Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., Nurmurodov t. I., Umirov f. E



Yüklə 11,81 Mb.
səhifə135/159
tarix29.11.2023
ölçüsü11,81 Mb.
#140710
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   159
Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., N

Tayanch so‘zlar va adabiyotlar.
Defoliantlar, magniy defiolianti, bishofit, karnalit, butifos, xloratli defoliantlar, Uchkarbamidnatriy xlorati, karbamid, ammoniy nitrat, atsetat monoetanolamin, UzDEF, kristallanish, texnologik me’yor.
Sinov savollari.

  1. Defoliantlar deb qanday moddalarga aytiladi?

  2. Defoliantlarning fizik-kimyoviy xususiyatlari qanday?

  3. Defoliantlar ishlab chiqarishda qanday xom-ashyolardan foydalaniladi?

  4. Bishofit rudasi qayerlarda uchraydi?

  5. O’zbekistonda defoliant ishlab chiqaradigan qanday zavod va korxonalar mavjud?

  6. Sanoatda magniy xlorat defolianti qanday olinadi?

  7. “UzDEF” defoliantining olinishi va xossalari haqida ayting.

  8. Defoliantlarning xalq xo’jaligidagi ahamiyati va ishlatilish soxalari nimalardan iborat?

  9. Suyuq “UzDEF” defolianti olishning texnolgik sxemasi tushuntiring.

  10. Хlorat magniy defolianti olishning texnologik qismi qanday bajariladi?

  11. Uchkarbamidxlorat natriy defolianti olishning texnolgik sxemasi tushuntiring.

  12. Sirt faol moddasini tutgan “Uchkarbamidxlorat natriy” defoliantining yotiglari qanday.

XOTIMA
Nashr etilgan ilmiy-texnik manbalarning taxlili shuni ko‘rsatadiki, Markaziy Qizilqum havzasidagi va Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi Guliob fosforit zahiralari past sifatli fosfatlar jumlasiga kiradi. Ushbu xom ashyolar tarkibida karbonatli mineral va boshqa qo‘shimcha moddalarning yuqori miqdorda bo‘lishi ulardan fosforli o‘g‘it ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarini qiyinlashtiradi. Fosforitlardan yuqori sifatli o‘g‘it olish uchun tavsiya etilgan boyitish usullari ancha murakkabdir. Shuning hisobiga olinadigan fosforit konsentrati tannarxi 2-2,5 martaga oshadi.
Boyitilmagan fosforitlarini kislota yordamida qayta ishlanganda ko‘p miqdorda kislota sarflanadi hamda fosfogips chiqindisi ko‘payadi. Chunki ular tarkibidagi kalsiy moduli (kalsiy oksidining fosfor oksidiga nisbati) Qoratog‘ fosforitiga qaraganda o‘rtacha 1,6 marta va eng yaxshi xom ashyo hisoblangan xibin apatitiga esa 1,9 marta yuqori. Bundan tashqari yuqori karbonatli fosforitlarning tarkibidagi karbonatlar va organik moddalar hisobiga ekstarksiya jarayoni kuchli ko‘piklanish orqali boradi. Natijada o‘g‘it ishlab chiqarishning texnologik ko‘rsatkichlari keskin kamayadi. SHuning uchun aksariyat ilmiy izlanishlarda boyitilgan fosforitlardan foydalanish tavsiya etilgan.
Jumladan, Qizilqum fosfokonsentratlaridan ekstraksiyali fosfor kislota va undan ammofos, diammofos, va qo‘sh superfosfat, shuningdek oddiy superfosfat, pretsipitat va boshqa o‘g‘itlar olingan. Guliob foskonsentratidan esa ekstraksiyali fosfor kislotasi va undan qo‘sh superfosfat, polifosfatlar olish keltirilgan.



Yüklə 11,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   159




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə