|
![](/i/favi32.png) Namangan muhandislik qurilish instituti
|
səhifə | 7/118 | tarix | 21.12.2022 | ölçüsü | 7,99 Mb. | | #97453 |
| O\'zbekistonni rivojlantirish strategiysi FJ O\'quv uslubiy majmuaFuqarolik jamiyatining asosiy belgilari mavjud bo‘lib ular quyidagilardir:
erkin individlar uyushmasi;
o‘zaro hamkorlikka asoslangan ijtimoiy tuzilma;
murakkab tuzilishga ega bo‘lgan plyuratilstik tizim;
o‘zini o‘zi rivojlantiradigan va o‘zini o‘zi boshqaradigan tizim.
Fuqarolik jamiyatining eng muhim omillari:
iqtisodiy erkinlik, mulk shakllarining rang-barangligi, bozor munosabatlari;
inson va fuqaroning tabiiy huquqlarini so‘zsiz e’tirof etish va himoya qilish;
hokimiyatning qonuniyligi va demokratik xususiyati;
qonun va odil sud oldida hammaning tengligi, har bir shaxsning yuridik jihatdan ishonchli himoyalanganligi;
hokimiyatning uchga bo‘linishi va hokimiyatlarning o‘zaro aloqasi
prinsipiga asoslangan huquqiy davlat;
siyosiy va mafkuraviy plyuralizm, konstruktiv muxolifatning mavjudligi;
so‘z va matbuot erkinligi, ommaviy axborot vositalarining mustaqilligi;
fuqarolarning shaxsiy hayotiga davlatning aralashmasligi, ularning o‘zaro majburiyatlari va burchlari;
sinfiy va milliy totuvlik, ijtimoiy sherikchilik;
odamlarning munosib turmush darajasini ta’minlovchi samarali ijtimoiy siyosat.
Fuqarolik jamiyati qator tamoyillarga tayanib faoliyat ko‘rsatadi. Jumladan:
siyosiy sohada hamma odamlarning huquq va erkinliklarining tengligi;
butun jahon hamjamiyatida yuridik kuchga ega bo‘lgan qonunlar asosida fuqarolar huquq va erkinliklarini kafolatlangan huquqiy himoyasi;
individlarni mulkka ega bo‘lish va halol mehnati uchun adolatli haq olish huquqiga asoslangan iqtisodiy mustaqilligi;
qonun bilan kafolatlangan fuqarolarni manfaatlari, kasbiy belgilari bo‘yicha davlatdan va partiyadan mustaqil ijtimoiy birlashmalarga birlashish imkoniyatlari;
Dostları ilə paylaş: |
|
|