Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., Nurmurodov t. I., Umirov f. E



Yüklə 11,81 Mb.
səhifə137/159
tarix29.11.2023
ölçüsü11,81 Mb.
#140710
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   159
Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., N

Murakkab o‘g‘itlar - Tarkibida kamida ikkita ozuqa elementi to‘tgan o‘g‘itlar. Ikkilamchi komplekslar o‘g‘itlar (masalan, azot-fosforli, azot-kaliyli, fosfor-kaliyli) va uchlamchi kompleks o‘g‘itlar (masalan, azot-fosfor-kaliyli) turlarga bo‘linadi. Murakkab o‘g‘itlar tarkibida shuningdek mikroelementlar, pestitsid va ustiruvchi moddalar qushimchalari xam bo‘lishi mumkin.
Bilvosita foydalaniladigan o‘g‘itlar - O‘g‘itlardan foydalanish sharoitini yaxshilash maqsadida tuproqka kimyoviy, fizik va mikrobiologik ta’sir etish uchun qo‘llaniladigan o‘g‘itlar, masalan, tuproq kislotaliligini neytrallash uchun maydalangan oxaktosh, dolomit yoki so‘ndirilgan oxak qo‘llaniladi; shurxok tuproqlar melioratsiyasi uchun gips ishlatiladi, shu bilan bir vaqtda u kalsiy manbai xisoblanadi; tuproq kislotaliligini (fosforli o‘g‘it bilan solinadigan fosfor birikmalarinint eruvchanligini oshirish maqsadida) oshirish uchun nitriy bisulfit ishlatiladi.
Fiziologik kislotali o‘g‘itlar - O‘simliklar asosan kationlarini uzlashtiradigan o‘g‘itlar, anionlar esa tuproq eritmasini kislotaliligini oshiradi, masalan, ammoniy sulfat, ammoniy nitrat, kaliy xlorid, kaliy sulfat va boshqalar. Fiziologik kislotali o‘g‘itlarga ammoniyli azotli o‘g‘itlar, shuningdek karbamid xam kirishi mumkin. Nitrifikatsiyalovchi bakteriyalar ta’sirida ammiak nitrat kislotagacha oksidlanishi natijasida tuproq kislotaliligi ortadi.
Fiziologik ishqoriy o‘g‘itlar - Anioni o‘simliklarga assimilyasiyalanadigan o‘g‘itlar Ulardagi kation tuproq muhitini ishqorlashtirgan holda tuplanadi. Masalan, bunday o‘g‘itlarga natriy, kaliy va kalsiy nitratlari kiradi.
Gigroskopiklik - Moddaning havodan namlikni yutish xususiyati. Gigroskopiklikni keng tarqalgan baxolashi - % bilan ifodalashdir Gigroskopiklik nuqtasi aniqlanadi. Suvda eruvchan tuzlar uchun Gigroskopiklik nuqtasi (K) tuzning to‘yingan eritmasi ustidagi suv bug‘ining parsial bosimini xuddi shu xaroratdagi bur bilan tuyintirilgan xavodagi suvning bug‘ bosimiga nisbati orqali aniqlanadi.
Yopishqoqlik - Ma’lum tashqi sharoitda dispers materialning turli darajadagi kattalik va mustaxkamlikka ega bo‘lgan aglomeratlarni xosil kilish xossasidir. Yopishqoqlik aniq standart sharoitda tekshirib olingan aglomeratlarning mustaxkamligi bilan tavsiflanadi.
Elanish - O‘g‘itni solishda tuproqda bir tekisda taqsimlanishi uchun mashinalarning ta’minlovchi va tashlovchi qurilmalaridan o‘g‘itning tushishni belgilaydigan xususiyatidir. Tashlovchi qurilmalarda o‘g‘itlarning bir tekisda taqsimlanishi sepiluvchanligi (xarakatchanligi) orqali aniqlanadi. Zamonaviy mashinalar bilan o‘g‘itlarni solishda ularning bir tekisda taqsimlanishi o‘g‘itlarning donadorlik (fraksiyali) tarkibiga borliq bo‘ladi.

Yüklə 11,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   159




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə