Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., Nurmurodov t. I., Umirov f. E



Yüklə 11,81 Mb.
səhifə27/159
tarix29.11.2023
ölçüsü11,81 Mb.
#140710
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   159
Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., N

Sulfat kislotaning me’yori. Fosfatni parchalashga sarflanadigan sulfat kislotaning stexiometrik me’yori 7Н24:3Р2O5-, nisbat orqali aniqlanadi va u 1 qism Р2O5, ga 1,61 qism Н2S04 to‘g‘ri keladigan miqdorga teng (Bu yerda va keyinchalik ham massa nisbatida bo‘ladi). Apatit konsentratida 39,4% Р2О5.-) bo‘lsa, 100 qism xom ashyoga to‘g‘ri keladigan Н24 ning stexiometrik me’yori 39,4x1,61 = 63,4 qismni tashkil qiladi. Parchalanishni tezlashtirish maqsadida va begona qo‘shimchalar borligini xisobga olgan xolda kislotaning amaliy me’yori nisbatan yuqori - 68 dan 72 qismgacha olinadi.
Fosforitlardan oddiy superfosfat olishda sulfat kislotaning stexiometrik me’yorini xisoblash - xom ashyoning kimyoviy va mineralogik tarkibini hamda reaksion muxit kislotaliligining kamayish darajasi bo‘yicha uning parchalanish jarayonida sodir bo‘ladigan ikkilamchi reaksiyalarni ham e’tiborga olingan xolda amalga oshiriladi. Ajralib chiqadigan kislotalar (Н3РO4, НF) ham boshlang‘ich xom ashyo komponentlarini parchalaydi. Boshlang‘ich xom ashyo tarkibidagi kalsiyning bir qismigina monofosfatga aylanadi, qolgan asosiy qismi esa sulfat kislota sarflanishi xisobiga kalsiy sulfatga aylanadi. Fosfatli anionlarning bir qismi kationli qo‘shimchalar - Mg, Fe3+, A13+ bilan birikadi, natijada monofosfatga aylanadigan kalsiyning ma’lum ulushini kamayishiga, ya’ni hosil bo‘ladigan СaSO4 miqdorining ortishiga olib keladi;
bu esa sarflanadigan Н2SO4 me’yorini orttirishni talab etadi.
Fosforitda kalsiydan tashqari erimaydigan sulfatlar hosil qiluvchi boshqa elementlar yo‘q bo‘lganda, sulfat kislotaning stexiometrik me’yori (p) quyidagi formula bilan aniqlanadi:
p = 98[l/56 - (m/142 - r/40 - g/160 -r/102)]. Bu yerda: l, m, r, g, r - xom ashyo tarkibidagi (mos xolda) СaO, Р2O5, MgO, Fe2O3;) va A12О3; larning massa bo‘yicha % miqdorlari; 56, 142, 40, 160 va 102 - tegishlicha ularning molekulyar massalari.
Sulfat kislotaning aniq (real) me’yori uning xisoblangan me’yoridan birmuncha kichik bo‘ladi, chunki Сa2+ ionining bir qismi F- va SiF62- ionlari bilan ham birikadi. Boshqa qo‘shimchalar esa uning miqdorini oshirishi mumkin. Shuning uchun xar bir turdagi xom ashyo uchun sulfat kislotaning amaliy me’yori tajriba yo’li bilan belgilanadi.

Yüklə 11,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   159




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə