Namangan davlat universiteti pedagogika va jismoniy madaniyat fakultet



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/38
tarix23.12.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#154570
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Namangan davlat universiteti

 

 
 
 
XULOSA VA TAVSIYALAR 
Ma’lumki savod o’rgatish jarayoni o’quvchilarnng nafaqat xat savodlarini 
chiqarish, Kelgusida ularning fe’l –atvori, ko’plab ko’nikmalar va odatlarning 
shakllanishida ilk bosqich sanaladi. Shunday ekan biz, o’quvchilarni chiroyli va 
savodli yozishga o’rgatish orqali ularda iroda, tartiblilik, ozodalik kabi sifatlarni 
shakllantirishga erishishimiz mumkin. O’quvchilar savodli va to’g’ri yozish oqali 
e’tiborli, irodali, tartibli bo’lishga o’rganib boradilar. Bu esa jamiyatimizda 
shakllanayotgan har bir shaxsga tegishli bo’lgan fazilatlardan biridir.
Savod o’rgatish jarayonida ta’limiy diktantlardan foydalanishga 
bag’ishlangan ushbu bitiruv malakaviy ishda biz ana shu masalani ko’rib chiqdik. 
Unda asosan o’quvchilarni savodli va husnixat asosida yozishga o’rgatish 
masalalari, darslarni interaktiv usulllar hamda didaktik o’yinlardan foydlalanib 
tashkil etish masalalirga asosiy e’tibor qaratildi. 
Ilmiy metodik adabiyotlar, tadqiqot jarayonida olingan natijalar tahlili 
hamda boshlang’ich ta’lim jarayonini kuzatishlar asosida quyidagi xulosa va 
tavsiyalarni taqdim etishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. 
Kichik yoshdagi bolalarga beriladigan til ta'limi va tarbiyasi o‘zgacha 
yo‘nalish, o‘zgacha usullar bilan boyitib, til sofligi, adabiy til me'yorlarini 
singdirish kabi zaruriy mashqlar vositasida olib boriladi. Shuningdek, savod 
o’rgatish jarayonida ham pedagogik texnologiyalarning ilg‘or usullariga tayanib 
ish ko‘rmoq joiz hamda bolalar idrok eta oladigan topshiriqlar tizimini ishlab 
chiqish va ular qisman maxsus o‘quv qo‘llanmalar mazmuniga kiritilishi zarur.
Boshlang’ich ta'limining samaradorligini oshirish omillaridan biri 
bolalarning savodli yozish malakalarini tarbiyalashdir. Buni 1-sinfdan boshlanib, 
yuqori sinflarda ham davom ettirilishi lozim.


92 

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə