«Научный импульс» Январь, 02 1082 energetikaning texnika va taraqqiyotdagi oʻrni va ahamiyati xamraliyev Asadbek



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix17.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#149692
1   2   3   4   5   6   7
Xamraliyev Asadbek


часть
1
 
«
Научный импульс
»
Январь
, 202

1085 
Zamonaviy texnik vositalar (kibernetik usullar, axborotlarni yig`ish va uzatish, EHM ni 
qo`llash, mikroprosessor texnikasi va h. k.) energetikani boshqarishda katta imkoniyatlar 
yaratmoqda. Albatta bu imkoniyatlardan keng foydalanish jamiyatning ijtimoiy – siyosiy va 
iqtisodiy rivojlanish darajasiga ta’siri katta bo`ladi. Elektr energiya ishlab chiqarish, uzatish 
va taqsimlash Italiya, Fransiya, va Buyuk Britaniya kabi sanoati rivojlangan mamlakatlarda 
natsionalizatsiya qilingan bo`lsa, AQSh kabi ishlab chiqarish yuksak rivojlangan davlatda esa 
xususiy kompaniyalarga qarashlidir. Energetika tizimini boshqarishnmng har ikkala 
usulining ham yaxshi va yomon tomonlari mavjuddir. Har bir davlat o`zining xususiyatlari va 
imkoniyatlaridan kelib shiqqqan holda energetika tizimini boshqarishda u yoki bu 
boshqarish usulini qo`llaydi. Energetikaning atrof muhitga ta’siri uzluksiz oshib bormoqda. 
Bu Yer yuzida inson yaratayotgan energetik qurilmalarning quvvati va tabiatda sodir 
bo`ladigan geofizik hodisalarning quvvatlari miqdorlarining o`zaro yaqinlashib qolganligi 
bilan bog`liqdir. Atrof muhitni ifloslashtirishning energetika uchunquyidagi: mexanik, 
kimyoviy, radioaktiv, issiqlik, ionizatsion, elektromagnit, shovqun turlari xarakterlidir. 
Energetik qurilmalarning texnik inshoatlari atrof muhitning o`simlik dunyosini o`zgarishiga 
katta ta’sir qiladi va ma’lum ma’noda estetik ifloslanishni yuzaga keltiradi. Energetikada 
texnologik jarayonlar uchun ko`p suv sarfi talab qilinadi. Energetika inshoatlarini qurish 
uchun katta yer uchastkalari kerak bo`ladi; yoqig`i yoqish uchun kislorod kerak bo`ladi, 
yoqish jarayonida is gazi hosil bo`ladi va bu gaz atmosferada parnik effekti deb ataladigan 
effektni yuzaga keltiradi (yer yuzasida issiqlikning uzoq vaqt ushlanib turishi ta’sirida). 
Inson faoliyatining salbiy natijalaridan biri bu sanoat chiqindilarining yig`ilishidir.Sanoatdagi 
ishlab chiqarish chiqindilari halokatli ravishda oshib bormoqda.Masalan, AQSh da bir yil 
davomida 12 mln.tonna temir, 1 mln.tonna alyuminiy va 60 mln. tonna qog`oz chiqindilari; 
48 mlrd. konserva bankalari va 6 mln. xizmat muddati tugagan avtomobillar yig`iladi. Kul va 
shlaklar ham energetikaning chiqindilariga kiradi. Suv iste’moli uzluksiz o`shib 
bormoqda.Agar XY – XY1 asrlarda har bir odam bir kunda 15 litrgacha suv iste’mol qilgan 
bo`lsa, hozirga kelib bu ko`rsatkish 150 – 600 litrgasha o`shdi. Hozirda energetikaning 
ehtiyojlari uchun har sekunda 40 ming m 3 suv sarf bo`lmoqda va sanoatning boshqa 
sohalari uchun esa bu ko`rsatkich 10 ming m 3 ni tashkil etmoqda. Energetika va sanoat 
ehtiyojlariga ishlatiladigan suv miqdorini kamaytirish uchun zarur choralar ko`rish kerak 
bo`ladi. Suv iste’molining yopiq yoki aylanma tizimlariga o`tkazish suv sarfini kamaytirishga 
olib keladi. Elektroenergetik qurilmalar atrof muhitni asosiy ifloslantiruvchi manbalardan 
biridir (umumiy ifloslanishning taxminan 15% shu qurilmalarga to`g`ri keladi). AQSh ning 
yiliga ekologiya buzilishidan ko`raligan zarari 17 milrd. dollarni tashkil etsa, bularning 50% 
ini issiqlik elektr stansiyalarida hosil bo`ladigan va havoga uchib chiquvchi oltingugurt 
birikmalari, 20% ini azotli birikmalar, 25% ini og`ir zarrachalar tashkil etadi. AQSh ning 3 
mingta issiqlik elektr stansiyalari bir kunda 500 mln.m3 dan ko`p suv ishlatadi. Issiq 
holatdagi ishlatilgan suv tabiiy daryo va suv havzalariga oqiziladi va ularda issiqlik 
ifloslanishini yuzaga keltirib, o`simlik va hayvonat olamining tabiiy sharoitlarini buzadi. 
AQSh da va shuningdek barcha sanoati rivojlangan davlatlarda ham suvning issiqlik 


Международный
научный
журнал

5
(100), 
Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə