Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., Nurmurodov t. I., Umirov f. E


FOSFORITLARNING FIZIK - KIMYOVIY VA MEXANIK XOSSALARI



Yüklə 11,81 Mb.
səhifə21/159
tarix29.11.2023
ölçüsü11,81 Mb.
#140710
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   159
Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., N

2.6. FOSFORITLARNING FIZIK - KIMYOVIY VA MEXANIK XOSSALARI


Markaziy Qizilqum fosforitlaridan yangi navli fosforli o‘g‘itlar olishning fizik-kimyoviy asoslarini yaratishda, me’yoriy-texnik hujjatlarni ishlab chiqish va sanoat miqyosida ishlab chiqarishni tashkillashtirishda xom ashyo va tayyor mahsulotlarning fizik-kimyoviy va mexanik xossalari haqidagi ma’lumotlar zarurdir. CHunki bu tavsifnomalar xom-ashyolarni qayta ishlash uchun qurilma va uskunalar o‘lchamli to‘g‘ri hisoblash bilan birga ulardan unumli foydalanishga imkon beradi.
Fosforit zarrachalarining oquvchan sharoitdagi harakatchanligi uning uyma og‘irligi orqali ifodalanadi. U xom ashyo saqlanayotgan hajmdagi va shuningdek bunker va siloslardan bo‘shatilayotgandagi xarakatning asosiy ko‘rsatkichlarini hisoblashda zarur bo‘ladi. Uyma og‘irlik ko‘rsatkichi asosiy xom ashyo bunker va idishlar o‘lchovlarini, uni tashuvchi moslama va qurilma quvvatlarini hisoblash uchun aniqlanadi.
2.2– jadval
Toshqo‘ra fosforitlarining kimyoviy tarkibi



Namunalar

Komponentlar,%.

Р2O5

СaO

MgO

SO2

Р2O3

SO3

F

H2O

E.K

1

Boyitilmagan
fosforit uni

17,65
18,03

44,57
42,43

1,73
1,68

15,25
15,18

2,53
2,45

4,42
3,11

2,32
2,10

1,15
1,09

7,84
7,35

2



Minerallashgan
fosforit

13,94
12,45

43,78
44,50

2,11
2,03

19,10
18,85

3,26
3,18

2,10
1,95

0,42
0,35

1,17
1,16

11,7
8,61

3

Fosforit changi

18,54
18,05

45,29
41,20

1,81
1,78

15,00
15,16

2,73
2,66

2,81
0,71

0,81
0,76

0,41
0,38

10,2
7,23

4

Guliob fosforiti

5,05

17,0

0,70

5,28

2,83

1,02

0,90

2,20

0,59


2.3 – jadval
Toshqo‘ra fosforit namunalarining fizik - kimyoviy xossalari





Texnologik
ko‘rsatkichlar

Fosforit namunalari

Boyitilmagan uni

mineralashshgan

Fosforit changi

Donadorlik,%

+0,16 mm - 30

-5 mm - +3 mm- 10,5
-2 mm - + 1 mm - 13,1>1mm - 60,0

-0,3 mm - + 0,1 mm - 13,54, >0,1 mm - 86,46

1

Namlik,%

1,15

2,10

2,45

1,17

2,24

2,61

0,41

0,89

1,02

2

Zichlik, g/sm3

2,31

2,40

2,43

2,11

2,23

2,38

2,17

2,22

2,30

3



Uyma og‘irlik,
g/sm3

1,07

1,13

1,21

1,35

1,46

1,49

0,61

0,78

0,85

4



Tabiiy qiyalik
burchagi, 0С

38

40

42

58

56

60

11

12

14

5

Oquvchanlik, s

17

20

Oquvchan emas

Namligi 1,15% bo‘lgan boyitilmagan fosforit unining uyma og‘irligi 1,07 g/sm3 ga teng. Xom ashyo tarkibidagi namlikning 2,45% gacha ortishi uning uyma og‘irligini 1,13 martaga oshiradi.


Ushbu bog‘liqlik past navli fosforit va fosforit changi namunalarida ham nomoyon bo‘ladi. Sochiluvchan modda zarrachalari harakati ularning erkin yuzada hosil qilgan tabiiy qiyalik burchagiga bog‘liqdir. Qiyalik burchagi qancha kichik bo‘lsa bu uning yuqori sochiluvchanligini ko‘rsatadi.
Past sifatli fosforit namunasida esa buning aksi, chunki uning donadorlik tarkibi fosforit changidan keskin farq qiladi.
Qadoqlash qurilmalarini loyixalash va tanlashda fosforit zarrachalarining oquvchanligi katta rol o‘ynaydi. Ma’lum miqdordagi xom ashyo namunalarini 4 mm diametrga ega bo‘lgan varonkadan oqib tushish vaqti oquvchanlikni ifodalaydi.
Tajribalar faqatgina namligi 2,10% gacha bo‘lgan boyitilmagan fosforit uni oquvchan ekanligini ko‘rsatadi. Buni quyidagicha izoxlash mumkin. Past sifatli fosforit zarrachalar o‘lchamlarining kattaligi hisobiga va aksincha chang fraksiyasi zarrachalarining o‘ta mayin bo‘lib voronka devorlariga yopishishi hisobiga ular oquvchan emas.
Demak, ushbu fosforit namunalaridan o‘g‘it ishlab chiqarishda ularning har biri uchun alohida - alohida o‘zga xos saqlash, tashish va qadoqlash qurilmalaridan foydalanish kerak.
Fosforit tarkibidagi qo‘shimchalar karbonat minerallari va uchlamchi oksidlarning yuqori miqdorda bo‘lishi xom ashyoni qayta ishlash texnologiyasini qiyinlashtiradi. Ushbu fosforitlarni qayta ishlashda ko‘p miqdorda ko‘piklar hosil bo‘lishi va uni karbonsizlantirish uchun yuqori miqdorda kislota sarflanishi bu xom ashyoning salbiy tomoni xisoblanadi.
Fosforitlarni mineral o‘g‘it ishlab chiqarishiga jalb qilish uchun albatta tarkibidagi kalsit miqdorini kamaytirish hisobiga uni boyitish lozim. Qizilqum fosforitlaridan yuqori sifatli fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqarish maqsadida hozirgi kunda xom ashyoni turli usullar yordamida boyitish texnologiyalari yaratilmoqda. Fosforit rudasini flotatsiya usuli yordamida boyitish samarasiz bo‘ldi. Chunki uning tarkibida kalsit bilan ftorapatit zich bog‘langan. Bu esa rudani maydalangandan keyin ham flotatsiya usuli bilan ajratishda noqulayliklarni keltirib chiqaradi [14-15].
Yuqori karbonatli fosforitlarni boyitishning yana bir usullaridan biri ularga suyultirilgan mineral kislotalar, azot kislotaning nordon tuz eritmalari bilan kimyoviy ishlov berishdir. Irgashev I.K. va Madalieva S.X. Jer va Sardor fosforit namunalarini fosfatlarning azot kislotasi bilan qayta ishlashda chiqindi hisoblangan magniy va kalsiy nitratli azot kislotaning quyidagi tarkibli 12% Сa(NO3)2, 10% Mg(NO3)2 4,06% HNO3 eritmasi yordamida kimyoviy boyitish maqsadga muvofiqligini ko‘rsatganlar [16 - 18]. Bu sharoitda xom ashyodagi uglerod (IV) - oksidining ajralish darajasi 63 - 65% ni, Р2O5 ning suyuq fazaga o‘tishi esa 0,14 - 0,78% ni tashkil qiladi.
Fosforitlar 3- 9 % li sulfat kislota eritmasi bilan boyitilganda esa karbonat angidridni kerakli darajada gaz fazasiga o‘tkazishga erishilmadi. Chunki bu sharoitda xom ashyodagi Р2O5 ning 18,34% qismi eritmaga o‘tadi [19 - 20].
Kimyoviy boyitish usullarining asosiy kamchiligi fosforitlardagi karbonat angidridini 100% gacha gaz xolatiga o‘tkazish mumkin emasligi va ko‘p miqdorda hosil bo‘ladigan kuchsiz eritmalarni utilizatsiya qilishning murakkabligidir.
Fosforitlarni termik usullar yordamida boyitish ko‘pgina ilmiy ishlarda [21 - 24] o‘rganilgan. Tadqiqotlar asosida quyidagilar aniqlandi:
-fosforitlarning karbonatsizlantirish jarayonida karbonat angidridning to‘liq gaz fazaga o‘tishi haroratning keng oralig‘ida bordi va 11000C da yakunlanadi;
- rudani 8500С da kuydirganda mahsulot tarkibidagi erkin kalsiy oksidining ulushi yuqori bo‘ladi;
- yuqori 1000 - 15000С haroratda kuydirilganda xom ashyodagi murakkab fizik - kimyoviy o‘zgarishlar natijasida kalsiy silikati va kalsiytetrafosfatlar hosil bo‘ladi;
- 1000 - 13000С da fosforitdan bog‘lovchi qo‘shimchalarsiz fosfor ishlab chiqarish uchun mustahkam donador mahsulot hosil bo‘ladi;
- xom ashyoning erishi 1560 - 15800C da eriydi, quruq xavo oqimiga ftor gazlari ajraladi.
Hozirgi kunda Qizilqum fosforitlari intensiv dezintegratsiyalanadi va ajratilib, so‘ng kuydiriladi [25-26]. Xom ashyoning dezintegratsiyalanishi natijasida uning tarkibidagi sementlangan bo‘laklar maydalanadi va mergel birikmalaridan ajratiladi. Shuningdek kalsit va kvarsning yupqa qatlamlari yo‘qotiladi. O‘lchami +40 (50) mkm bo‘lgan mahsulot esa kuydirishga yuboriladi. Termik boyitish asosida olingan fosforit tarkibida hosil bo‘lgan erkin kalsiy oksidini an’anaviy usulda ajratib olish kam samaralidir.
Zarafshon shahridagi Qizilqum kompleksida ishlab chiqarilayotgan termokonsentrat olish usulining murakkabligi, unda yuqori haroratda foydalanish, kuydirilgan mahsulot tarkibida xlor miqdorining ortib ketishi, mahsulot tarikbidagi СaO/Р2O5 yuqori nisbatini saqlanib qolishi undan olinadigan ammofos o‘g‘it tannarxining qimmatlashishiga olib keladi.
Bugungi kunda Qizilqum fosforitlaridan termik boyitish jarayonlaridagi muammolarni hal etish uchun arzon va sifatli fosfokonsentratlar olishning samarali usullarini izlab topish lozim. Markaziy Qizilqum fosforitlarini chiqindisiz texnologiya asosida boyitish tadqiqotlari [27-31] diqqatga sazovordir. Bu usulda boyitilmagan Qizilqum fosfat namunalari (17 - 18% Р2O5) 50 - 57% li azot kislotasi bilan qayta ishlanadi. Kislota miqdori karbonat minerallarini parachalash uchun stexiometrik sarfining 90 - 110% ni tashkil etadi.
Boyitish “qattiq fazali” tartibda borishi natijasida barqaror ko‘piklar hosil bo‘lmaydi. Parchalanish mahsulotlari kalsiy nitrit, loysimon minerallar va qisman parchalangan fosfatlar 10 – 15% li aylanma Сa(NO3)2 eritmasi yordamida yuvilib, ajratib olinadi. Ushbu konsentrlangan nitrokalsiyfosfat eritmalari ma’lum usullar yordamida azot - fosfor - kalsiyli o‘g‘itga qayta ishlanadi. Fosforitdagi P2O5 ning 54–56% qismi fosforit konsentrat tarkibiga o‘tishi aniqlangan. Ishlanma mualliflari ushbu konsentratdan yuqori sifatli mono va diammoniyfosfat o‘g‘itlarga ishlab chiqarishni tavsiya etadilar. Yuqorida keltirilgan usulning ma’lum kimyoviy boyitish usullaridan afzalligi shundan iboratki, foskonsentrat olish uchun alohida boyitish korxonasini loyixalash va qurish shart emas, konsentartdagi kalsiy moduli (СaO: Р2O5) kichik, xlor miqdori (ikki martaga) kam va uning tannarxi arzonligidir.
Hozirgi kunda Qizilqum fosforit kompleksi korxonalarni fosfat xom ashyosi bilan to‘liq ta’minlash imkoniyatiga ega emas. Respublika qishloq xo‘jalagida fosforli o‘g‘itlarga bo‘lgan talabni to‘la ta’minlash uchun sanoat ahamiyatiga ega bo‘lmagan fosforitlarda foydalanib, mineral o‘g‘itlar olishning unumli usullarini yaratish zarur.
O‘zbekiston xududida tarkibidagi asosiy fosfor miqdori ma’lum fosforitlarga nisbatan kam bo‘lgan fosfatlarga Guliob (Guliob), Auminzatog‘ (Auminzatau), Chuqay-To‘qay (Chukay-Takay), Ho‘jayli (Xodjeyli), Xo‘jako‘l (Xodjakul), Bolaqara (Balakarakskiy), Bo‘qantog‘ (Bukantauskiy) kabi va boshqa agronomik ruda konlari aniqlangan. Yuqorida qayd etilgan mahalliy past navli xom ashyolar kimyoviy tarkibi, tuzilishi va xususiyatlari jihatidan bir-biridan keskin farq qiladi.
Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida joylashgan Guliob fosforiti tarkibidagi fosforli minerallar asosan dallit va diadoxit minerallaridan tashkil topgan. Rudada bu minerallarning umumiy miqdori 31% ga teng [32]. Zahiraning miqdori 551 ming tonna Р2O5 ni tashkil qiladi [33]. Donador fosforitlar qora va jigar rang ko‘rinishda uchraydi. Undagi fosfor angidridning miqdori 4,13% dan 22,3% gacha o‘zgaradi. Shuningdek, tarkibidagi oz miqdordagi MgO, CO2 va F, SO3 gips tarkibida emas, balki diadoxit mineralida bo‘ladi.
Ruda tarkibida temir, alyuminiy, magniy, kaliy, marganets, nikel, mis, volfram, vanadiy va boshqa mikroelementlar bo‘lib, fosforitga qayta ishlov berilganda ular o‘g‘it tarkibida qoladi. Dallit bilan diadoxit minerallarini hosil qilgan qatlamlarni bir-biridan alohida ajratib bo‘lmaydi. Markaziy qismida ko‘p miqdorda dallit uchrasa, sirtida diadoxit, ayrim holatlarda teskari joylashadi. Diadoxit tarkibidagi sulfo guruhlarning fosfat minerallari bilan birikib ketishi fosforitning kislotali parchalanish ximizmi va kinetik jarayonlariga tez va engil parchalanishga ta’sir ko‘rsatadi [34 - 35].
Diadoxit masalan, fosfor kislota bilan parchalanganda erkin holatdi sulfat kislota hosil bo‘lishi quyidagi reaksiyalar orqali sodir bo‘ladi:
2Fe2O3 · P2O5 · 2SO3 · H2O + 2H3PO4 + aq = 4FePO4 · 2H2O + 2H2SO4 +aq
Hosil bo‘lgan sulfat kislota esa dallitga ta’sir qilib, kalsiy ftorapatitni o‘simlik o‘zlashtiruvchan holatga o‘tkazadi.
3Ca3(PO4)2 · nCa(CO3, F2, O2) · XH2O + (n+6)H2SO4 +aq = 3Ca(H2PO4)2 + (n+6)CaSO4 +nCO2 +2nHF +aq
Rudaning asosiy mineral tarkibini o‘rtacha (5): kvars - 56,5; dala shpati - 0,65; fosforit - 31,1; karbonat - 1,45; loysimon minerallar - 6,3; temir gidroksidi - 3,3, sfen, apatit, turmalin, sirkon, uglerodli moddalar, pirit tashkil qiladi.
Kvars fosforitlarda juda ham notekis tarqalgan bo‘ladi.
Dala shpati ortoklaz va mikroklin shaklida fosforit tarkibida 1% gacha bo‘ladi.
Ortoklaz donalarida sirkon, apatit va turmalin uchraydi.
Karbonatli minerallar kuchsiz dolomitlashgan kalsitdan tashkil topgan.
Loysimon minerallar bilan karbonatlar zich bog‘lanishi natijasida loysimon sementli karbonatlarni hosil qilgan. Kvars donalarining atrofi va yoriqlarida temir gidrooksidi, uglerodli birikmalar bo‘ladi.
montmorillonit va kaolinitga o‘xshash loysimon minerallar karbonatlar bilan birga sementli jinslar hosil qilgan. Xom ashyodagi karbonatlarga o‘xshab, bu minerallar jinsda bir tekis tarqalmagan bo‘lib, ba’zi maydonlarda uning miqdori nolgacha kamayib boradi.
Sfen, apatit, turmalin, sirkon alohida ajralgan karbonat - loyli sement ko‘rinishida bo‘ladi.
Temir gidrooksidi tasmalar jinslar yorig‘ida joylashgan bo‘ladi.
O‘rta Osiyo geologiya va mineral xom ashyolar ilmiy tadqiqot institutining ilmiy izlanishlari natijasida Guliob fosforitlari oksidlantirilgan 100-OR markali risaykl-olien kislota va kerosinning aralashmalari bilan flotatsiya usulida boyitish mumkinligi aniqlandi [36].
Olingan fosfokonsentrat tarkibi quyidagicha (5) 6 P2O5 - 26,20; CaO - 43,40; MgO - 1,03; Fe2O3 - 1,84; Al2O3 - 1,70; FeO - 0,43; SO3 - 2,69; CO2 - 4,79; F - 2,94; erimaydigan qoldiq 15,1; H2O - 0,67.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, mahalliy fosforitlardan sifatli fosforli o‘g‘it olish uchun albatta yangi usullar ustida ilmiy izlanishlar olib borish zarur.

2.7. TERMIK FOSFAT KISLOTA


Fosfor elektrotermik usulda - uni yuqori haroratli elektropechlarda tabiiy fosfatlardan ko‘mir yordamida qaytarish orqali olinadi. Elektropechlardan chiqadigan fosfor bug‘larini kondensatsiyalash orqali suyuq fosfor va uni tashqi muxit haroratigacha sovutish natijasida qattiq maxsulot olinadi. Suyuq fosfor va uning bug‘larini oksidlash (yondirish) yo’li bilan fosfor (V)-oksid - P2O5 va hosil bo‘lgan maxsulotni gidratlash natijasida fosfor kislota olinadi. Shunday usulda hosil qilingan kislota termik fosfor kislota (TFK) deb ataladi.
Nisbatan tejamli, shu sababli keng tarqalgan fosfor kislota ishlab chiqarish, uni fosfatlardan sulfat kislotali (yoki boshqa kislotalar bilan) ekstraksiyalash hisoblanadi. Bu xolatda maxsulot ekstraksion fosfat kislota (EFK) nomini oladi.
Fosfatlarni termik kayta ishlashning afzalligi - xar qanday, shu bilan birgalikda past sifatli fosfatlardan ham yuqori tozalikdagi konsentrlangan (xattoki 100% R205 gacha) fosfat kislotalari olish imkoniyati bor. Kislotali qayta ishlash uchun esa yuqori sifatli fosfatlar ishlatiladi, ammo shu o‘rinda ham nisbatan past konsentratsiyali va ko‘p miqdordagi qo‘shimchalar bilan ifloslangan ekstraksion
Fosfat xom ashyolari va ularga ishlov berish usullari

Kelib chiqishi: Magmatik va cho‘kish natijasida
Umumiy mineralogik tarkibi. 3Ca3(PO4)2*Ca(X-F,Cl,OH)
-ftorapatit 3Ca3(PO4)2*CaF2 →Ca10(PO4)6F2 →Ca5(PO4)3F
-gidroksil apatit 3Ca3(PO4)2*Ca(OH)2→Ca10(PO4)6(OH)2 →Ca5(PO4)3OH

Yüklə 11,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   159




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə