Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., Nurmurodov t. I., Umirov f. E



Yüklə 11,81 Mb.
səhifə29/159
tarix29.11.2023
ölçüsü11,81 Mb.
#140710
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   159
Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., N

3.2 - rasm. 25, 80 va 1300С MgO - Р2O5 - Н2O sistemasi izotermasi

Belgilangan nuqtalarda ikki katik faza bilan to‘yingan eritmalar tarkibi ko‘rsatilgan.


Yuqorida ta’kidlanganlarni, shuningdek monomagniyfosfatning gigroskopikligini e’tiborga olinsa, u Qoratog‘ fosforitidan olingan suferfosfatning fizik xossalarini yomonlashtiradi. Shuning uchun fosforitlarni oldindan magniy birikmalarining bir qismini yuqotish orqali boyitish maqsadga muvofiqdir. Ishlatiladigan xom ashyoda magniyning miqdori Р2O5, miqdorining 6-8% idan ortib ketmasligi lozim. Qoratog‘ fosforitidan olinadigan superfosfat uchun ombordagi optimal harorat (65-80°C) apatit yoki magniy tutmagan fosforitlardan olinadigan superfosfatlarga nisbatan ancha yuqori bo‘ladi. Bu xolatda superfosfat massasining sovishi parchalanish jarayonini tezlashtirmaydi, balki sekinlashtiradi. Buning sababini yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, suyuq fazaning yuqori darajada neytrallanganligi va haroratning pasayishi bilan monomagniyfosfat eruvchanligining kamaymasligi bilan izoxlanadi.
Tarkibida 27,5% Р2O5. 6,6% SO2 va 2,5% K2O bo‘lgan Qoratog‘ fosforitini 68% li sulfat kislota bilan 64 og‘irlik qism stexiometrik me’yorda parchalash yo‘li bilan olingan kukunsimon oddiy superfosfatda xom ashyoning parchalanish darajasi 90% ga etadi va maxsulot quyidagi tarkibga ega bo‘ladi: umum. = 15,6%; Р2O5uzl. = 14,0%; Р2O5erkin = 5,0%; Н2O = 10,5%.
Ishlab chiqarish kursatkichlari. Superfosfat ishlab chiqarishda fosfatli xom ashyo parchalanishining to‘laligi parchalanish koeffitsient, ya’ni superfosfatdagi uzlashadigan Р2O5 ning umumiy Р2O5 miqdoriga nisbati orqali talkin etiladi. Sulfat kislota me’yori qanchalik katta bo‘lsa, parchalanish koeffitsenti ham shunchalik yuqori bo‘ladi. 68-72 og‘irlik qism me’yorida apatit konsentratidan olingan kamerali superfosfatdagi parchalanish koeffitsenti 83-88% ga teng va superfosfatda ma’lum miqdordagi (11-12%) erkin fosfat kislota bo‘ladi. Superfosfatning ombordagi etiltirish jarayonida esa parchalanish koeffikenti 93-95% ga yetadi, erkin fosfat kislotasi esa -5% gacha kamayadi.
Olingan superfosfat miqdorining uni ishlab chiqarish uchun sarflangan fosfat miqdoriga nisbati superfosfat unumi deyiladi. Vaxolanki, fosfatdagi Р2O5 to‘laligicha superfosfatga o‘tadi, shuning uchun unum fosfatdagi Р2O5 ning foiz miqdorini maxsulotdagi umumiy Р2O5 ning foiz miqdoriga nisbati bilan ifodalanadi. Apatit konsentratidan yangi hosil qilingan superfosfatning unumi 1,94-2,01 ni, fosforitdan olingan superfosfat unumi esa 1,5-1,9 ni tashkil etadi. Superfosfatni omborda saklanishi natijasida undan suvning bug‘lanishi hisobiga unum ma’lum darajaga pasayadi.
Maxsulotning gigroskopikligi va uning neytrallanishi. Yuqori erkin kislotalilikka (5% dan yuqori Р2O5.-,) ega bo‘lgan superfosfat 20°C haroratda havoning nisbiy namligi 70-100% bo‘lganda atmosfera namligini yutadi. Buni superfosfat suyuq fazasining to‘yingan bug‘ bosimi (1,33-1,81 kPa) xuddi shu haroratdagi suvning to‘yingan bug‘ bosimi (1,63-2,33 kPa) dan kichik ekanligi bilan izoxlanadi. Yutilgan namlik ma’lum miqdordagi monokalsiyfosfatni eritadi, uning dikalsiyfosfat va fosfat kislotaga parchalanishiga olib keladi. Ajralgan qo‘shimcha miqdordagi erkin fosfat kislotasi superfosfatni yanada gigroskopikligini oshiradi.
Bunday superfosfat yomon fizik xossaga ega bo‘ladi - yopishqoq bo‘lib qoladi, tushirish va yuklash moslamalariga yopishib kolishi natijasida qiyinchiliklar tug‘diradi. Bundan tashqari mexanizmlarning korroziyasini tezlashtiradi. Shuning uchun etiltirilgan superfosfat fosfat kislotada oson parchalanuvchi neytrallovchi qo‘shimchalar bilan neytrallanadi. Odatda neytrallanish jarayoni donadorlash bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. Neytrallovchi qo‘shimcha sifatida oson parchalanadigan mayda fraksiyali fosforit uni, suyak kukuni, oxak, bo‘r, oxaktosh, ftorsizlantirilgan fosfatlar va boshqalar ishlatiladi. Tarkibida fosfor tutgan neytrallovchi qo‘shimchalar maxsulotni boyitadi. Fosforitning qo‘llanilishi natijasida erkin Р2O5 ning 1% ga kamayishi xisobiga, ekvivalent suratda, maxsulotdagi uzlashadigan Р2O5 ning miqdori o‘rtacha 0,42% ga ortadi. Superfosfatdagi fosfat kislotani kalsiy birikmalari bilan neytrallash natijasida maxsulot tarkibida qo‘shimcha miqdordagi kalsiy monofosfat hosil bo‘ladi. Bunda superfosfatdagi qattiq komponentlar miqdori ortadi va uning fizik xossasi yaxshilanadi. Superfosfatdagi kislotalilikni keragidan ortiq darajada kamaytirish suvda kam eriydigan dikalsiyfosfatning hosil bo‘lishiga olib keladi, oxakning ortiqcha bo‘lishi esa qiyin eriydigan trikalsiyfosfat hosil bo‘lish bilan boradigan retrogradatsiyalanishga olib keladi. Maxsulot tarkibining ayrim qismlaridagi retrogradatsiya esa reagentlarning yomon aralashtirilishi xisobiga yuzaga keladi. Shuning uchun neytrallash jarayonida qo‘shimchalarni maxsulot bilan yaxshi aralashishini ta’minlash lozimdir.

Yüklə 11,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   159




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə