Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., Nurmurodov t. I., Umirov f. E


SUPERFOSFAT ISHLAB CHIQARISHDA FTORLI GAZLARNI TUTIB QOLISH



Yüklə 11,81 Mb.
səhifə33/159
tarix29.11.2023
ölçüsü11,81 Mb.
#140710
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   159
Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., N

3.4. SUPERFOSFAT ISHLAB CHIQARISHDA FTORLI GAZLARNI TUTIB QOLISH

Tabiiy fosfatlarni kislotali qayta ishlashda ajraladigan vodorod ftorid xom ashyo tarkibidagi kremnezem bilan ta’sirlashib kremniy (IV)-ftorid SiF4 va ftorsilikat (geksaftorsilikat) H2SiF6 kislotaga aylanadi. Geksaftorsilikat kislota superfosfatdagi kationlar bilan qiyin eruvchan geksaftorsilikat (kremneftorid) larga aylanib, superfosfat tarkibida qolib ketadi. Fosfatli xom ashyo tarkibidagi umumiy ftorning 55-60% i superfosfat tarkibida qoladi, qolgan qismi esa SiF4 shaklida ventilyasiya gazlari bilan yo‘qotiladi. Tarkibida ftoridlar tutgan zararli gazlarni atmosferaga chiqishini oldini olish maqsadida superfosfat ishlab chiqarishda ajraladigan gaz xolatdagi reaksiya maxsulotlari tozalanishi lozimdir. Bunda tutib qolinadigan gazlardan ikkilamchi maxsulot - ftorsilikat kislota olish mumkin va uni esa ftorli tuzlar - ftoridlar va ftorsilikatlarga aylantiriladi. SiF4 gazlari sovutilganda suv bug‘i bilan ta’sirlashadi:


3 SiF4+ (p+2)H2O  H2SiF6 + SiO2*pH2O
Aralashtirgichdan va superfosfat kamerasidan ajralib chikadigan ftorli gazlarni adsorbsiyasi shu reaksiyaga asoslangan. Adsorbsion sistemaga keluvchi gazlar tarkibidagi ftorning ulushi unchalik katta emas (15-35 g/m3). Bu gazlarning harorati 65°C dan kam bo‘lmasligi lozim, aks xoolda SiF4 gazdagi suv bugi ta’sirida gidrolizlanishi natijasida hosil bo‘ladigan gelsimon silikat kislota gaz utuvchi quvurlarda quyqa tarzida o‘tirib qoladi va bu esa gaz o‘tkazish quvurlarini tez-tez tozalab turish kabi qiyinchilikni keltirib chiqaradi.
Superfosfat olishda gazli fazadan tutib qolinadigan ftoridlar miqdori xom ashyoning tarkibi va boshqa bir qator sharoitlarga bog‘liqdir: 1) fosfatdagi ishqoriy metall, magniy, alyuminiy va temir kabi ftorni ftoridlar tarzida bog‘lovchi va superfosfat tarkibida qoluvchi birikmalar qanchalik kam bo‘lsa; 2) boshlang‘ich sulfat kislota (shunga muvofiq xolda superfosfat massasi suyuq (fazasiniig tarkibidagi fosfat kislota) konsentratsiyasi va kameraning harorati qanchalik katta bo‘lsa, shunchalik ko‘p miqdordagi ftoridlar olinadi.
Bundan tashqari, sulfat kislota me’yorini oshirish, aralashtirishni tezlashtirish, sistemadagi vaakumni kuchaytirish, aktiv kremniy dioksid kiritish va boshqalar orqali ham gazli fazadagi ftoridlar unumini oshirish mumkin. SiF4 ning asosiy (80%) qismi fosfatning sulfat kislota bilan aralashtirish bosqichida ajraladi. Kamerada esa ikkala bosqichda ajraladigan gazning 20% i ajraladi. Ftoridli gazlar, shuningdek superfosfatning kamerada etiltirilishida ham ajraladi.
Ftoridli gazlarni suvli absorbsiyasi amalda SiF4 ning gidrolizlanishi natijasida hosil bo‘lgan H2SiF4 tumanini yuttirishga asoslangan. Superfosfat zavodlarida uni ikki-uch bosqichda amalga oshiriladi. Gaz dastlab tomchilatuvchi valikli gorizontal seksiyali idish (kamera) larda mexanik absorberlarda yuviladi, u erda ftorning 90% i ushlab qolinadi. So‘ngra taxmonli minorada ftoridli birikmalarning qolgan qismi ushlab qolinadi. Minoraning pastki qismi kislotaga chidamli betondan tayyorlangan va ftorsilikat kislota uchun yig‘gich vazifasini o‘taydi. Minoraga suvni sepish orqali ta’minlanadi va bu yerda hosil bo‘lgan kuchsiz H2SiF4 mexanik absorberga uzatiladi. Mexanik absorber po‘latdan tayyorlangan bo‘lib, uning ichki qismi gummirlangan yoki kislotabardosh plitkalar bilan niqoblangan bo‘ladi.
Ishlab chiqariladigan maxsulot sifatidagi H2SiF6 ning tarkibi turli zavodlarda turlichadir, uning konsentratsiyasi 8-10% dan 20-25% gacha bo‘ladi. Gazli fazadan ftorli gazlarni ushlab qolish 98-99% ga etadi.
Sanitar talablarga ko‘ra, superfosfat zavodi atrofidagi yakin joylashgan axoli yashaydigan xududlarning atmosfera xavosida ftorning miqdori (HF xisobida) 0,005 mg/m3 dan, ishlab chiqarish binolarining ichida esa 0,05 mg/m3 dan oshmasligi lozim. Bu me’yorni saqlab turish uchun ventilyatorlar orqali atmosferaga chiqariluvchi gazda ftorning miqdori 10 mg/m3 dan oshmasligi kerak. Superfosfat zavodlarida bir tonna maxsulot ishlab chiqarish jarayonida ventilyatorlar yordamida 250-300 m3 gazni surilib atmosferaga chiqarib yuboriladi.

Yüklə 11,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   159




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə