Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., Nurmurodov t. I., Umirov f. E


- rasm. Fosforit uni va bug‘latilmagan ekstraksiya fosfor kislotasidan qo‘shaloq superfosfat olishni oqimli sxemasi



Yüklə 11,81 Mb.
səhifə47/159
tarix29.11.2023
ölçüsü11,81 Mb.
#140710
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   159
Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., N

5.3 - rasm. Fosforit uni va bug‘latilmagan ekstraksiya fosfor kislotasidan qo‘shaloq superfosfat olishni oqimli sxemasi
1 - fosforit uchun bunker; 2 - me’yorlashtirgich; 3 - aralashtirgich; 4 - fosfor kislotani me’yorlashtirgich; 5 - reaktorlar; 6 - nasoslar; 7 - donadorlashtirgich -quritgich BDK; 8 - o‘txona; 9,14 - siklon (chang to‘tgich); 10 - elevatorlar; 11 - elak; 12 - tegirmon; 13 - ammoniylashtirgich.

Buning sababini fosforit zarrachalari sirtining juda mayda dikalsiyfosfat kristallari bilan quyqalanishidan deb xisoblashadi. Haroratning ortishi bilan dikalsiyfosfatning eruvchanligi kamayadi, shuning uchun katta intensivlikdagi uning kristallanishi fosforit zarrachalari sirtining shunday qismida sodir bo‘ladiki, u erda suspenziya massasidagiga nisbatan parchalanishning ekzotermikligi xisobiga harorat yuqori bo‘ladi. Fosforit sirtidagi quyqali katlamda, shuningdek ekstraksion fosfat kislotadagi F - ionlaridan hosil bo‘ladigan kalsiy ftoridning mayda kristallari ham bo‘lishi mumkin.


BDK apparati ichki va tashqi retur (donachalar o‘lchami belgilangan talablarga javob bermaydigan zarrachalar) bilan ishlaydi. U gorizontal yuzaga nisbatan 1-3° qiyalikda urnatilgan 35 m gacha uzunlikdagi, 1 m dan 4,5 m gacha diametrdagi aylanuvchi barabandan iborat bo‘lib, temir-beton taglik ustidagi tayanch roliklari 2 ga tayantirilgan. Qisgich roliklari 3 esa barabanning surilishini oldin oladi. Barabanning aylantirishi elektrodvigatel 4 da hosil kilingan aylanma harakatning reduktor 5, tishli gildiraklar 6 orqali tishli chambarak 14 ga uzatilishi orqali amalga oshiriladi. Barabanning kirish qismida parrakli qabul qiluvchi moslama 13, butun uzunligi bo‘yicha esa ko‘tarib tashlovchi moslamalar 8 va chiqish qismida ichki returni tagi teshik konus 15 dan suspenziyani sachratish zonasiga uzatish uchun qaytargich shnek 7 o‘rnatilgan. Tashqi retur esa quvur 11 dan uzatiladi. Yuklash kamerasi 9 ning oldingi tirkishiga apparatga beriladigan suspenziyani kisilgan xavo (0,7-0,8 MPa) bilan sachratish uchun pnevmatik forsunka 10 o‘rnatilgan bo‘ladi. Bunda suspenziya namligi -35% bo‘lishi lozim.




Yüklə 11,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   159




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə