Namangan davlat universiteti



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/462
tarix13.04.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#105358
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   462
LUG\'AT ATAMALAR

DEIDEOLOGIZATSIYA
(lot. mafkurani bekor qilish) — ijtimoiy qarama-
qarshiliklar yo‗q qilinishi bilan hozirgi dunyoda mafkuraning yo‗q bo‗lishini asoslovchi 
konsepsiya. Unga ko‗ra ilmiy – texnik taraqqiyot muammolarni mafkura ta‘siridan ham 
ilmiy va texnik vositalar bilan hal qilish imkonini beradi.
DEKLARATIV
— umumiy, asoslanmagan, konkretlashtirilmagan bayonot. 
DEKLARATSIYA 
(lot. 
declaratio
– ma‘lum qilaman, e‘lon qilaman) — 1) bir 
yoki bir necha hukumatlar, siyosiy partiyalar, xalqaro yoki jamoat tashkilotlarining 
dasturiy hujjat, muhim xalqaro voqea, qonun va h.k.ni umum e‘tiboriga yetkazuvchi 
bayonoti; umumsiyosiy prinsiplarni tantanali ravishda e‘lon etish (mas., Inson huquqlari 
umumjahon deklaratsiyasi, O‗zbekistan Respublikasi Mustaqillik deklaratsiyasi); 2) soliq 
to‗lovchining daromadlar xususiyati va miqdori to‗g‗risida bayon qilishi; 3) pochta bilan 
mamlakat tashkarisiga yuboriladigan pul va qimmatbaho paketlarga ilova qilinadigan 
hujjat; 4) chegaradan o‗tuvchi shaxs o‗zida buyumlar, qimmatbaho narsalar va h.k. 
borligi va ular miqdori to‗g‗risida bojxonaga topshiradigan ma‘lumot. 
DEKRET
(lot. farmon, qaror) — oliy hokimiyat boshqaruv organi chiqargan va 
qonun kuchiga ega bo‗lgan qaror. 
DELIMITLASH
(lot. chegaralarni o‗rnatish) — davlat chegarasini, uning o‗tish 
joylarini batafsil tavsiflash va b. davlat bilan bu haqida tuzilgan shartnomaga asosan uni 
xaritaga tushirish. 
DEMAGOG 
(yun. 
demagogos
– xalq dohiysi) — dastlab Yunonistonda xalqni 
orqasidan ergashtirgan siyosiy guruhchalar rahbarlari, demokratik kayfiyatdagi siyosiy 
arbob; keyinchalik bu so‗z salbiy ma‘no olgan. 
DEMAGOGIYA 
(yun. 
demos
– xalq va 
ago
– boshlayman) — faktlarni ataylab 
buzib ko‗rsatish, yolg‗on-yashiq va‘dalar berish va tilyog‗lamalik qilish yo‗li bilan 
aldash; g‗arazli, ko‗pincha siyosiy maqsadlarni yashirgan holda balandparvoz muhokama 
yuritish. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə