|
«Научный импульс» Январь, 02 1082 energetikaning texnika va taraqqiyotdagi oʻrni va ahamiyati xamraliyev AsadbekXamraliyev Asadbek часть
1
«
Научный импульс
»
Январь
, 202
3
1087
davriy qaytarilib turadigan elektromagnitli nurlanish ta’siri ostida bo`lishi, insonda
elektromagnit energiyaning yig`ilib qoluvchi effektini (kumulyativ) yuzaga keltiradi va bu
fizik hodisaning insonga qanday ta’sir qilishi hali to`liq o`ranilmagan. Katta qiymatli
kuchlanganlikka ega elektr maydonning inson organizmiga ta’sirini kamaytirish uchun
alohida maxsus himoya vositalari, jumladan himoya ekranli korjomalar, maydon ta’sirini
kamaytiruvchi po`lat simli to`rlar va boshqa turdagi himoya vositalaridan foydalaniladi.
Katta shaharlarda shundoq ham foydalaniladigan yer uchastkalarining tanqislligi va
shaharlarning ko`rkini buzishini hisobga olib, nim elektr stansiyalardan elektr energiyani
sanoat korxonalariga uzatish elektr uzatish liniyalari orqali emas balki yer ostidan
o`tkaziladigan kabellar yordamida amalga oshirilmoqda. Kelajakda o`ta o`tkazuvchanlik
xususiyatiga ega bo`lgan kriogenli elektr uzatish liniyalaridan foydalanish ko`zda
tutilmoqda. Bu elektr uzatish liniyalarining elektr qarshiliklari deyarli nolga tengdir. Bu esa
o`z navbatida elektr uzatish liniyalarida kichik qiymatli kuchlanishlardan foydalanish
imkonini beradi va natijada katta xududlarni egallab turgan ochiq yer yuzida qurilgan nim
elektr stansiyalarni bir necha marta kichraytirish hamda yopiq va izolyatsion gaz bilan
to`ldirilib, yer ostiga joylashtirish mumkin bo`ladi. Elektr stansiyalarni qanday joylarga
qurish kerak?Elektr stansiyalarning atrof – muhitga salbiy ta’sirini hisobga olgan holda
mamlakatning qaysi xududida qurilishi kerakligi aniqlanadi. Sifati past bo`lgan yoqilg`ida
ishlaydigan issiqlik elektr stantsiyalarining atrof – muhitni zaharli chiqindilar bilan
ifloslanish sur’ati yuqori bo`lgani uchun bunday stansiyalar katta aholi yashaydigan
joylardan yiroqda, ko`mir zahiralari topilgan konlar yaqinida qurilishi lozim. Ba’zi
mamlakatlarda elektr stansiyalarning atrof muhitga zararli ta’sirini kamaytirish maqsadida
dengiz va okeanlarda qurish mo`ljallanmoqda. Masalan, AQSh va Yaponiyada katta quvvatli
issiqlik va atom elektr stansiyalarini materikdan 5 – 30 km uzoqlikdagi okean sathida qurish
loyihalari ishlab chiqilgan.
Dostları ilə paylaş: |
|
|