Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., Nurmurodov t. I., Umirov f. E



Yüklə 11,81 Mb.
səhifə50/159
tarix29.11.2023
ölçüsü11,81 Mb.
#140710
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   159
Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., N

5.4. SUPERFOSFAT


Superfos nomi bilan ataladigan uzoq muddat o‘zlashadigan yangi turdagi o‘g‘it ishlab chiqarish usuli ham yaratilgan. Bu kimyoviy boyitilgan va kislotalar bilan aktivlangan tarkibida qiyin o‘zlashadigan shakldagi P2O5, tutgan (Qoratog‘, Qizilqum, Pribaltika, Chilisoy va bir qancha) fosforitlardan olingan fosforit kukunidir va shuning uchun uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘g‘it sifatida ishlatish samarasizdir.
Fosforit unining suvli suspenziyasiga unchalik ko‘p bo‘lmagan miqdordagi sulfat kislotasi (yoki gaz xolatidagi oltingugurt dioksid) qo‘shiladi. Muxit pH < 4 da karbonatlar - dolomit va kalsit, pH < 2,5 da esa fosfat parchalanadi. Kislotalilik muxitini boshqarish orqali fosfatdagi faqatgina qisman P2O5) ning, ekvivalent miqdordagi magniy bilan eritmaga o‘tishini ta’minlash mumkin. Fosforitni boyitish uchun sulfat kislota dolomit va kalsitdan o‘tuvchi Ca+ ionlari bilan neytrallanadi va ozgina miqdordagi kalsiy sulfatga aylanadi, uni fosforit bilan birgalikda suyuq fazadan ajratiladi va undan kationli flotatsiyalash orqali oson yo‘qotilishi mumkin.
Kimyoviy boyitilgan va bunda aktivlangan fosforit unidan superfos olish uchun uni fosfat kislota bilan namlash orqali qo‘shimcha aktivlanadi, donadorlanadi va quritiladi.
Superfos tarkibida 38-40% P2O5, undan 19-20% suvda eruvchan shaklda bo‘ladi va samaradorligi jixatdan qo‘shaloq superfosfatga tenglashtiriladi. 1 t P2O5, li superfos ishlab chiqarishga kislota sarfi (1-1,3 t H2SO4 va 0,355 t P2O5 li fosfat kislota) esa 1 t P2O5, li qo‘shaloq superfosfat ishlab chiqarishga nisbatan ikki marta kamdir. Kimyoviy boyitishda hosil bo‘ladigan va tarkibida Mg+ va HPO42 ionlari tutgan eritmadan qimmatli o‘g‘it xisoblangan magniyammoniyfosfat NN4MgPO4*H2O ni cho‘ktirish uchun ammoniylanish amalga oshiriladi. Fosfatli xom ashyodagi P2O5 dan foydalanish samaradorligi 95% ga yetadi. Jarayon yopiq suv aylanma siklida amalga oshiriladi.

Yüklə 11,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   159




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə