Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., Nurmurodov t. I., Umirov f. E



Yüklə 11,81 Mb.
səhifə31/159
tarix29.11.2023
ölçüsü11,81 Mb.
#140710
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   159
Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., N

3.3. SUPERFOSFAT ISHLAB CHIQARISH

Superfosfat sexiga fosfatli xom ashyo ombori va sulfat kislota saqlag‘ich; fosfatni sulfat kislotali parchalash amalga oshiriladigan xizmat bo‘linmasi (xuddi shu yerda ajraladigan ftorli gazlarni yuttirish ham amalga oshiriladi); superfosfat ombori, u erda maxsulotni bir qancha muddat etiltiriladi va pishitilgan maxsulot hosil qilinadi. Uzluksiz usulda superfosfat ishlab chiqarish sxemasi 3.3 - rasmda tasvirlangan.


Zavodga keltirilgan apatit konsentrati (yoki fosforit uni) temir yul vagonlaridan tushiriladi va turli xil tashish moslamalari - elektromexanik kuraklar, lentali tashish moslamalari, shneklar, elevatorlar va boshqa pnevmatik moslamalar vositasida xom ashyo ombori (silos) ga, undan esa sarflovchi bunkerga va so‘ngra me’yorlashtirish bunkeriga uzatiladi. Siloslardagi materiallarning bir-biriga kirishib yopishib qolishini oldini olish maqsadida siloslar tagiga o‘rnatilgan yoriqli plitkalar orqali kisilgan xavo berib turilgan xolda aeratsiya yuzaga keltiriladi. Fosfatning me’yoriy berilishi o‘lchovli me’yorlashtirgich yordamida amalga oshiriladi. Elektromagnit tebratgichli va shnekli ta’minlagichli ikki bosqichli me’yorlashtirgichlardan foydalanish kam inersiyaga va yuqori aniqlikka ega bo‘lganligi uchun birmuncha afzaldir. Qoratog‘ fosforit uni yuqori oquvchan xossaga egadir, shuning uchun uni me’yorlashtirish 40-45 sekunddagi kukun miqdorini o‘lchovchi elektron to‘g‘rilagich o‘rnatilgan miqdoriy tarozilarda amalga oshirish afzaldir.

3.3 - rasm. Superfosfat olishning kamerali usuli
1 - apatit konsentrat uchun transporter; 2 - bunker; 3 - shnekli ta’minlagich; 4 - cho‘michli elevator; 5,9 - shneklar; 6 - ortiqcha apatit konsentrati uchun qaytaruvchi shnek; 7 - me’yorlashtiruvchi bunker; 8 - me’yorlashtirgich; 10 - aralashtirgich; 11- o‘lchovli me’yorlashtirgichli tekshirish shnek uchun nazorat tarozisi; 12 - nazorat tarozisi uchun bunker; 13 - sulfat kislota uchun rezervuar; 14 - markazdan qochma kislotali nasos; 15 - kislota uchun bak; 16 - kislota aralashtirgich; 17 - suv uchun bak; 18 - minorali sulfat kislota ishlatganda ajraladigan azot oksidlari uchun gaz ajratgich; 19 - kislota uchun konsentratomer; 20 - tirqichli kislota sarflagich; 21 - supefosfat kamerasi; 22 - frezer; 23 - kamerali superfosfat transportyori; 24 - superfosfatni omborga tashlagich.
Sulfat kislota uluksiz ravishda suv bilan suyultiriladi; suyultirishni kislota zichligi bo‘yicha konsentratomer orqali nazorat qilinadi. So‘ngra sarflagich orqali apatit konsentrati bilan aralashtirishga oqib tushadi



Yüklə 11,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   159




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə