Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., Nurmurodov t. I., Umirov f. E


SUPERFOSFAT OLISHNING FIZIK-KIMYOVIY ASOSLARI



Yüklə 11,81 Mb.
səhifə26/159
tarix29.11.2023
ölçüsü11,81 Mb.
#140710
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   159
Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., N

3.1. SUPERFOSFAT OLISHNING FIZIK-KIMYOVIY ASOSLARI


Fosfatning parchalanishi. Superfosfat olishda ftorapatitning parchalanishi ikki bosqichda sodir bo‘ladi. Avval erkin fosfat kislota hosil bo‘ladi:
Сa5(РО4)3F + 5Н24 + 2,5Н2О = 3Н3РО4 + 5СaSО4*0,5Н2О + НF
Bu reaksiya 20-40 minut davomida kamerada superfosfat massasining pishitilishi davrida tugaydi. Kalsiy sulfat yarimgidrat shaklida cho’kmaga tushadi, ammo juda tez, bir necha minutda angidritga aylanadi, uning shakli tayyor superfosfatda saqlanib qoladi. Buni superfosfat kamerasidati reaksion massa haroratining yuqoriligi (110-120°C) va suyuq fazada (birinchi bosqich jarayonining oxirida 42-46% Р2О5 miqdorining ko‘pligi bilan izoxlanadi. Bunday sharoitda kalsiy sulfatning stabil shakli angidrit xisoblanadi.
Sulfat kislot to‘la sarflangandan so‘ng ikkinchi bosqich jarayoni - kolganapatitning tuplangan fosfat kislota bilan reaksiyasi boshlanadi:
Сa5(РО4)3F + 7Н3РО4 + 5Н2О = 5Сa(Н2РO4)22О + НF.
Hosil bo‘lgan monokalsiyfosfat dastlab eritmada bo‘ladi, uning to‘yinishidan kristallanishi boshlanadi. СaO - Н3РО4 - Н2O sistemasidagi muvozanat diagrammasidan ko‘rinadiki (2.3 - rasm), eritmadagi Р2O5, miqdori 42-46% va harorat 100°C dan yuqori (bu ikkinchi bosqich jarayonining boshlanish sharoitiga muvofiq keladi) bo‘lganda monokalsiyfosfat Сa(Н3РО4)22O kristallanadi
Stexiometrii nisbatdagi komponentlarning ta’sirlashuvi natijasida sodir bo‘ladigan quyidagi:
2Сa5(РO4)3F + 7Н24 + 3Н2O = 3Сa(Н2РО4)22О + 7СaSO4 + 2НF.
tenglama bo‘yicha boradigan reaksiyaning birinchi bosqich jarayonida 70%, ikkinchi bosqichida esa 30% apatit ta’sirlashadi. Birinchi bosqichda ko‘p miqdordagi suyuq fazada turli tuzilishli mikrokristallardan iborat kalsiy sulfat hosil bo‘ladi. Reaksion massaning qotishi sulfat kislota to‘la sarflanguncha sodir bo‘ladi, uning ishtirokida monokalsiyfosfatning hosil bo‘lishi mumkin emas; shu boisdan massa qotishining sababini faqatgina kalsiy sulfatning kristallanishiga bog‘lash mumkin. Ikkinchi bosqich kamerali etiltirish davrida boshlanadi va omborda maxsulotni uzok vakt (xom ashyo naviga, ishlab chiqarish tartibiga va pishitish sharoitiga bog‘liq xolda 6-25 sutka) pishitishda yakunlanadi.

Yüklə 11,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   159




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə