Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., Nurmurodov t. I., Umirov f. E


-jadval Qo‘shsuperfosfatning sifat ko`rsatgichlari



Yüklə 11,81 Mb.
səhifə52/159
tarix29.11.2023
ölçüsü11,81 Mb.
#140710
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   159
Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., N

5.1-jadval
Qo‘shsuperfosfatning sifat ko`rsatgichlari



Ko‘rsatgichlar

Marka A

Marka B

1-nav

2-nav

1


Og‘irlik ulushi, %
P2O5unum

49±1

46±1

43±1

2

P2O5erkin ko‘p emas

2,5

4,5

5,0

3

H2O ko‘p emas

3

4

4

4



Donadorlik tarkibi, %:
O‘lchami 1 mm dan kichik ko‘p emas

4

4

4

5



O‘lchami 2 mm dan 4 mm gacha, kam
emas

86

85

85

6

O‘lchami 6 mm dan katta

bo‘lmaydi

7



Donalarni statik mustaxkamligi,
mPa kam emas

1,8

1,8

1,5

8



Donalarni ishqalanish mustaxkamligi,
% kam emas

97

97

97

9

Sochiluvchanligi, %

100

100

100

Qo‘shsuperfosfatni barcha tuproqlarda yuqori samaradorligi va universalligi kelajakda uni ishlab chiqarishni kengaytirish zarur ekanligini ko‘rsatadi.


Fosforit va EFK tarkibidagi qo‘shimchalarni hisobga olganda fosfor kislotani stexiometrik me’yori (1) reaksiya asosida quyidagi tenglama asosida hisoblanadi.

Bu yerda 2,33 kislotadagi R2O5 ni fosfatdagi har bir birlik P2O5 ga to‘g‘ri keladigan stexiometrik miqdori; P2O5 FK P2O5erkin - P2O5 ni mos holda fosfat xom ashyosidan va fosfor kislotadagi og‘irlik ulushi.
Xom ashyolar tarkibidagi qo‘shimchalarni xisobga olganda stexiometrik miqdor quyidagicha topiladi:

Bu yerda: [H+] - H3PO4 dagi vodorod ionlarini og‘irlik ulushi, 1; a, v, s, d, e - CaO, MgO, Fe2O3, Al2O3, P2O5 larni mos holda fosforit tarkibidagi og‘irlik ulushlari;


50,1; 40,3; 159,7; 102; 142 - mos holda 1 mol CaO, MgO, Fe2O3, Al2O3, va P2O5 larni og‘irligi.


Tayanch so‘zlar.
Qo‘sh superfosfat, suvda eruvchan, o‘zlashtiriluvchi fosfor besh oksidi, Monogidratmonokalsiyfosfat, polisuperfosfat, harorat ko’rsatkichi, parchalanish koeffitsienti, stexiometrik me’yori, BGS, kamerali usul, oxak, donalashtirish.
Sinov savollari.

  1. Superfosfat va qo‘sh superfosfatlarni asosiy farqi.

  2. Qo‘sh superfosfat olishni fizik kimyoviy asoslari mohiyati nimadan iborat?

  3. Qo‘sh superfosfat ishlab chiqarishni qanday usullari bor?

  4. Kamerali usulda qo‘shaloq superfosfat olish qanday asosiy bosqichladan iborat.

  5. Oqimli usulda oddiy superfosfat olish qanday bosqichlardan tashkil topgan?

  6. BDK apparatini asosiy tavsiflari?

  7. Kalsiy moduli nima?

8. Superfosfatning ishlatish sohalari haqida tushuntirib bering.
9. Qo’shsuperfosfatning sifat ko’rsatkichlari qanday va ular qanday markalari hamda navlari mavjud?
10. Stexiometrik me’yor deganda nimani tushunasiz? Bu me’yorda o’zlashtiruvchi fosfor besh oksidining ahamiyati qanday?

VI BOB. Ozuqali kalsiy fosfatlar


Kimyo sanoatida ishlab chiqariladigan ko‘p birikmalar, masalan, kalsiy, natriy, ammoniy fosfatlar chorvachilikda keng qo‘llaniladi. Ular ba’zi mineral tuzlar bilan birgalikda xayvon hamda parranda ozuqalariga qo‘shib beriladi. Tabiiy ozuqalar tarkibida fosfor miqdori kam bo‘lganda, bunday fosfatli ozuqa qo‘shimchasi xayvonlarning maxsuldorligini oshiradi - qoramollar yaxshi o‘sadi va semiradi, go‘shtning sifati yaxshilanadi, sutdagi yog‘ miqdori ortadi.
Ozuqali fosfatlar o‘g‘itli fosfatlardan nafaqat ulardagi foydali komponentlar miqdorining ortiqligi, balki jonivorlar uchun zararli bo‘lgan qo‘shimchalar - ftor, mishyak, og‘ir metallar birikmalarining miqdorining chegaralanganligi bilan farqlanadi. Odatda o‘g‘itli tuzlardagi, ftordan tashqari, bu qo‘shimchalarning miqdori, ozuqali vositalar uchun belgilangan me’yor chegarasidan oshmasligi kerak. Fosfatli xom ashyodan o‘tadigan ftorning miqdori esa belgilangan me’yordan birmuncha katta bo‘ladi, shuning uchun, ba’zi istisnolarga karamay, ozuqali fosfat vazifasini bajara olmaydi. Ozuqali fosfatlar maxsus tayyorlanadi, bunda ularning olinish usullari tabiiy fosfatlar yoki ularning qayta ishlanish mahsulotlarini ftorsizlantirishga, shuningdek, termik fosfat kislota yoki ftorsizlantirilgan ekstraksion fosfor kislota ishlatilishiga asoslangan. Jonivorlar ozuqali fosfatlarni oson xazm qilishlari uchun ular suvda eriydigan bo‘lishi yoki kuchsiz kislotalarda erishi kerak ular 0,4% li xlorid kislotada erisa, yaroqli xisoblanadi. Tabiiyki, barcha ozuqali fosfatlar o‘g‘it sifatida ham ishlatilishi mumkin.
Mamlakatimizda mineral ozuqa sifatida ko‘p miqdordagi kalsiy fosfatlari - ftorsizlantirilgan fosfat (trikalsiyfosfat), ozuqali monokalsiyfosfat, ozuqali dikalsiyfosfat (presipitat), suyak uni, shuningdek mono- va dinatriyfosfatlar, mono-va diammoniyfosfatlar, karbamid fosfati qo‘llaniladi. Odatda, bir sutkada mayda hayvonlar (qo’y, echki va b.) ga 10-20 g, buzoqlarga 50-100 g va qoramollarga 100-200 g karbamid fosfati yoki shunga ekvivalent miqdordagi boshqa ozuqali fosfatlar beriladi. 1 t karbamid fosfati yoki shunga ekvivalent miqdordagi boshqa ozuqali fosfatlar - sigirlardan sog‘ib olinadigan sut miqdorini 8-10 t ga, go‘shtni 5-6 kg gacha oshirib, 2,5 t oqsil o‘rnini bosadi. Xayvonlar ozuqasiga ba’zi birikmalardan juda oz miqdorida qo‘shib berilganda ham yukori samara beradi. Aminokislotalar, vitaminlar, antibiotiklar va mikroelementlar shunday birikmalar jumlasidandir.
Suyak uni suyakni oldindan yog‘sizlantirishi va suv bug‘i bilan organiq qoldiklarni yo‘qotilishidan so‘ng maydalash orqali olinadi. Suyak uni tarkibida 30% dan kam bo’lmagan P2O5 va 40% dan kam bo‘lmagan CaO bo‘ladi. Ftorning miqdori oldindan chegaralanmaydi.

Yüklə 11,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   159




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə