Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., Nurmurodov t. I., Umirov f. E



Yüklə 11,81 Mb.
səhifə39/159
tarix29.11.2023
ölçüsü11,81 Mb.
#140710
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   159
Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., N

Ekstraksiyali fosfor kislota tarkibidagi ftor asosan H2SiF6 shaklida bo‘ladi. Kislotani ftordan tozalash, H2SiF6 ni natriy, kaliy, bariy tuzlari bilan cho‘ktirish orqali o‘tkazilishi mumkin. Odatda 1l fosfat kilotaga 30-40 g NaCl qo‘shiladi.
H2SiF6 + NaCl = Na2SiF6+ 2HCl reaksiya bo‘yicha hosil bo‘ladigan kam eruvchan natriy kremneftorid cho‘kmaga tushadi va dastlab tindirilib, so‘ngra sentrifugalash va filtrlash yo‘li bilan ajratib olinadi. Shunday qilib 75-85% gacha ftorni ajratiladi va fosfat kislotadagi uning miqdori 0,2-0,3% gacha kamayadi. Natriy xlorid bilan ftorsizlantirilgan fosfat kislota, ayniqsa, harorat oshirilganda jixozlarning kuchli korroziyalanishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun kislotani bug‘latish yo‘li bilan konsentrlashga zarurat tug‘ilganda, ftorsizlantirish soda yoki natriy fosfat yordamida amalga oshiriladi.
Fosfogips tarkibida ozgina miqdorda yuvilmagan fosfat kislota bo‘ladi va shuning uchun uni ishlab chiqarishga yakin xududlardagina mineral o‘g‘it sifatida foydalanilishi mumkin, chunki ozuqa elementi juda kam bo‘lganligi uchun bir joydan ikkinchi joyga tashish iktisodiy samarasizdir. Fosfogips sho‘rxok tuproqlarni gipslashtirishda yoki shuvoq alebastrlari va boshqa quyma qurilish buyumlari ishlab chiqarishda ishlatilishi mumkin. Uning sementli shixta tarkibida termik parchalanishi natijasida sementli klinker va sulfitli gazlarga aylantirilishi mumkin. Sulfit angidriddan sulfat kislota olinadi va shu usul bilan fosfatni parchalashga sarflanadigan sulfat kislotani regeniratsiyalanishi mumkin. Fosfogips shuningdek ammoniy sulfat olishda sulfat anioni manbai (sulfat kislota o‘rniga) vazifasini bajarishi mumkin. Ishlatiladigan joyga fosfogipsni tashishni yaxshilash uchun (va kishki vaqtda tashish paytida muzlab kolmasligi uchun) junatishdan oldin uni 3% dan kam bo‘lgan namlikkacha quritilishi va quritishda hosil bo‘ladigan guvalasimon materialni kukunsimon xolatgacha maydalanishi lozim. Xozircha O‘zbekistonda va boshqa chet mamlakatlarda ham fosfgipsdan yirik masshtabda foydalanish yo‘lga qo‘yilmagan - u ishlab chiqarishning to‘planayotgan chiqindisi xisoblanadi. Chunki, fosfogipsga qaraganda tabiatda keng tarqalgan kalsiy sulfatni qayta ishlash ancha soddadir. Vaqtiki kelib, bu sanoat chiqindisi ham - kerakli ishlab chiqarish korxonalari uchun eng zarur va qimmatli xom ashyo manbasiga aylanishi mumkin.
Qoratog‘ (Qizilkum) fosforitlaridan ekstraksiya fosfor kislota olishdagi ishlab chiqarish qo‘rsatkichlari apatit konsentratini qayta ishlashdagiga nisbatan yomondir: olinadigan kislota konsentratsiyasi past (21-22% P2O5), uning tarkibida ko‘p miqdordagi qo‘shimchalar bo‘lganligi uchun qisman neytrallangan bo‘ladi. nisbatan ko‘p miqdordagi chiqindi - fosfogips hosil bo‘ladi. SO2 ajralishidan reaksion massaning ko‘piklanishi hisobiga ekstraktor hajmidan to‘la foydalanilmaydi, bu esa sistemaning unumdorligini pasaytiradi. Shuningdek Qizilqum fosforiti tarkibida Cl ionlarini normadan 4-5 barobar ortiqligi korroziyani kuchaytiradi. Ko‘pik hosil bo‘lishini kamaytirishga xom ashyodagi karbonatlarni oldindan parchalash - rudani kuydirish yoki fosforit unini ekstraktorga uzatishdan oldin ozgina miqdordagi kislota bilan namlash orqali erishiladi.
Fosforit flotokonsentratlardan digidratli usulda olinadigan ekstraksion fosfat kislota tarkibida: 20-22% P2O5; 2,2-3,5% SO3; 0,2-0,4% CaO; 1,8-2,0% MgO; 0,4-1,2% Al205; 0,4-0,8% Fe2O3 1,4-2,1% F bo‘ladi.

Yüklə 11,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   159




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə