Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., Nurmurodov t. I., Umirov f. E



Yüklə 11,81 Mb.
səhifə22/159
tarix29.11.2023
ölçüsü11,81 Mb.
#140710
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   159
Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., N

2.4- jadval
Biri biridan farq qiluvchi mineralogik tarkibi.

-nifelin (Na3K)2O*Al2O3*25O2*nSiO2
- egirin - NaFeSi2O6

-ftorgidroksil karbonat apatit

- sfen - CaTiSiO5

Ca10P5CO23(F,OH)3

- titanomagnetik - FeTiO3*nFe3O4

- frankolit

- polevoy shlam - (Na,K)AlSi3O6

Ca10P5,5C0,8O23,2F1,8OH




- kurenkit




Ca10P4,8C1,2O22,8F2




- glaukanit




- kalsit




- limonit Fe2(OH)6*Fe2O3




- dolomit CaCO3*MgCO3




- magnezialnoe silikatы
Mg2SiO3




- kaolin, kvars va organiq moddalar.


2.5 - jadval
Ma’danlarning o‘rtacha kimyoviy tarkibi

P2O5 - 14-18,5%

1) qatlamli (plastik) 18-36%Р2O5 va 2-3% Р2O3




2) jelvakli aloxida jelvak-toshlari 12-29%
Р2O5 va 5-15% Р2O3




3) rakushkali fosforit.


2.6 - jadval
Fosfat xom ashyosiga qo‘yilgan talablar

P2O5

Cuperfosfat uchun: xibin apatiti - 39,5%
fosforit - 28%

EFK olish uchun: fosforit Karatau - 24,5%

Elementar fosfor olish uchun - >21%

Uch valentli oksidlar
Fe2O3
Al2O3

Sulfat kislotali parchalashda:
(C Fe2O3 /C P2O5)*100>11,5-12,0 bo‘lsa FePO4*2H2O cho‘kma tushadi
Fosforitlarda Fe2O3 / Al2O3 =2-1;
(C Fe2O3 /C P2O5)*100<8, bo‘lishi kerak
(C R2O3 /C P2O5)*100<12, bo‘lishi kerak
Fe2O3 / Al2O3 larni HCl ni HNO3 dagi eruvchanligi H2SO4 dagi eruvchanligidan kam bo‘lgani uchun azot va xlorid kislotali parchalashda bularni fosforitdagi miqdori chegaralanmagan.

CO2

SCO2<8%

MgO

Sulfat kislotali parchalashda:
(SMgO/SP2O5) 100<7-8% superfosfat olishda
(S MgO/SP2O5) 100<5-6% EFK olishda
Xlorid va azot kislotali parchalashda va termofosfatlar olishda ta’siri kam.

SiO2

Sulfat kislotali parchalashda:
O‘g‘it tarkibida P2O5 kamayadi
Azot kislotali parchalashda kislota sarfini ko‘paytiradi
Filtratsiya jarayonini yomonlashtiradi P2O5 yo‘qolishini ko‘paytiradi.

Donadorlangan tarkibi

Elementar fosfor olishda 10-70 mm.


2.7 – jadval
Fosfat turlari va tarkibi



Fosfat

P2O5

CaO

MgO

P2O3

CO2

F2

Xlorid eritmasi erimaydigan qoldiq

CaOb P2O5

1



Xibin apatit
konsentrati
(flot)

39,4

52

0,1-0,2

1-2

-

2,8-3,1

0,2-1,5




2



Kovdormagnetli
apatit; madan;
Flot konsentrati

7

35,3


16

53,5


14

2,5


31


0,6-1,9

-

3-7


0,9

0,8-1,2


0,4-2,4




3


Qoratog‘
fosforiti; madan

Flot konsentrat



16-28

28,5


27-44

41


0,4-4,2

2,7-3,4


2,1-3,5

2,2


2-10
3,8



1,5-2,3

2,9


13




4


Florida fosforiti
(AQSH)

30,36

45-50

0,1-1

1,4-3,5

1,5-1,4

3,3-4

7-10





2.8 - jadval
Markaziy qizilqum fosforitlari




Fosforit turlari

P2O5

CaO

Al2O3

Fe2O3

MgO

F

CO2

1

Fosforit uni

17,65

47,48

1,22

2,47

1,75

1,81

15,20

2

Yuvilgan konsentrat

24,08

46,39

0,35

0,48

0,94

2,48

9,21

3

Chang fraksiyasi

18,54

44,72

0,95

0,18

0,8

2,22

14,80

4

Termik konsentrat

27,26

53,36

1,3

0,51

0,61

2,91

2,41

5

Minerallashgan massa

13,75

43,99

1,31

1,44

0,70

1,91

19,26

Tabiiy fosfatlarni sulfat kislotali parchalash natijasida sulfat kislota stexiometrik me’yoriga karab maxsulot sifatida oddiy superfosfat, kush suferfosfat va ekstraksion fosfat kislota (EFK) olinadi.

2.8. TABIIY FOSFATLARNI SULFAT KISLOTALI PARCHALASHNING UMUMIY FIZIK-KIMYOVIY ASOSLARI


Tabiiy kalsiy fosfatlarning kislotalar bilan parchalanishidan fosfor kislotasi va kalsiyning tegishli tuzlari hosil bo‘ladi. Kalsiyli tuzlari suvda yaxshi eriydigan kislotalar (masalan, nitrat yoki xlorid kislota) ishlatilganda olingan eritmalarni o‘g‘itga aylantirish, o‘simliklar tomonidan uzlashmaydigan yoki kiyin uzlashadigan fosfatli birikmalarga aylanishiga olib keladigan kimyoviy o’zgarishlarni oldini olish uchun kalsiyning bir qismini ajratib olish yoki bog‘lash orqali amalga oshiriladi. Bundan farqli ularok, fosfatlarni sulfat kislotali parchalashda ajraladigan suvda kam eruvchi kalsiy sulfat qattiq fazaga o‘tadi; o‘g‘it tarkibida ballast (keraksiz qo‘shimcha) sifatida katnashishi yoki eritmadan ajratib olinishi mumkin. Birinchi xolatda oddiy superfosfat, ikkinchisida esa ekstraksion fosfat kislota olinadi.
Tabiiy fosfatlarni sulfat kislota bilan ishlov berilganda, ftorapatit:
fosfat kislota olishda:
Сa5(РO4)2F + 5Н2SO4 + 5nН2O ==3RO4 + 5СaSO4*nН2O + НF
superfosfat olishda:
2Сa5(РO4)3F + 7Н2SO4 + ZН2O = ZСa(Н2РO4)22O + 7СaSO4 + 2НF
reaksiya tenglamalari bo‘yicha parchalanadi.
Shu bilan bir vaktda fosfatli xom ashyo tarkibidagi boshqa minerallar: kalsit, dolomit, temir- va alyumosilikatlar ham parchalanadi. Masalan:
СaMg(SO3)2 + 2Н2SO4 + (n-2)Н2O = СaSO4*nН2O + MgSO4 + 2SO2
K2O*Na2O*A12O3*2SiO2 + 5Н2SO4 = Na2SO4 + K2SO4 +Al2(SO4)3 + 2SO2 + 5H2O

Kremniy dioksid НF bilan ta’sirlashib, SiF4 hosil qiladi:


SiO2 + 4НF = SiF4 + 2Н2O
SiF4 ning bir qismi gazli fazaga o‘tadi, kolgan qismi esa eritmada qoladigan geksaftorsilikat kislotaga aylanadi:
SiF4 + 2НF = Н2 SiF6
Tarkibida kislotada eruvchan ko‘p miqdordagi magniy, alyuminiy, temir birikmalari bo‘lgan tabiiy fosfatlar sulfat kislotali ishlov berish uchun yaroksizdir. Ayniqsa temir tutgan qo‘shimchali minerallar yaroksiz xisoblanadi.
hosil bo‘ladigan temir fosfatlari barkaror tuyingan eritmalarga aylanib, ulardan asosan FeРO4*2Н2O shaklida kristallanish sekin kechadi. Buning okibatida fosfat kislota olishda kalsiy sulfat cho’kmasi bilan birgalikda erimaydigan temir fosfati shaklida Р2O5 ning bir qismi yukotilishi xisobiga uning unumi kamayadi;
superfosfat olishda esa maxsulotdagi suvda eriydigan Р2O5.-, ning miqdori kamayadi, chunki uning ma’lum ulushi o‘simliklarga qiyin o’zlashadigan, sitratli eritmada qisman eriydigan FePO4*2Н2O shakliga o‘tadi. Eritmadan kiyin eriydigan shaklga o‘tish Р2O5, ning retrogradakiyasi deyiladi. Shu boisdan sulfat kislotali parchalashda tarkibida ko‘p miqdorda temir tutgan fosforitlar ishlatilmaydi.
Rudalarni oldindan oksidlovchilik atmosferasida 850-1150°C haroratda qizdirish Fe(II) birikmalari - gyotet FeO(OH), gidrogyotet FeO(OH)*nH2O larning kislotalarda kiyin eriydigan gematit Fe2O3, magnetit FeFe204 va boshqa birikmalarga aylanishiga olib keladi. Lekin, xattoki uzok vakt kizdirish ham bu qo‘shimchalarning tayyor maxsulot sifatiga va ishlab chiqarishning texnologii kursatkichlariga salbiy ta’sirini tuda bartaraf eta olmaydi. Shuning uchun sulfat kislotali parchalash jarayonida, odatda, tarkibidagi Fe2O3:P2O5 ogirlik nisbati 0,08 dan katta bo’lmagan ruda va konsentratlar kullaniladi; bunda Р2O5, retrogradatsiyasi sezilarsiz darajada bo‘ladi.
-Fosfatli rudalardagi karbonatlar - kalsit, dolomit qo‘shimchalari ularning parchalanishi uchun qo‘shimcha miqdordagi sulfat kislota sarflanishiga, SO2 ajralishi xisobiga reaksion jixozlarda ko‘p miqdordagi kulik hosil bo‘lishiga, buning natijasida esa ular ish unumining pasayishiga olib keladi. Kalsit va dolomitning parchalanishi natijasida superfosfatdagi usiz ham unchalik katta bo’lmagan P2O5 konsentratsiyasini kamaytiruvchi yoki fosfat kislota olishdagi tashlandiq gips miqdorining oshiruvchi qo‘shimcha miqdordagi kalsiy sulfat hosil bo‘ladi.
Rudani kuydirish natijasida karbonatlar parchalanadi va SO2 yo’qotiladi. Shuning uchun kuydirilgan ruda ishlatilganda ko‘piklanishning oldi olinadi. Ko‘piklanishni birdaniga kamaytirishning boshqacha usuli, bu reaktorga uzatiluvchi rudalarni tashish moslamalari (shnek yoki lentali transportyor) da uncha ko‘p miqdorda bo’lmagan sulfat yoki fosfat kislotalar bilan namlash xisoblanadi. Bunda karbonatlarning asosiy qismi parchalanib bo‘ladi.
Rudalarni kislotali parchalanishida uning tarkibidagi magniy birikmalari xom ashyoni yuqori parchalanish darajasiga erishishda tuskinlik kiluvchi va olinadigan maxsulot sifatini yomonlashtiruvchi suvda eruvchan magniy sulfat va fosfatlariga aylanadi. Shuning uchun tarkibida ko‘p miqdorda magniy tutgan xom ashyodan uni kimyoviy boyitish orqali yuqotish lozimdir.
Tabiiy fosfatlarni sulfat kislotali parchalash jarayonining texnologik parametrlarini tanlash uchun СaSO4 - Н3РO4 - Н2O sistemasining xossasi asos xisoblanadi. Bunda kalsiy sulfat uch xil: bitta suvsiz (angidrit СaSO4) va ikkita kristallogidrat [yarimgidrat (polugidrat) yoki bassanit СaSO4*0,5H2O va digidrat yoki gips СaSO4*2Н2O] shaklida mavjud bo‘lishi mumkin. Ko’rsatilgan shakllar kristallanishining haroratli va konsentratsiyali soxalari - (fosfat kislotadagi ularning eruvchanlik nisbatlari yoki eritma ustadagi suv bug‘i bosimi va gipsninig yarimgidratga yoki angidritga va yarimgidratning angidritga aylanishdagi qaytar reaksiyalar dissotsiatsiya bosimining nisbati orqali aniqlanadi.
Misol sifatida kalsiy sulfatning 80°C dagi eruvchanlik izotermasi 2.3 - rasmda keltirilgan. Tasvirdan kurinadiki, eritmadagi fosfat kislotaning miqdori ortib borishi bilan uchta modifikatsiyaning barchasini eruvchanligi dastlab ortib boradi, 16-22% Р2O5 da maksimumga erishadi va so‘ngra pasayadi. 80°C da angidrit minimal eruvchanlikka ega bo‘ladi, uning uzi, shuning uchun qattiq faza bilan muvozanatga sabab bo‘ladi. 33,3% dan kam Р2O5 to‘ingan eritmalarda metastabil gips (metastabil kristallogidratlar izotermalari kesishgan a nuqtada) bevosita angidritga aylanadi;
nisbatan yuqori konsentratsiyali eritmalarda dastlab gipsning kam eriydigan yarimgidratga konversiyasi sodir bo‘ladi, shundan keyin yarimgidrat angidritgacha degidratlanadi. Bu o’zgarishlar stabilligi kam fazaning asta-sekin erishi va shu bilan bir paytda eritmadan stabilligi yuqori fazaning kristillinishi yo’li bilan sodir bo‘ladi.


Yüklə 11,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   159




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə