Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., Nurmurodov t. I., Umirov f. E


DONADORLANGAN VA AMMONIYLANGAN SUPERFOSFATLAR



Yüklə 11,81 Mb.
səhifə34/159
tarix29.11.2023
ölçüsü11,81 Mb.
#140710
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   159
Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., N

3.5. DONADORLANGAN VA AMMONIYLANGAN SUPERFOSFATLAR


Xozirgi vaqtda donadorlangan shakldagi superfosfat ham ishlab chiqarilmokda. Quritilgan donador superfosfat yopishqok emasligi, qotib qolmasligi, tarkibidagi P2O5 ning ko‘pligi, namlikning ozligi va boshqa xossalari bo‘yicha kukunsimon superfosfatdan farqlanadi. Uni xattoki urug‘ bilan birgalikda ekish mumkin, buning natijasida o‘g‘it tuproqda bir tekisda taksimlanadi va samaradorligi yaxshilanadi. Donachalarning tuproq eritmasida sekin erishi tufayli, undagi suvda eruvchan P2O5 ning juda oz miqdorigina tuproqdagi temir va alyuminiy oksidlari bilan ta’sirlashib, qiyin eriydigan birikmalarga aylanadi. Natijada o‘g‘itdan samarali foydalanish imkoniyati yaratiladi, ya’ni ug‘itning foydali ta’sir koeffitsienti (FTK) ortadi.
Donadorlangan superfosfat ishlab chiqarish sxemasi 3.6 - rasmda tasvirlangan. Superfosfat va neytrallovchi qo‘shimcha ostiga me’yorlashtirgich o‘rnatilgan bunkerlar 1 va 2 dan lentali ta’minlagich 3 orqali o‘qli tegirmon 4 ga tushadi, u erda maydalanadi va aralashtiriladi. So‘ngra aralashma elevator 5 ga tushadi, u erga, shuningdek, donadorlangan superfosfatni elashdan qaytarilgan mayda fraksiya - retur muntazam ravishda kelib tushadi. Elevatorda uzatilgan aralashma transportyor 6 orqali donadorlagi 7 ga kelib tushadi. Bu aylanuvchi barabanda namlangan kukunsimon material donadorlanadi. Materialni 16% gacha namlash uchun kerak bo‘ladigan suv sachratgich forsunka orqali donadorlagich ichiga purkab turiladi. Superfosfat diametri 1,4 m, uzunligi 7,5 m va 0,125 s'1 (7,5 ayl/min) chastotada aylanuvchi barabandan 7 minut vaqt mobaynida o‘tadi. Hosil bo‘lgan nam donador maxsulot diametri 2,2 m, uzunligi 14 m va 0,125 s'I (7,5 ayl/min) chastotada aylanuvchi quritish barabani 8 ga tushadi, u erda 3-5% namlikkacha quritiladi. Suvda yaxshi eriydigan monokalsiyfosfatning yomon eriydigan kalsiy di- va metafosfatlarga aylanishini oldini olish maqsadida kuritish jarayonida maksulotning haroratini 95° S dan oshirmaslik kerak. SHuning uchun superfosfat va qizdiruvchi gaz bir xil yo‘nalishda beriladi, ya’ni qaynoq gaz oqimi ko‘proq nam maxsulot bilan to‘qnashadi, natijada maxsulotning qizib ketish xavfi kamaytiriladi. Qizdiruvchi gaz quritgichga kirishda 600°C, undan chiqishda esa 100-120°C haroratda bo‘ladi.
Quritishda ftor birikmalari (2HF + SiF4 ning taxminan ekvivalent aralashmasi tarzida) uchib chiqadi. Superfosfat quritilishdan oldin qanchalik chuqur neytrallangan bo‘lsa, ftorli birikmalarning ajralishi ham shunchalik kamayadi, chunki superfosfat suyuq fazasidagi erkin fosfat kislotasining kamayishi natijasida SiF4 ning parsial bosimi ham kamayadi. Odatda superfosfatda qolgan ftorning 10-17% i quritishda ajraladi; ftorning ajralish darajasi haroratning ko‘tarilishi va quritish davomiyligining uzayishi bilan ortadi.


Yüklə 11,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   159




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə