Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., Nurmurodov t. I., Umirov f. E



Yüklə 11,81 Mb.
səhifə41/159
tarix29.11.2023
ölçüsü11,81 Mb.
#140710
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   159
Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., N

B ug‘latilgan kislota
4.4 -RASM. EFK NI BUG‘LATISH SXEMASI
1 - bug‘latuvchi apparat; 2 - qizdiruvchi kamera; 3 - sirkulyasiya nasoslar; 4 - tomchi ushlagich; 5 - filtr gazlarini yuvuvchi absorber; 6 - H2Si F6 eritma uchun barometrik yig‘gich; 7 - yuza kondensatori; 8 - ikki bosqichli bug‘ ejektorlari; 9 - barometrik bak.
Qizdiruvchi kameraning ichki yuzasiga kalsiy sulfat va ftorsilikatlardan iborat qo‘shimchalar o‘tirib qoladi. Bu xar uch kunda toza suv bilan yuvib turishni talab etadi. Nisbatan ko‘proq vaqt ishlatilganda quyqa bu yuzani yanada to‘laroq egallab oladi, uni mexanik usullar bilan tozalanadi va so‘ngra N2SiF6 ning 4-5% li eritmasi bilan yuviladi.
Ekstraksiya fosfor kislotaning konsentratsiyasi ortishi bilan unda erigan geksaftorsilikat kislotaning bug‘ bosimi ham ortadi. Shu tufayli fosfor kislotani 52-57% P2O5 gacha bug‘latishda boshlang‘ich kislotadagi ftorning 80-90% i (2HF+SiF4 ning taxminan ekvivalent aralashmasi tarzida) gazli fazaga ajralib chiqadi maxsulot kislotasidagi ftorning miqdori 0,5 - 0,8% gacha kaamayadi. Shuningdek, bug‘latgichdan chiqadigan gazlar tarkibida ko‘p miqdordagi suv bug‘i bo‘ladi, uni ftoridlar absorbsiyasida kondensatsiyalanishini kamaytirish uchun, absorbsiyalash jarayoni qaynoq (60-70°C) H2SiF6 eritmalari bilan amalga oshiriladi; ftordan tozalangan suv buri barometrik kondensator o‘rnatilgan ikki bosqichli bug‘ejektorli (bug‘ suruvchi) qurilmalar yordamida surib olinadi.
Apatitdan olingan bug‘latilgan kislota 1650-1750 kg/m3 zichlikka ega, uning tarkibida: 52-54% P2O5; 3,4-4,2% SO3; 1,2-1,3% (FeA1)203; 0.1-0,4% SiO2; 0.5-0,8% F bo‘ladi.
Ekstraksiya fosfor kislotani bug‘latish uchun barbotajli konsentratorlar - kislotabardosh materialli kameralar ham ishlatiladi, ularda bug‘latish kislotaning yuza qatlami orqali yoqilgan qaynoq gaz berish orqali amalga oshiriladi. Bu yerda issiqlik uzatuvchi yuza bo‘lmaydi, issiqlik almashinish qaynoq gaz bilan kislotaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashishidan amalga oshadi; bunda hosil bo‘ladigan cho‘kma muallaq xolatda qoladi va apparatdan kislota bilan birgalikda chiqadi, so‘ngra uni tindirish orqali tozalanadi. Kameraga o‘txona gazlari 650-900°C haroratda beriladi. Ayniqsa, tabiiy gaz yondiriladigan grafitli botirma yondirgichli konsentratorlar intensiv ishlaydi. Barbotajli konsentrator va botirma yondirgichli apparatlarda gaz uzi bilan birga anchagina miqdordagi fosfat kislota bug‘ini olib chiqadi, uni esa elektrofiltrlarda tutib qolish lozim bo‘ladi. Tarkibida 8,5-93 g/m ftor (elektrofiltrga kirishdan oldin xavo bilan aralashishi xisobiga - 3 g/m3 ) bo‘lgan chiqindi gazlarini tozalashdan ko‘p miqdordagi P2O5 tutgan H2SiF6 eritmasi olinadi; ularni ishlatish qiyinchilik tug‘diradi. Tuman hosil bo‘lishi - P2O5 yo‘qotilishini oshiradi, bundan tashqari, tevarak atrof-muxit ifloslanishiga sabab bo‘ladi.
Bunday jixozlar ko‘proq superfosfat kislotalar olish uchun qo‘llaniladi. Bu holda bug‘latishga tarkibida 54-55% P2O5 tutgan eritmalar (vakuum-bug‘latgichdan so‘ng) beriladi. Bunday maqsadlar uchun qizdiruvchi kameraga yuqori bosimdagi bug‘ (-3 MPa) uzatiladigan vakuum-bug‘latgichli apparatlar ham ishlatilishi mumkin.
Xozirgi paytda barbotajli konsentratorlar o‘rnida yanada takomillashgan, yuqori darajada issiklikdan foydalanuvchi, aeroliftli apparatlar qo‘llanilmokda. Ular ichki qismi grafitli quvur bilan muxofazalangan vertikal pulat quvurdan iborat. Uning bug‘latiladigan kislota kiritiladigan pastki qismidan qaynoq gaz oqimi yuboriladi, hosil bo‘ladigan gaz-suyuqlikli aralashma yuqori qismidan chiqariladi. Suyuqlikni ajratilgandan keyin va issiqligidan bug‘latiladigan kislotani isitishda foydalanilgandan so‘ng, chiqindi gazi, absorbsiya qurilmalarida kislota tumani, SiF4 va NF dan tozalanadi. Suyuq kompleks o‘g‘itlar ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan, tarkibida 68-70% P2O5 tutgan kislota olish uchun konsentrlashni ikkita ketma-ket bosqichda: 1-chisida 52-54 dan 64% gacha, 2-chisida esa 68-70% P2O5 gacha o‘tkaziladi.
Tarkibida magniy birikmalari (dolomit) tutgan boyitilmagan (24-25% P2O5) Qoratog‘ fosforitlaridan ekstraksiyalash jarayonida 20-22% P2O5 li fosfat kislota olinadi. Odatdagi usullarda 37-38% P2O5 gacha bug‘latilishi va 30-40°C dan past haroratgacha sovutilishi natijasida u quyilib boradi va oquvchanligini yo‘qotadi. Bu esa undan ftorsizlantirilgan o‘g‘itlar, qo‘shaloq superfosfat, suyuq kompleks o‘g‘itlar olish imkoniyatlarini yo‘qotadi. O‘tgan asrning 80-yillariga qadar buning sababini kislotadagi MgSiF6 ning parchalanishi natijasida gaz xolatdagi SiF4 va MgF2 ning kolloid eritmasi hosil bo‘lishi orqali izoxlashga urinilgan. Guyoki eritma sovutilganda MgF2 ning to‘yinishi hisobiga sistema qovushqoq, kam xarakatchan massa (gol) ga aylanadi. Yana shuni qursatib o‘tiladiki, ko‘p komponentli tuz sistemalari eruvchanliklarini o‘rganish orqali, bug‘latiladigan kislotaga kam aktiv kremniy dioksid (masalan, kremnegel) qo‘shilganda fosfat kislota bilan MgF2 ning kimyoviy ta’sirlashuvi engillashadi, yuqori haroratda reaksiya:
2MgF2 + 4H3PO4 + SiO2 = 2Mg(H2PO4)2 + SiF4 + 2H2O
tenglama bilan sodir bo‘lib, kislotadagi ftor SiF4 tarzida yo‘qotiladi va yaxshi eriydigan monomagniyfosfat hosil bo‘ladi, deb nazariy jixatdan asoslashga urinilgan. Lekin bu urinishlar ishlab chiqarishda uz echimini topmadi.
O‘zbekiston kimyogarlarining qator yillar davomida Qoratog‘ fosforitidan sulfat kislotali ekstraksiyalashdan olingan fosfat kislotasini konsentrlash, uning fizik-kimyoviy xossalarini o‘rganish yuzasidan o‘tkazgan tadqiqotlari natijasida tarkibida magniy birikmalari tutgan fosfat kislotalarning konsentrdanishida quyilib qolish sabablari ham nazariy, ham amaliy jixatdan asoslandi va bu borada ijobiy natijalarga erishildi.
Namangan muxandislik-pedagogika instituti professori, texnika fanlari doktori K. Gafurovning olib borgan zaxmatli mexnatlari natijasida tarkibida magniy tutgan EFK larning konsentrlash jarayonida qo‘yilib qolish sabablari ham ilmiy, ham amaliy jixatdan asoslab berildi. Nafaqat quyilish sabablari, balki bunday kislotaarni konsentrlashda quyilib qolishini oldini olish yo‘llari ham ochilib, amaliy jixatdan sinovdan muvoffaqiyatli o‘tkazildi.
20°C haroratdagi suvda va HN4NO3 (kimyoviy toza - k.t.) ning 1% li suvli eritmasida MgHRO4 (k.t.) va MgF2 (k.t.) larning izotermik eruvchanligini o‘rganish - MgHPO4 (k.t.) va MgF2 larning suvdagi eruvchanligi muvofiq ravishda 1,392 va 0,117% (MgO bo‘yicha 0,464 va 0,0755%), ammoniy nitrat eritmasidagi eruvchanligi esa muvofiq ravishda 9,99% va 0,248% (MgO bo‘yicha 3,330 va 0,160%) bo‘lishini aniqlash imkoniyatini yaratdi. SHunday ekan, 1,0% li ammiakli selitra eritmasida magniy tuzlarining eruvchanligi MgHPO4 uchun etti marta, MgF2 uchun ikki marta ortadi.
20°C haroratda 0,1, 0,5 va 1,0 molyarli ammiakli selitra eritmalarida MgF2 ning eruvchanligini o‘rganish natijasida MgF2 ning eruvchanligi konsentratsiyaning ortishi bilan deyarli o‘zgarmasligi aniqlandi. Masalan, 0,1 molyarli ammiakli selitra eritmasida MgF2 ning eruvchanligi 0,2478% (0,1598% MgO, ya’ni 0,040 mol MgF2) ni, 0,5 molyarli eritmada 0,2694% (0,17388% MgO, ya’ni 0,0435 mol MgF2) ni va 1,0 molyar eritmada esa 0,2695% (0,1753% MgO, ya’ni 0,0435 mol MgF2) ni tashkil etadi. MgSO4-H3PO4-NH4NO3-H2O sistemasini o‘rganish natijasida 0-60% P2O5 konsentratsiyali intervalda MgSO4*7H2O ning eruvchanligi MgSO4-H3PO4-H2O sistemasidagiga nisbatan 2-1,5% ga ortishi aniqlandi.
Tarkibida magniy tutgan fosforitlarni fosfat kislotaga sulfat kislotali ekstraksiyalash jarayonida magniy birikmalarining to‘da ekstraksiya fosfor kislota tarkibiga o‘tishi kuzatiladi. Bunday EFK ni bug‘latish jarayonida eritmadagi barcha tuzlarning to‘yinishi bilan bir qatorda dastlab magniy ionlarining sulfat ionlari bilan birikib MgSO4, so‘ngra shu bilan bir vaqtda uning gidratlaiishi xisobiga MgSO4*H2O dan toki MgSO4*7H2O gacha bo‘lgan gidratlanish jarayoni sodir bo‘ladi. Bu esa EFK ning quyilib qolishi va oquvchanligini yo‘qotishiga sabab bo‘luvchi omillardan biridir. Bundan tashqari, eritmaning quyilishiga EFK tarkibidagi boshqa kation va anionlardan iborat qo‘shimchalar ham o‘z ta’sirini ma’lum darajada ko‘rsatadi.
Shuning uchun ekstraksiya fosfor kislotani bug‘latishda kislotani quyilib qolishiga olib keladigan undagi qiyin eruvchan qo‘shimchalarni eritish maqsadida va ekstraksiya fosfor kislotani konsentrlashda uning qovushqoqligini kamaytiruvchi agent sifatida ammoniy nitrat ishlatilgan.
Tarkibida magniy tutgan ekstraksiya fosfor kislotalarni bug‘latishdan oldin uning tarkibidagi magniyning miqdoriga muvofiq holda:
NH4NO3 = 0,5 + 0,25-i
bu yerda: t - EFK ga qo‘shiladigan ammoniy nitratning og‘irlik miqdori;
i -EFK dagi MgO ning og‘irlik miqdori;
0,5 - doimiy son formula bo‘yicha ammoniy nitrat qo‘shiladi va eritmani 50-55% P2O5, gacha bug‘latiladi.


Yüklə 11,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   159




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə