Namangan muhandislik qurilish instituti



Yüklə 7,99 Mb.
səhifə9/118
tarix21.12.2022
ölçüsü7,99 Mb.
#97453
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   118
O\'zbekistonni rivojlantirish strategiysi FJ O\'quv uslubiy majmua

Abu Ali ibn Sino (980-1037) fikricha ijtimoiy munosabatlar odamlar o‘rtasidagi tafovut va tengliksizlik natijasidir. Hususan, Ibn Sino “iqtisodiy va ijtimoiy hamda shaxsiy xususiyatlarga ko‘ra tengliksizlik - inson ijtimoiy faolligi sababi hisoblanadi” deb ta’kidlaydi. Ideal davlat qurish esa jamiyat aholisining ma’naviy-axloqiy ravnaqi bilan bog‘liq.. Uning fikricha, ma’naviy axloqiy qadriyatlarning yuksak qadrlanishi nafaqat har tomonlama farovonlikni, balki jamiyatda adolat va barqarorlikni ham ta’minlaydi.
Bu davrda SHarqda ijtimoiy adolat, ma’rifat va tenglik nafaqat nazariy me’yor, balki amaliy hayot me’yori, ijtimoiy- siyosiy muammolar echimini topish va jamoa bo‘lib yashashning asosi sifatida tushunilgan, fuqarolik jamiyatini shakllantirishning ma’rifat yo‘li tanlangan bo‘lsa, Evropa ijtimoiy-siyosiy tafakkurida esa nasroniylarning diniy dogmatikasi hukmronlik qilib, diniy va dunyoviy manfaatlar o‘rtasida kurash rivoj olgan.
YUsuf Xos Hojib o‘zining “Qutadg‘u bilig” dostonida davlatni boshqarish amallari, qoidalari va siyosiy - axloqiy munosabatlarni jamiyatda qaror
1 9
toptirishgae’tibor qaratgan . U davlat boshqaruvi va xizmatini tashkil etish turlarini hamda shu darajalarga muvofiq sifatlarini tasniflaydi. Jumladan, «SHohlikka da’vogarlar onadan ajib bir iste’dod bilan tug‘iladilar va ular darhol yaxshi-yomonni ajratish fitratiga ega bo‘ladilar. Bundaylarga Xudo idrok, farosat va yumshoq bir ko‘ngil ato etadi, qolaversa yaxshi ish yuritish o‘quvi bilan ham siylaydi» deb ta’kidlagan.
Adolatli davlat boshqaruvi, uning mukammal nazariy asoslarini yaratish borasida ulkan ilmiy meros qoldirgan o‘rta asrlar mutafakkiri, davlat arbobi Nizomulmulkning “Siyosatnoma” asari muhim manba hisoblanadi. U amaldorlarni axloqiy fazilatlarigaqarab tanlash, adolat va insofni oyoq osti qiladigankishilarni davlat ishlariga aralashtirmaslikni, davlatni boshqarishda kengash bilan olib borish, faoliyatlarni muntazam nazoratqilish, itoat, ijro va sifatlari to‘g‘risidagi qarashlari bilan ahamiyatlidir. Ayniqsa, Nizomulmulkning«Ko‘pchilik bo‘lib qabul qilingan tadbir eng savobli bo‘ladi va
1 9
shunday yo‘l tutish kerak» degan fikrlari ajdodlarimizning davlat qurilishining adolatli tartibotlarigakatta e’tibor berganligidan dalolatdir.
Ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotning ma’naviy asoslarini o‘rganishda O‘rta Osiyoda vujudga kelgan tasavvufchilik oqimining ahamiyati ham alohida muhim o‘rin tutadi. Tasavvuf garchi islom bag‘rida nish urib, Qur’on va hadislar hikmatidan oziqlangan, ko‘p hollarda shariat ahkomiga suyangan bo‘lsada, lekin u

12 YUsug’ Xos Xojib Qutadg’u bilig.-T.: Fan, 1971, 329-b.

13 Nizomulmulk. Siyosatnoma. T.: Adolat,1997. 98-bet.



rasmiy diniy aqidaparastlik va mutaassiblikka hamda hokim tabaqalarning ayshu- ishratlarga g‘arb turmush tarzi, talonchilik va manfaatparastlikka zid o‘laroq, mehnatkash xalq noroziligini ifodalab keldi. Tasavvuf ta’limoti asosida adolat, haqiqat, to‘g‘rilik, mehr-shafqat, insof, iymon, e’tiqod, ilm, mehnatsevarlik, vatanparvarlik kabi umuminsoniy g‘oyalarni targ‘ibot qiluvchi futuvvatga asoslangan bir qancha diniy, siyosiy oqimlar paydo bo‘ladi. Ular jamiyatning axloqsiz unsurlariga g‘oyaviy kuch sifatida qarshi qo‘yiladi
Ijtimoiy-siyosiy tafakkur rivoji va huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining asosiy sharti - qonun ustuvorligi tamoyilini amaliyotda qo‘llash tajribasini SHarqning buyuk davlat arbobi va sarkardasi Amir Temur (1336-1405) boy ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy merosi asosida ko‘rish mumkin.Uning tuzuklarida davlat tizimi, uni idora qilish uslublari va vositalari, undagi turli lavozim-vazifalar darajasi, tabaqalarning toifalanishi, harbiy qo‘shinlarning tashkil etilishi, jang olib borish mahoratlari, davlat xizmatchilari rag‘batini tashkil etish omillari, adolatli soliq turlarining joriy etilishi, mamlakatni obodonlashtirish tadbirlari milliy davlatchilikning yuksak madaniy va huquqiy darajada shakllantirishga erishganligidan dalolat beradi. “Har mamlakatning yaxshi kishilariga men ham yaxshilik qildim, nafsi yomonlar, buzuqlar va axloqsiz odamlarni mamlakatiimdan quvib chiqardim. Pastkash va razil odamlarga o‘zlariga loyiq ishlar topshirdim hamda hadlaridan oshishlariga yo‘l qo‘ymadim. Ulug‘larini va sharaf-e’tiborli kishilarni hurmatlab, martabalarini oshirdim. Har mamlakatda adolat eshigini ochdim, zulmu sitam yo‘lini to‘sdim».14
Ma’lumki, fuqarolik jamiyatini - hayotiyligini va samaradorligini ta’minlovchi - huquqiy davlat doirasidan tashqarida tasavvur qilib bo‘lmaydi. SHu ma’noda, Sohibqiron Amir Temurning quyidagi so’zlari hozirgi zamon bilan hamnafas jaranglaydi: “Tajriba, - deb yozadi u, menga shuni ko‘rsatdiki, din va qonunga tayanmagan hukumat, o‘zining buyuk qudratini uzoq vaqt saqlab tura olmaydi. Uni har qanday yovuz kishi kirishi mumkin bo‘lgan na tomi, na eshigi, na panjaralari bor uyga o‘xshatish mumkin. SHuning uchun men o‘z saltanatimni islom arkonlari va boshqaruvda o‘zim qat’iy amal qiluvchi qonunlar asosida qurdim”15.
SHu nuqtai nazardan, muvafaqiyatli boshqaruv qonuniyatiga ko‘ra, amir Temur rahbarning adolatga tayanishini lozim topgan. Uning fikriga ko‘ra: “Rahbar uchun barcha ishlarda adolatga amal qilishi kerak: u sotilmaydigan va fazilat egasi bo‘lgan odamni vazirlikka tayinlashi lozim, chunki adolatli vazir o‘zi mahdud- rahbar adaolatsizliklarni to‘g‘irlashi mumkin, ammo vazirning o‘zi shunday bo‘lsa, halokat yaqindir”3. Sohibqiron fikricha, davlat boshqaruvida yana bir muhim qonuniyat - qonun ustuvorligi. “Qat’iy tartib va qonunlarga amal qilishim baxt- saodatim kaliti bo‘ldi”. Bosh qonunlar sifatida diniy ahkomlarni va ular asosida yozilgan fikrlarni bilgan. Buning barchasi buyuk Temur adaolatli va fozil boshqaruvga alohida e’tibor qaratganligini ko‘rsatib turibdi.

14 Amir Temur tuzuklari.-T .:G’ofur G’ulom nashriyoti,1996, 24-bet.

15 Usha asar. 81-bet.



Komil insonlar jamiyatini haqidagi g‘oyalar Alisher Navoiy (1441-1501) siyosiy va adabiy faoliyati asosi bo‘lib xizmat qildi. A.Navoiy ideal ijtimoiy- iqtisodiy tuzum haqidagi qarashlarini o‘zining “Saddi Iskandariy”, “Mahbub ul qulub”, “Payg‘ambarlar va donolar tarixi” va b. asarlarida yoritgan. Ijtimoiy- iqtisodiy tuzum muammolarini faqat adolatli hukmdor boshqarayotgan va qonun ustuvor bo‘lgan mamalkatda amalga oshishi mumkin. SHunday qilib, A.Navoiy uchunadolat va qonun ijtimoiy taraqqiyotning asosi hisoblanadi.Uning konsepiyasidahukumdor shaxsi alohida ahamiyat kasb etadi. Fazilatli va ideal shaxs haqida mulohaza yuritar ekan Navoiy o‘ziga xos insonparvar nazariyani yaratadi. O‘z nazariyasida mutafakkir, bir tomondan hukumdor va bog‘bonni, boshqa tomondan davlat va bog‘ni solishtiradi. Unga ko‘ra, agar bog‘bon aqlli va mehnatsevar bo‘lsa, uning bog‘i gullab-yashnaydi. Huddi shunday agar mamlakatning aqlli, dono, adolatli, xalqi uchun qayg‘uradigan va uni sevadigan hukumdori bo‘lsa, u rivojlnib farovonlashadi.
U nazariyotchi va amaliyotchi sifatida davlat siyosatining adolatli asoslari va uning ma’naviy mezonlarini rivojlantirishga katta hissa qo‘shadi. Ayniqsa, adolatsizlik va zulm davlatni tanazzulga, jamiyatni jaholatga olib kelishi to‘g‘risidagi qarashlari o‘z ifodasini topadi: «...davlat ishi bilan mashg‘ul bo‘lgan amaldorlik chog‘larimda ko‘ngil mulkini turli odamlarning hujumi bulg‘aladi. Goh amirlik o‘rnida o‘tirdim va hukumat mahkamasida xalqning arz-dodini so‘rdim va goh podshoh yonida vazirlik qildim va menga umidvor nazar bilan qarab turgan elga muruvvat ko‘rsatdim»16 deydi. Adolatli jamiyat shakllanishining asosiy omili sifatida Navoiy insoniy fazilatlar: adolatlilik, rahmdillik, mehnatsevarlik,
rostgo‘ylik, vatanparvarlik, vijdonlilik, insonparvarlik va jasoratni keltirib o‘tadi.
Antik va o‘rta asr SHarq allomalarining fuqarolik jamiyatigi oid konseptual merosi va nazariy ishlanmalari amaliyotdagi - davlat va jamiyatda hukmron me’yorlarga to‘liq mos kelmasada, biroq ular fuqarolik jamiyati tamoyillarining ob’ektivlashuvi va uning insoniyat sotsiumining tarixiy taraqqiyotining tarkibiy qismi sifatida tushunilishi uchun mustahkam asos yaratdilar.

Yüklə 7,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə