Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., Nurmurodov t. I., Umirov f. E


- rasm. Donadorlangan superfosfat ishlab chiqarish sxemasi



Yüklə 11,81 Mb.
səhifə35/159
tarix29.11.2023
ölçüsü11,81 Mb.
#140710
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   159
Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., N

3.6. - rasm. Donadorlangan superfosfat ishlab chiqarish sxemasi
1 - superfosfat uchun bunker; 2 -neytrallovchi qo‘shimcha uchun bunker; 3 - lentali ta’minlagich; 4 - valli termostat; 5,10 - elevatorlar; 6 - donadorlangan suferfosfatni uzatish transportyor; 7 - donalashtirgich, 8 - quritish barabani; 9 -retur transportyor; 12-tayyor maxsulot transportyori; 13-tegirmon, 15-tayyor maxsulot uchun bunkerlar; 16-tikuv mashinasi.
Donadorlangan sperfosfatdagi ftorning ulushi boshlang‘ich superfosfatdagiga Qaraganda 0,1-0,15% ga kamayadi. Quritgichdan chiqadigan gazlar siklonli changyutgich orqali o‘tib, absorberlarda tozalanadi va atmosferaga chiqariladi. Absorberda hosil bo‘ladigan eritma superfosfat changi bilan ifloslangan bo‘ladi. Uni tozalash qiyinchilik tug‘diradi. Shuning uchun eritma zararsizlantirishga (oxak bilan neytrallashga) yuboriladi yoki uni granulyatorda superfosfatni namlashga qaytariladi.
Quritilgan maxsulot elevator 10 orqali elak 11 ga kelib tushadi, u erda fraksiyalarga ajratiladi. 4 mm dan yirik bo‘laklar tegirmon 13 ga va maydalangandan so‘ng, transportyor 14 da yana elakka qaytariladi. 2-4 mm ulchamli fraksiya transportyor 12 yordamida tayyor maxsulot bunkerlari 15 ga, mayda fraksiya esa (umumiy miqdorning 20-30% i) retur transportyori 9 yordamida superfosfatning donadorlashdan oldingi massasiga qo‘shish uchun yuboriladi. Donadorlangan superfosfat tayyor maxsulot bunkerlaridan vagonlarga to‘kish orqali yuklanadi yoki qoplarga joylanib, trasportyorlar yordamida va tikuv mashinasi 16 da koplarning og‘zi maxkamlanadi. Qoplangan superfosfat transportyor 17 orqali vagonlarga yuklanadi.
1 tonna Donadorlangan superfosfat ishlab chiqarish uchun 1,015-1,025 t oddiy superfosfat sarflanadi.
Qoratog‘ fosforitidan Donadorlangan superfosfat olish uning ammoniylashtirish jarayoni bilan birgalikda amalga oshiriladi. Bu esa ishlab chiqarish jarayonidan superfosfatni namlash va quritish bosqichlarini chiqarib tashlaydi, shuningdek neytrallash uchun ishlatiladigan oxak sarfini kiskartiradi.
Qoratog‘ fosforitidan olingan superfosfatni ammiak bilan pH=4-4,5 gacha neytrallash o`zlashadigan P2O5 ni kamaytirmaydi. Suvda eriydigan P2O5 miqdori esa 12-18% ga kamayadi va o`zlashadigan P2O5 ning 73-82% ini tashkil etadi. Ammoniylashtirishda ajraladigan issiqlik xisobiga maxsulot namligi 4-5% ga kamayadi. Qoratog‘ fosforitidan olingan superfosfatni ammiakli selitra yoki karbamidning ammiakatlari bilan ammoniylashtirish orqali, tarkibida 20-21% ozuqa elementlari, shu jumladan 5-6% azot tutgan yaxshi fizik va agroqimyoviy xossali donadorlangan murakkab o‘g‘itlar olish mumkin.
Etiltirilgan superfosfatni gaz xolatdagi ammiak bilan ammoniylashtirish, aylanuvchi gorizontal barabanlar - ammoniylagich-donadorlagichlarda amalga oshiriladi. So‘ngra maxsulot omborga kelib tushadi, u erda ammoniylangan donador superfosfat 3-4 sutka mobaynida aralashtirib turgan xolda 28-32° C gacha sovutiladi. Sovutilgan maxsulot koplanadi.
Ammiakdan foydalanish darajasi 93-96% ni tashkil qiladi. Tarkibida 5-8 g/m3 NH3; bo‘lgan ammoniylashtirgichdan chikuvchi gaz suvli absorberga yuboriladi. Hosil bo‘lgan ammiakli suv (2-2,5% N11) superfosfat ishlab chiqarishda ishlatiladigan sulfat kislotani suyultirishda foydalapiladi.
1 t ammoniylangan donador superfosfat olish uchun 1,02 t nordon superfosfat va ~190 kg ammiak sarflanadi. Tayyor maxsulot tarkibida (% xisobida):
P2O5umuya. = 16-16,8; P2O5-o`zl, = 15-15,5; P2O5, = 11,5-12; N2 = 1,5-2,5; P2O5.erkin  0,5 va 3% namlik bo‘ladi.



Yüklə 11,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   159




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə