlar orqali o’quvchilarni vatanparvar, 
yurtni sevadigan, Vatan ravnaqi uchun qayg’uradigan, ma’naviy jihatdan 
barkamol bo’lgan komil insonlar etib tarbiyalashda muhim pedagogik 
qimmatga ega. 
Bu fazilatlarni o’quvchilarga rasmlar orqali singdira olish o’qituvchining 
pedagogik mahoratiga bog’liqdir.
Yozuv darsi alifbe darsining davomi hisoblanib, o’quvchilar alifbe 
darsida o’rgangan bilimlarini yozuv darsida mustahkamlaydilar. Ya’ni alifbe 
darsida o’quvchilarga yangi harf o’rgatilib, bu harf asosida bo’g’in hosil 
qilish, bo’g’inlardan so’z hosil qilish ko’nikmalari shakllantirib boriladi. 
Yozuv darsida esa shu harfning yozma shakli o’rgatib boriladi. Shu o’rinda 
aytish joizki, yozuv darsida ta’limiy diktantning turi 

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə