Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., Nurmurodov t. I., Umirov f. E


- rasm. To‘g‘ri kamerali aralashtargich



Yüklə 11,81 Mb.
səhifə32/159
tarix29.11.2023
ölçüsü11,81 Mb.
#140710
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   159
Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., N

3.4 - rasm. To‘g‘ri kamerali aralashtargich
1- kameralar; 2 - aralashtirgichlar; 3 - suepenziyani chiqarish; 4 - kiritish tirqichi;5 - qopqoq; 6 - chuyanli shiber ; 7 - shiberni ko‘tarib tushirish uchun tros.
Apatitni kislota bilan aralashtirish uchun uzluksiz ishlaydigan uch yoki to‘rt kamerali vertikal aralashtirgichlar ko‘llaniladi (3.4 - rasm). Suspenziya (bo‘tqa) hajmi shiber (ishchi organi tekis shakldor plastinka) orqali tartibga solinadiki, bunda uning aralashtirilishi 5-7 min (Qoratog‘ fosforiti bilan ishlanganda esa - 2-3 min) davom ettirilishi ta’minlanadi. Suspenziya aralashtirgichdan superfosfat kamerasiga oqib tushadi (3.5 - rasm). U po‘lat gilofli va ichki qismi futirovka qilingan vertikal temir-betonli silindrik korpus 1 dan iborat. Kamera 16 rolikli tirgakka tayantirilgan, ular vositasida kamera ostidagi mustaxkam salniklar orqali o‘tuvchi qo‘zg‘almaydigan chuyan quvur 2 atrofida aylanadi. Aylantirish reduktor 4 orqali elektromotor 3 yordamida amalga oshiriladi; 1-2 soat mobaynida kamera bir marta aylanadi (aylanish yo‘nalishi tasvirda strelka bilan ko‘rsatilgan). Kameraning temir-betonli qopqog‘i 5 qo‘zg‘almasdir, kamera va qopqoq orasida rezinali zichlashtirgich bor. Qopqoqka vertikal xolatda markaziy kuvurga tegib turuvchi qo‘zg‘almas chuyanli tusik 6 maxkamlangan va u yuklash zonasini chiqarish zonasidan ajratib turadi. Shu tusik atrofida, chiqarish zonasi tomonida frezer 7 joylashgan. Bu tik ukda aylanuvchi pulat moslama («karusel») ga xromli chuyandan tayyorlangan pichokli kanotlar maxkamlangan. Frezer kamera kopkogiga osilgan xolatda bo‘lib, kamera aylanishiga karama-karshi yo’nalishda 0,13-0,17 c-1 (8-10 ayl/min) chastotada aylanadi.

3.5 - rasm. Uzluksiz ishlaydigan suferfosfat kamerasi 1 - kameraning silindrik korpusi; 2 - markaziy quvur; 3 -elektromotor; 4 - reduktor; 5 -kamera qopqog‘i; 6 - to‘siq; 7 -frezer; 8 -suspenziya tushish tirqishi; 9 - ekssentrik.
Suspenziya aralashtirgichdan qopqoqdagi teshik 8 dan o‘tuvchi kuvur orqali uzluksiz ravishda kameraga okib tushadi. Kameraning aylanish jarayonida superfosfat massasi frezerga tomon yo’nalishida qattiqlashib boradi va tayyor maxsulot frezerda kirib olinadi. Frezerning bir marta aylanishi natijasida 5-25 mm qalinlikdagi superfosfat qatlami kirib olinadi. Kirilgan superfosfat markaziy quvurga undagi yirik tirqish orqali tushadi va undan esa maxsulotni omborga uzatuvchi transporterga tushadi. Qo‘zg‘almas markaziy quvur bo‘yicha superfosfat massasining ishlqalanishi xisobiga yuzaga keladigan aylanish qarshiligini kamaytirish maqsadida kameraning yuklash zonasida markaziy quvurning tashqi devoriga yog‘ochli ekssentrik 9 joylashtirilgan. Uning vazifasi - etiltirish jarayonida superfosfat massasining kengayishi uchun erkin hajm hosil qilishdir. Superfosfat massasining zichligi, dastlabki qotish jarayonida 1500 kg/m3 ga teng va vaqt o‘tishi bilan kamayib, kameradan chiqarish paytida 1100 kg/m3 ga teng bo‘ladi. Tarkibida karbonat tutgan fosforitlarni qayta ishlashda superfosfat massasi g‘ovak bo‘lganligi uchun uning kamera devoriga bosimi kam bo‘ladi, uning zichligi 800-900 kg/m3 ni tashkil etadi. Reaksiyada ajraladigan gazlar kamera qopqog‘idagi teshikdan ventilyasiya quvuriga va undan esa absorbsion sistemaga suriladi. Omborga uzatilgan superfosfat tashlab qo‘yilgan xolatda ma’lum darajada sovutiladi. Bu maqsadda uncha katta bo‘lmagan (uzunligi 0,7-1 m, diametri 0,6-0,8 m) tez aylanuvchi (aylanish chastotasi 17-24 s"1 yoki 1000-1450 ayl/min) gorizontal baraban qo‘llaniladi. Odatda ombor aralashtirgichlar va transportyor mexanizmlar bilan jixozlangan bo‘ladi. Ular yordamida maxsulot sovutiladi, vaqti-vaqti bilan aralashtirib turiladi, uning etilishi tezlashtiriladi, ombordan chiqarilishi ta’minlanadi.
Shularga qaramay, superfosfat ombor da 2-3 xafta turib qoladi. Superfosfat ishlab chiqaruvchi yirik zavodlarda (1000-3000 t/sutka) katta hajmdagi omborlar talab etiladi. Buning natijasida ombordan chikadigan katta hajmdagi xavo tarkibidagi ftorli gazlarni tozalash kabi muxim ekologik muammolar kelib chikadi. SHu maqsadda superfosfat ishlab chiqarishning omborli etiltirish jarayonisiz amalga oshirish masalasi yuzaga keladi. Omborli etiltirish jarayonisiz oddiy superfosfat olishning xuddi qo‘shaloq superfosfat ishlab chiqarishdagi kabi kamera-oqimli va oqimli usullari mavjuddir (bu usullarga keyinroq to‘xtalamiz).
1 t kukunsimon superfosfat ishlab chiqarish uchun 0,53-0,55 t apatit konsentrata va 0,37-0,38 t sulfat kislota (100% li) talab etiladi.

Yüklə 11,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   159




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə