Namangan davlat universiteti


DAVLATNING IQTISODIY XAVFSIZLIGI



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/462
tarix13.04.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#105358
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   462
LUG\'AT ATAMALAR

DAVLATNING IQTISODIY XAVFSIZLIGI
— uning muhim ijtimoiy 
vazifalarni hal etish imkoniyatlaridan, turli xil ichki va tashqi buzg‗unchi kuchlar, 
moliyaviy va iqtisodiy tazyiqlari vaqtida jamiyatni kerakli va yetarli hayotiy ehtiyojlar 
bilan ta‘minlash, undan tashqari, urush chog‗ida mamlakat iqtisodini qurolli kuchlarni va 
aholini barcha kerakli vositalar bilan ta‘minlash imkoniyatlaridan iboratdir. 
DAVLATNING SAFARBARLIK IMKONIYATI 

 
davlatning egallab turgan 
barcha moddiy va ma‘naviy imkoniyatlari, keskin o‗zgaruvchan vaziyatlar yuzaga 
kelgan sharoitlarda hayotdagi muhim maqsadlarga erishish uchun avvalambor, milliy 
xavfsizlikni ta‘minlash maqsadida ulardan cheklangan muddatda oqilona foydalana 
boshlashi. D.s.i. tarkibiy qismlari quyidagilar: xo‗jalikning barcha tarmoqlaridagi ishlab 
chiqarish qudrati, inson resurslari, strategik xom-ashyo va materiallarning zaxiralari, 
energetika va moliyaviy resurslari va h.k.lar. Inson resurslari alohida ahamiyatga ega. 
Qurolli kuchlarni to‗ldirish va ularning jangovar qobiliyati, ishlab chiqarishning mudofaa 


59 
tarmog‗ini ishchi kuchi bilan ta‘minlash va shu kabilar aholining soni va sifatiga 
(ularning umumiy ma‘lumotga egaligi, professional, ma‘naviy-siyosiy tayyorgarligi va 
b.lar). D.s.t. negizini iqtisodiyot, asosan, og‗ir sanoat va mashinasozlik, energetika va 
transport tashkil etadi. D.s.t. amalga oshirish mamlakat, fan-texnika taraqqiyoti, harbiy 
jug‗rofiy omillarga bog‗liq.
DAXLSIZLIK HUQUQI 
— ma‘lum doiradagi huquq subyektlarining huquqiy 
normalar ta‘siridan ozod qilishni bildiruvchi umumhuquqiy ibora.
DEBAT 
(fr. muhokama, tortishuv, fikrlar almashinuvi) — Parlamentdagi deputatlar 
o‗rtasida qonunchilik masalalari bo‗yicha yoki hukumat faoliyati bo‗yicha fikrlar 
almashinuvining rasmiy o‗rnatilgan tartibi. Davlat hukumat faoliyatini matbuotda, 
namoyish va yig‗inlarlarda jamoatchilik tomonidan muhokama qilingan holda ham 
qo‗llanadi. 
DEDUKSIYA
— umumiy, abstrakt xulosadan, aniq va xususiy faktlarga o‗tish 
uslubi. U borliqdagi xodisalarni tushuntirish uchun nazariyalardan foydalanish imkonini 
beruvchi jarayon. Mas., yana respublikamizdagi oliy qonunchilik organi – Oliy Majlis 
deputatlari muqobillik asosida saylangan xalqning eng ko‗zga ko‗ringan vakillaridir, 
degan umumiy xulosaga asoslanadigan bo‗lsak va deputatlar ijtimoiy kelib chiqishi, 
lavozimi, kasbi, ta‘lim darajasi kabi biografik ma‘lumotlarni o‗rganib, shu ko‗rsatkichlar 
bo‗yicha taqsimlab chiqsak, xozirgi kunda O‗zbekistonda qaysi ijtimoiy qatlamga 
mansub, yoshi, kasbi, ma‘lumot darajasi qanday bo‗lgan odamlar xalqning ishonchiga 
ko‗proq egaligi to‗g‗risidagi aniq ma‘lumotlarga ega bo‗lamiz. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə