Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., Nurmurodov t. I., Umirov f. E



Yüklə 11,81 Mb.
səhifə30/159
tarix29.11.2023
ölçüsü11,81 Mb.
#140710
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   159
Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., N

Ammoniylashtirish. Superfosfat sifatini yaxshilashning usullaridan yana biri bu uning ammoniylashtirilishidir, ya’ni erkin fosfat kislotani ammiak gazi bilan neytrallashdir. Ammoniylashgan superfosfat gigroskopik bo’lmagan, quruq, yopishmaydigan kukundir. Uning tarkibidagi azot esa kerakli ozuqa elementidir. Superfosfat tarkibidagi erkin fosfat kislotani gaz xolatidagi ammiak bilan neytrallash jarayonida dastlab monoammoniyfosfat hosil bo‘ladi:
Н3РO4+2NH3= (NН4)2РO4
Neytrallanish issikligining ajralishi xisobiga massaning harorati 80 - 90°C< gacha ko’tariladi va buning xisobiga superfosfat birmuncha quriydi. Bunda suvda eriydigan Р2O5 miqdori kamaymaydi.
Nisbatan kuchliroq ammoniylashtirish natijasida hosil bo‘lgan diammoniyfosfat kalsiy sulfat bilan ta’sirlashib, dikalsiyfosfatga aylanadi:
Н3РО4+ 2NH3 = (NH4)2HPO4
(NH4)2HPO4+ СaSО4= Сa(НРО4)2 + (NH4)24
Monokalsiyfosfat ham dikalsiyfosfatga aylanadi:
Сa(Н2РО4)220 + СaSО4+ 2NH3 = 2Сa(НРО4)+ (NН4) 24 + Н2О
Bunday chukur ammoniylashtirish natijasida superfosfatdagi suvda eriydigan Р2O5 miqdori anchagina kamayadi, ammo o`zlashadigan Р2O5 miqdori sezilarli uzgarmaydi. Ammoniylashtirishni yanada davom ettirish P2O5 retrogradayiyasiga olib keladi - dikalsyfosfat o‘simliklar qiyin o‘zlashtiriladigan trikalsiyfosfat shakliga aylanadi:
2CaHPO4 + CaSO4+ 2NH3 = Ca3(PO4)2 + (NH4)2 SO4
Shuning uchun superfosfatning ammiak bilan neytrallash natijasida tarkibida 2% atrofida azot bo‘lgan maxsulot olinadi. Tarkibida ko‘p miqdorda (8% gacha) azot tutgan ammoniylashtirilgan superfosfat olishda neytrallovchi vosita sifatida suyuq ammiakatlar g`o`llaniladi.
Superfosfatni ammoniylashtirish aylanuvchi barabanli ammoniylashtirgichga uzluksiz ravishda superfosfat kiritish va uning yo‘nalishi bo‘yicha oqimda gaz xolatdagi ammiak yuborish orqali amalga oshiriladi. Ammiakning me’yori superfosfat massa sining 2% ini, uning yutilish darajasi esa 97-99% ni tashkil etadi. Ammoniylashtirishda hosil bo‘ladigan guvala xolatdagi superfosfat elanadi va maydalanadi.
Qoratog‘ fosforitidan olinadigan superfosfatni ammoniylashtirish ayniqsa samarali xisoblanadi. Bunda kalsiy va magniy fosfat tuzlarining eritmadan to‘la ajralishi kuzatiladi va 25°C gacha sovutilganda nafaqat monokalsiyfosfat kristallanadi, balki magniy va ammoniy fosfatlari ham turli xil ikkilamchi va uchlamchi tuzlar kristallogidratlari xolatida ajralib chikadi. Shuning uchun Qoratog‘ fosforitidan olinadigan superfosfatni ammoniylashtirish natijasida yaxshi fizik xossaga ega bo‘lgan maxsulot olinadi.

Yüklə 11,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   159




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə